NAVOIY VILOYATI ZARAFSHON SHAHAR HOKIMINING
QARORI
Shahar hokimining “Shahar hokimining “Ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng sharoitlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslarni 2025-yilda ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarining eng kam sonini belgilash va zaxiraga qoʻyish toʻgʻrisida” 2024-yil 16-dekabrdagi 335-5-78-Q/24-son qaroriga oʻzgartirish kiritish haqida” 2025-yil 3-iyundagi 146-5-78-Q/25-son qaroriga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi “Maʼmuriy tartib-taomillar toʻgʻrisida”gi Qonunining 59-moddasi, “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6-moddasiga asosan, shuningdek, Zarafshon shahar kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimining 2025-yil 23-sentabrdagi 17/02-08/14-561-son va “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazining 2025-yil 19-sentabrdagi 07-02/01-10/1492-son xatlarini koʻrib chiqib qaror qilaman:
1. Zarafshon shahar kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimining 2025-yil 23-sentabrdagi 17/02-08/14-561-son va “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazining 2025-yil 19-sentabrdagi 07-02/01-10/1492-son xatlari inobatga olinsin.
2. Shahar hokimining “Shahar hokimining “Ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng sharoitlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslarni 2025-yilda ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarining eng kam sonini belgilash va zaxiraga qoʻyish toʻgʻrisida” 2024-yil 16-dekabrdagi 335-5-78-Q/24-son qaroriga oʻzgartirish kiritish haqida” 2025-yil 3-iyundagi 146-5-78-Q/25-son qarorida 2-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“2. Shahar hokimining “Ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng sharoitlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslarni 2025-yilda ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarining eng kam sonini belgilash va zaxiraga qoʻyish toʻgʻrisida” 2024-yil 16-dekabrdagi 335-5-78-Q/24-sonli qarorida 2-ilovaning:
a) 1-pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
1. | “Navoiy KMK” AJ Markaziy kon boshqarmasi | 21148 | 101 | 5 | 57 | 26 | 2 | 7 | 3 | 1 |
b) “JAMI” pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
JAMI | 33205 | 251 | 37 | 100 | 40 | 28 | 2 | 23 | 15 | 4 | 2 |
”
3 Shahar hokimining 2025-yil 3-iyundagi 146-5-78-Q/25-son qarorining qolgan bandlari oʻzgarishsiz qoldirilsin.
4. Shahar kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimi (M. Djurayev) mazkur qarorni manfaatdor tomonlarga yetkazsin.
5. Shahar hokimligi matbuot kotibi (J. Yorqulov) va “Oltin vodiy” gazetasi tahririyati (G. Bobomurodova)ga mazkur qarorni ommaviy axborot vositalarida yoritish, shuningdek, shahar hokimligining rasmiy veb-saytiga joylashtirish tavsiya etilsin.
6. Qarorning bajarilishini nazorat qilish shahar hokimining birinchi oʻrinbosari A.Shoxmirzayev zimmasiga yuklansin.
7. Qaror rasmiy qabul qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.
Shahar hokimi N. RAHMANOV
Navoiy viloyati, Zarafshon shahri,
2025-yil 22-oktabr,
250-5-78-Q/25-son