SIRDARYO VILOYATI MIRZAOBOD TUMANI HOKIMINING
QARORI
Mirzaobod tuman prokuraturasi hududida umumfoydalanuvdagi avtomobil yoʻli va markaziy koʻchada fuqarolar va transport vositalarining harakat xavfsizligini taʼminlash, yoʻl transporti hodisalarini oldini olish maqsadida yoʻl belgilari oʻrnatish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6, 211-moddalari va “Yoʻl harakati toʻgʻrisida”gi Qonunning 8-moddasi, Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-apreldagi 172-son qarori bilan tasdiqlangan Yoʻl harakati qoidalari talablariga asosan, Mirzaobod tuman prokuraturasi hududida yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash boʻyicha profilaktik-ogohlantirish va ogʻir oqibatli yoʻl-transport hodisalarining oldini olish borasidagi ishlar samaradorligini oshirish maqsadida qaror qilaman:
1. Mirzaobod tuman Obodonlashtirish boshqarmasining 2025-yil 18-sentabrdagi kelishuv xati inobatga olinsin.
2. Mirzaobod tuman prokuraturasi hududida umumfoydalanuvdagi avtomobil yoʻli va markaziy koʻchada fuqarolar va transport vositalarining harakati xavfsizligini taʼminlash, yoʻl transporti hodisalarini oldini olish maqsadida oʻrnatilishi lozim boʻlgan yoʻl belgilarini oʻrnatishga ruxsat berilsin.
3. Mirzaobod tuman ichki ishlar boʻlimi yoʻl harakati xavfsizligi boʻlimi boshligʻiga mazkur qaror bilan belgilangan hududlarga yoʻl belgilarini oʻrnatish va doimiy nazorat qilish vazifasi yuklatilsin.
4. Mazkur qaror “Yangi Mirzaobod” gazetasida rasmiy eʼlon qilinsin va hokimlikning rasmiy veb-saytiga joylashtirilsin.
5. Mazkur qaror ijrosini taʼminlash tuman hokimining oʻrinbosari Z.Abduvoxidov hamda tuman ichki ishlar boʻlimi boshligʻi A.Xolmatov zimmasiga yuklansin.
6. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilishni oʻz zimmamda qoldiraman.
Tuman hokimi A. UMAROV
Sirdaryo viloyati, Mirzaobod tumani,
2025-yil 24-oktabr,
284-9-125-Q/25-son