XALQ DEPUTATLARI QOʻSHKOʻPIR TUMANI KENGASHINING
Qarori
2025-2026 yillarning kuz-qish davri uchun tumanda suv olish limitini tasdiqlash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi “Quyi boʻgʻinda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish toʻgʻrisida”gi 5-sonli Qarori ijrosini taʼminlash maqsadida hamda “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunining 6 va 24-moddalariga muvofiq xalq deputatlari Qoʻshkoʻpir tumani kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi “Quyi boʻgʻinda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish toʻgʻrisida”gi 5-sonli Qarori rahbarlik va ijro uchun qabul qilinsin..
2. Qoʻshkoʻpir tumani “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasining suv manbalari, iqtisodiyot tarmoqlari hamda hududlari boʻyicha 2025-2026-yillarning kuz-qish (shoʻr yuvish) davrida suv manbalaridan olinadigan suv miqdori (limit) 1 va 2- ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
3. Tuman hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari (O.Xajimov), Qoʻshkoʻpir tumani “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi direktori (X.Valiyev)ga 5 kun muddatda:
suv manbalari, iqtisodiyot tarmoqlari va hududlari boʻyicha ishlab chiqilgan suv olish limitlarini barcha suv isteʼmolchilariga yetkazish;
suv isteʼmolchilari bilan ularga ajratilgan suv olish limitlari doirasida suvdan foydalanish yoki suv isteʼmoli toʻgʻrisidagi shartnomalarning tuzilishini hamda ularni belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilishini taʼminlasin.
4. Qoʻshkoʻpir tumani “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasiga (X.Valiyev) suvdan maqsadli va samarali foydalanish boʻyicha oʻquv seminarlari va tushuntirish ishlari olib borish vazifasi yuklatilsin.
5. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish xalq deputatlari tuman kengashining agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya boʻyicha doimiy komissiyasi raisi A.Erkinov zimmasiga yuklatilsin.
6. Ushbu qaror qabul qilingan kundan kuchga kiradi.
Kengash raisi AXMEDOV SHUXRAT KURVONDURDIYEVICH
Xorazm viloyati, Qoʻshkoʻpir tumani,
2025-yil 24-oktabr,
VII-17-100-12-172-K/25-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.