XALQ DEPUTATLARI YOZYOVON TUMANI KENGASHINING
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi “Quyi bugʻinda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligi oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5-sonli qarori ijrosini taʼminlash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi “Quyi bugʻinda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligi oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5-sonli Qarorining ijrosini taʼminlash, suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish, suvdan foydalanish madaniyatini yuksaltirish orqali aholi ongida shakllangan “suv-tekin” tushunchasidan voz kechish hamda suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalarini kengaytirilgan tartibda joriy etishni tashkillashtirish maqsadida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi va Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalari hamda xududiy qishloq xoʻjaligi boshqarmalari har yili 1-aprelga qadar vegetatsiya davri uchun va 1-oktyabrga qadar kuz-qish davri uchun yakuniy isteʼmolchilar kesimida ekinlarni sugʻorish uchun suv olish limitlarini xududlar boʻyicha tasdiqlangan limit doirasida ishlab chiqadi va tasdiqlash uchun xalq deputatlari tuman Kengashlariga kiritilishi belgilanganligi boʻyicha tartibga koʻra taqdim etilgan maʼlumotlarni xalq deputatlari tuman Kengashining “Agrar, suv xoʻjaligimasalalari va ekologiya boʻyicha” doimiy komissiyasi yigʻilishi muhokamasida bildirilgan takliflarni eʼtiborga olib, Oʻzbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6 va 24-moddalariga asosan xalq deputatlari tuman Kengashi sessiyasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi “Quyi bugʻinda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligi oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5-sonli Qarori rahbarlik va ijro uchun qabul qilinsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining mazkur Qaror bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Soliq va byudjet siyosatining 2024-yilga muljallangan asosiy yoʻnalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi ayrim Qonunlari va hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonunining 4-moddasi 38-bandiga asosan qishloq xoʻjaligi yerlarini sugʻorish va baliqlarni yetishtirish (oʻstirish) uchun foydalaniladigan suv hajmi, shu jumladan dehqon xoʻjaliklari va qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarga ega boʻlgan jismoniy shaxslar uchun 1 kub metr suv uchun 100 soʻm belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
3. “Sirdaryo-Soʻx” irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi Yozyovon tuman suv yetkazib berish xizmati Davlat muassasasi tomonidan ishlab chiqilgan 2025-2026-yillar kuz-qish (novegetatsiya) davrida sugʻorish uchun tumandagi qishloq xoʻjaligi maxsulotlari yetishtiruvchilari uchun 35 mln 410 ming metr kub, axoli tomorqa yerlari (MFY) lari uchun 2 mln 014 ming metr kub, dexqon xoʻjaligi yerlari (0.15 sotix boʻyicha) yerlarga ega shaxslarga 1 mln 286 ming metr kub suv olish limitlari hamda tumandagi baliqchilik fermer xoʻjaliklari uchun novegitatsiya davrida 10 mln metr kub suv olish limitlari (1-2-3-4-5-6-ilovalar) ga asosan tasdiqlansin.
4. “Sirdaryo-Soʻx” irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi Yozyovon tumani suv yetkazib berish xizmati Davlat muassasasi (B.Xolmurodjonov) tegishlicha “Sirdaryo-Soʻx” irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi boshligʻining tavsiyasiga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vaziri tomonidan lavozimiga tayinlanishi va lavozimidan ozod etilishi hamda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan bir yilda ikki marta xalq deputatlari tuman Kengashiga hisobot berib borishi belgilansin.
5. Tumandagi qishloq xoʻjaligi maxsulotlari ishlab chiqaruvchi suv isteʼmolchilariga isteʼmol qilingan suv miqdori hisobini yuritmagan (yuritishdan bosh tortgan) qishloq xoʻjaligi maxsulotlari ishlab chiqaruvchilari uchun suv soligʻi bazasi xalq deputatlari tuman Kengashi tomonidan tasdiqlangan limitlarga nisbatan ikki barobar oshirilgan holda hisoblanishi belgilab qoʻyilsin.
6. Tuman hokimligi axborot xizmati (A.Xudoyqulov)ga:
mazkur Kengash qarori ijrosi boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlarni tuman hokimligining veb saytida va “Markaziy Fargʻona” gazetasida, shuningdek rasmiy internet-kanallar va ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirilishi tavfsiya qilinsin.
7. Mazkur Kengash qarorining ijrosini nazorat qilish xalq deputatlari tuman Kengashining “Agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya boʻyicha” doimiy komissiyasi raisi B.Yusupov zimmasiga yuklansin.
Sessiya raisi OXUNOV MUSOJON IBROXIMOVICH
Fargʻona viloyati, Yozyovon tumani,
2025-yil 24-oktabr,
VII-13-84-11-165-K/25-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.