XALQ DEPUTATLARI QIZIRIQ TUMANI KENGASHINING
Qarori
Tumanda suv resurslarini boshqarish, suv xoʻjaligi obyektlarining texnik holatini yaxshilash, shuningdek, tumanda suv tejovchi sugʻorish texnologiyalarini joriy etish holati, suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish boʻyicha amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisidagi “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi direktorining hisoboti hamda kuz-qish davri uchun yakuniy isteʼmolchilar kesimida ekinlarni sugʻorish uchun suv olish limitlarini tasdiqlash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi “Quyi boʻgʻinda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5-sonli Qarorining ijrosini taʼminlash, suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish, suvdan foydalanish madaniyatini yuksaltirish orqali aholi ongida shakllangan “suv – tekin” tushunchasidan voz kechish hamda suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalarini kengaytirilgan tartibda joriy etishni tashkillashtirish maqsadida vegetatsiya davri uchun yakuniy isteʼmolchilar kesimida ekinlarni sugʻorish uchun tasdiqlangan suv olish limitlarini hududlar kesimida ijrosi, shuningdek, suv resurslarini boshqarish, suv xoʻjaligi obyektlarining texnik holatini yaxshilash, shuningdek, tumanda suv tejovchi sugʻorish texnologiyalarini joriy etish holati, suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish boʻyicha amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisidag tuman “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi direktori M.Neʼmatovning hisobotini hamda 2025-2026-yillar kuz-qish davri uchun yakuniy isteʼmolchilar kesimida ekinlarni sugʻorish uchun suv olish limitlari boʻyicha kiritilgan takliflarnixalq deputatlari tuman Kengashining agrar, qurilish, kommunal sohalar, ekologiya, sanoat va transport masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi va boshqa doimiy komissiyalar qoʻshma yigʻilishi muhokamasida bildirilgan takliflarni eʼtiborga olib, Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6 va 24-moddalariga asosan, xalq deputatlari tuman Kengashi qaror qiladi:
1. Tumanda suv resurslarini boshqarish, suv xoʻjaligi obyektlarining texnik holatini yaxshilash, shuningdek, tumanda suv tejovchi sugʻorish texnologiyalarini joriy etish holati, suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish boʻyicha amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida tuman “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi direktori M.Neʼmatovning hisoboti maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Tuman hokimligi (O.Poyanov), tuman “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi (M.Neʼmatov)ga:
suvdan foydalanuvchilar va oʻzlarining tasarrufidagi nasos agregatlariga oʻrnatilgan elektrodvigatellarni barchasini zamonoviy kam elektr energiya isteʼmol qiladigan elektrodvigatellariga almashtirish choralarini belgilash;
klaster va fermerlar xoʻjaliklarining rejalashtirilgan gidrotexnik inshootlarni taʼmirlash boʻyicha rejalashtirilgan va hozirda rejaga nisbatan 19%, gidropost inshoatlarini taʼmirlash boʻyicha rejalashtirilgan va hozirda rejaga nisbatan 18%, klaster va fermerlarning suv olish quloqlarini jihozlash ishlari boʻyicha rejalashtirilgan va hozirda rejaga nisbatan 25%ga bajarilgan ishlarni xoʻjaliklar kesmida tahlil etish va yil yakuniga qadar rejalashtirilgan ishlarni toʻliq yakunlash choralarini belgilash;
tumanda barcha turdagi qishloq xoʻjaligiga ixtisoslashgan tashkilotlarda suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalarni joriy qilinishini ragʻbatlantirish va bu boʻyicha belgilangan rejalarni toʻliq uddalash;
tuman hududida qurilgan suvni tejaydigan sugʻorish texnolgiyalarni amalda foydalanishi, ularning saqlanishi boʻyicha ishlarni nazoratga olish;
amalga oshirilgan ishlar boʻyicha xalq deputatlri tuman Kengashiga har chorakda axborot kiritib borish topshirilsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining mazkur qarori bilan Oʻzbekiston Respublikasining “Soliq va budjet siyosatining 2025-yilga moʻljallangan asosiy yoʻnalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonunining 4-moddasi 38-bandiga asosan qishloq xoʻjaligi yerlarini sugʻorish va baliqlarni yetishtirish (oʻstirish) uchun foydalaniladigan suv hajmi, shu jumladan dehqon xoʻjaliklari va qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarga ega boʻlgan jismoniy shaxslar uchun suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkasi 1 kub metr suv uchun 100 soʻm etib belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
4. Amu-Surxon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi Qiziriq tumani “Suv etkazib berish xizmati” davlat muassasasi tomonidan ishlab chiqilgan joriy yil nosugʻorish mavsumi uchun tuman chegarasidan olinadigan 95.7 mln.m3 suv olish limitlarini, kanallardagi suv yoʻqotishlarni inobatga olib 20 foizga kamytirgan holatda 5979 ta isteʼmolchilar kesimida ekinlarni sugʻorish uchun suv olish limitlari hududlar kesimida ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
5. Tumandagi qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi suv isʼtemolchilariga isteʼmol qilingan suv miqdori hisobini yuritmagan (yuritishdan bosh tortgan) qishloq xoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilari uchun suv soligʻi bazasi xalq deputatlari tuman Kengashi tomonidan tasdiqlangan limitlarga nisbatan ikki barobar oshirilgan holda hisoblanishi belgilab qoʻyilsin.
6. Tuman hokimligi Axborot xizmati (A.Boʻriyev)ga mazkur qarorni tasdiqlangandan keyin tuman hokimligining rasmiy veb-saytiga eʼlon qilish tavsiya etilsin.
7. Mazkur sessiya qarorini ijrosini nazorat qilish xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashining agrar, qurilish, kommunal sohalar, ekologiya, sanoat va transport masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi (K.Mirzayev) zimmasiga yuklatilsin.
8. Ushbu qaror qabul qilingan kundan kuchga kiradi.
Sessiya raisi OCHILDIYEV BOXADIR BENAYEVICH
Surxondaryo viloyati, Qiziriq tumani,
2025-yil 24-oktabr,
VII-13-134-8-113-K/25-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.