QASHQADARYO VILOYATI KOSON TUMANI HOKIMINING
QARORI
Qashqadaryo viloyati hokimining 2025-yil 14-oktabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 4-oktabrdagi “Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining faoliyatiga raqamlashtirishni keng joriy etish hisobiga boshqaruv shtat birliklari sonini maqbullashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi “PF-178-son farmoni haqida”gi 477-4-0-Q/25-sonli qarori toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 4-oktabrdagi “Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining faoliyatiga raqamlashtirishni keng joriy etish hisobiga boshqaruv shtat birliklari sonini maqbullashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-178-son farmoni yuzasidan viloyat hokimining 2025-yil 14-oktabrdagi 477-4-0-Q/25-sonli qarori ijrosini taʼminlash maqsadida, “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 6-moddasiga asosan qaror qilaman:
1.Qashqadaryo viloyati hokimining 2025-yil 14-oktabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 4-oktabrdagi “Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining faoliyatiga raqamlashtirishni keng joriy etish hisobiga boshqaruv shtat birliklari sonini maqbullashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-178-son farmoni haqida”gi 477-4-0-Q/25-sonli qarori rahbarlik va ijro uchun qabul qilinsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ushbu farmoni bilan:
1.Quyidagilar:
a) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 14-oktabrdagi PQ-358-son qarori bilan Sunʼiy intellekt texnologiyalarini 2030-yilga qadar rivojlantirish strategiyasi tasdiqlanganligi;
b) Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 10-iyuldagi 425-son qaroriga asosan 2025-2026-yillarda vazirlik va idoralar tomonidan amalga oshiriladigan sunʼiy intellekt texnologiyalarini joriy etish boʻyicha ustuvor loyihalar roʻyxati tasdiqlanganligi;
v) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-iyundagi “Iqdisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasi hamda budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi tomonidan zamonaviy xizmatlarni joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-105-son farmoniga muvofiq Iqtisodiyot va moliya vazirligi tizimida sohani raqamlashtirish hisobiga 1080 ta boshqaruv shtat birligi qisqartirilganligi;
g) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-iyuldagi “Davlat boshqaruvi tizimida samaradorlik, proaktivlik va natijadorlikni oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” gi PF-111-son farmoniga muvofiq, Hukumat ijro apparati va ijro etuvchi organlarning shtat tuzilmalarini qayta koʻrib chiqqan holda maqbullashtirish belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinganligi;
2-bandiga koʻra, Vazirlar Mahkamasining respublika ijro etuvchi hokimiyat organlariga yuklatilgan vazifa va funksiyalarni raqamlashtirish hisobiga ularning boshqaruv shtat birliklari sonini maqbullashtirish yuzasidan berilgan takliflari maʼqullanganligi;
farmonining 3-ilovasi 4-bandiga koʻra, Oʻzbekistan Respublikasi Prezidentining 2025- yil 7-avgustdagi “Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hamda tuman (shahar) hokimliklari xodimlarining mehnatiga haq toʻlash va ularni moddiy ragʻbatlantirish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-129-son farmoni 5-bandi quyidagi:
(v) ozodlikdan mahrum etish joylaridan ozod qilingan shaxslarga bir martalik nafaqa pulini toʻlash “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari orqali yoʻlga qoʻyilganligi inobatga olinganligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hamda tuman (shahar) hokimliklari huzuridagi ozodlikdan mahrum etish joylaridan ozod qilingan shaxslarni reabilitatsiya qilish va ijtimoiy moslashtirish markazlari faoliyati 2025-yil 1-noyabrdan tugatilganligi” mazmunidagi “v” kichik band bilan toʻldirilganligi inobatga olinsin va ijroga qaratilsin.
3. Tuman hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag'allikni qisqartirish masalalari bo'yicha birinchi o'rinbosari - tuman iqtisodiyot va moliya boʻlimi boshligʻi (H.Nazarov) va tuman hokimligi bosh hisobchisi (A.Xazratov) bilan birgalikda markazni moddiy-texnik qiymatliklarini begʻaraz tuman hokimligi balansiga oʻtkazsin hamda ishdan boʻshaydigan markaz xodimlari bilan tegishli hisob-kitoblarni amalga oshirsin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish tuman hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag'allikni qisqartirish masalalari bo'yicha birinchi o'rinbosari - tuman iqtisodiyot va moliya boʻlimi boshlig'i H.Nazarov zimmasiga yuklatilsin.
Koson tuman hokimi A. BOYKARAEV
Qashqadaryo viloyati, Koson tumani,
2025-yil 23-oktabr,
285-4-60-Q/25-son