XALQ DEPUTATLARI PAYARIQ TUMANI KENGASHINING
Qarori
Payariq tumanida qishloq xoʻjalik maxsulotlari yetishtiruvchilarining 2025-2026-yillarda nosugʻorish mavsumida cheklangan suv limitlarini tasdiqlash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi “Quyi boʻgʻinda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5-sonli Qarori ijrosini taʼminlash hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish, suvdan foydalanish madaniyatini yuksaltirish va suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalarini kengaytirilgan tartibda joriy etishni tashkillashtirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunning 6 va 24-moddalariga asosan, Xalq deputatlari tuman Kengashi qaror qiladi:
1. Payariq tumanida qishloq xoʻjalik maxsulotlari yetishtiruvchilarining 2025-2026-yillarda nosugʻorish mavsumida cheklangan suv limitlarini tasdiqlash toʻgʻrisida tuman “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi direktori M.Ibragimovning hisoboti maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Quyidagilar:
Payariq tumanida qishloq xoʻjalik maxsulotlari etishtiruvchilarining 2025-2026-yillarda nosugʻorish mavsumida cheklangan suv limitlari 1-ilovaga;
Payariq tumanida joylashgan klaster va fermer xoʻjaliklariga 2025-2026-yillarda nosugʻorish mavsumida cheklangan suv limitlari 2-ilovaga;
Payariq tumanida joylashgan mahalla fuqarolar yigʻinlari va dexqon xoʻjaliklariga 2025-2026-yillarda nosugʻorish mavsumida cheklangan suv limitlari 3-ilovaga;
Payariq tumanida joylashgan baliqchilik xoʻjaliklariga 2025-2026-yillarda nosugʻorish mavsumida cheklangan suv limitlari 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Tuman hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari -tuman qishloq xoʻjaligi boʻlimi boshligʻi (M.Alibekov) hamda tuman “Suv yetkazib berish xizmati” DM (M.Ibragimov)ga:
cheklangan suv limitlarini inobatga olgan holda, suv resurslaridan oqilona foydalanish maqsadida tumandagi ekin yer maydonlariga ayniqsa, takroriy ekin yer maydonlariga suvni kam talab qiladigan qishloq xoʻjaligi ekinlarni joylashtirish choralarini koʻrish;
tuman chegarasidan olinadigan suv resurslarini oʻlchab olib, hududlarning yer maydonlarini inobatga olgan holda, suv resurslarini taqsimlash;
tumanda suv isteʼmolchilari tomonidan limit asosida olingan suv resurslarini hisobi va hisobotini yuritish va belgilangan tartibda tuman soliq inspeksiyasiga oʻz vaqtida taqdim etib borish vazifasi yuklatilsin.
4. Ushbu qarorni nazorat qilish Xalq deputatlari tuman Kengashining agrar, qurilish, komunal sohalar, ekologiya, sanoat va transport masalalari boʻyicha komissiyasi (B.Shakarov) hamda ijrosini taminlash tuman hokimining oʻrinbosari (M.Alibekov) zimmasiga yuklatilsin.
Sessiya raisi MAXKAMOV SOBIR TUXTAMISHOVICH
Samarqand viloyati, Payariq tumani,
2025-yil 24-oktabr,
VII-16-132-7-100-K/25-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.