XALQ DEPUTATLARI CHIROQCHI TUMANI KENGASHINING
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasining “Geografik obyektlarning nomlari toʻgʻrisida”gi qonuniga muvofiq Chiroqchi tumanidagi mavjud geografik obyekt (29 ta qabriston va bitta koʻcha)larga nom berish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi, Geografik obyektlarga nom berish va ularni qayta nomlash toʻgʻrisidagi takliflarni davlat ekspertizasidan oʻtkazish ekspert komissiyasining 2025-yil 25-iyundagi 05-19-10298-sonli yigʻilish bayonnomasi va “Geografik obyektarga nom berish va ularni qayta nomlash toʻgʻrisidagi takliflarning qonun hujjatlari talablariga muvofiqligi haqida”gi ekspert xulosalarini, shuningdek “Geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari” boʻyicha viloyat komissiyasining 2025-yil 25-iyundagi 07-15/5832-sonli komissiya xulosasini inobatga olib, Oʻzbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi qonunining 6- va 24-moddalariga muvofiq Xalq deputatlari Chiroqchi tuman Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi, Geografik obektlarga nom berish va ularni qayta nomlash toʻgʻrisidagi takliflarni davlat ekspertizasidan oʻtkazish ekspert komissiyasining 2025-yil 25-iyundagi 05-19-10298-sonli yigʻilish bayonnomasi va “Geografik obektlarga nom berish va ularni qayta nomlash toʻgʻrisidagi takliflarning qonun hujjatlari talablariga muvofiqligi haqida”gi ekspert xulosalarini, shuningdek “Geografik obektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari” boʻyicha viloyat komissiyasining 2025-yil 25-iyundagi 07-15/5832-sonli komissiya xulosasini asos uchun qabul qilinsin.
2. Geografik obyektlarga nom berish va ularni qayta nomlash toʻgʻrisidagi takliflarni davlat ekspertizasidan oʻtkazish ekspert komissiyasining 2025-yil 25-iyundagi 05-19-10298-sonli yigʻilish bayonnomasi va “Geografik obyektlarga nom berish va ularni qayta nomlash toʻgʻrisidagi takliflarning qonun hujjatlari talablariga muvofiqligi haqida”gi ekspert xulosasiga asosan tumandagi mavjud 29 ta qabristonlarning qonun hujjatlariga muvofiq deb topilgan nomlar roʻyxati 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3.Iftihor mahalla fuqarolar yigʻinidagi nomsiz koʻchaga “Langar” (X-39'3'2482'N 66'34'34.00'E Y-39'3'42.75'N 66'34'36 15'E) koʻchasi deb nom berish taklifi maʼqullansin.
4.Tuman hokimining qurilish, toʻsiqlarsiz muhit yaratish, kommunikatsiyalar, kamunal xoʻjalik, ekologiya va koʻkalamzorlashtirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari (B.Norqobilov), tuman Obodonlashtirish boshqarmasi (B.Abdullayev), Davlat kadastrlar palatasi tuman filiali boshligʻi bilan birgalikda:
bir oy muddatda tumandagi mavjud qabristonlar va koʻchalarni ushbu qarorga muvofiq tasdiqlangan roʻyxat asosida nomlarini oʻrnatish va olib borilgan ishlar yuzasidan maʼlumotlarni belgilangan muddatda “Geografik obektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari” boʻyicha tuman komissiyasiga taqdim etish vazifalari yuklatilsin.
tumandagi mavjud qabristonlarning kadastr xujjatlarini rasmiylashtirish;
oʻzgargan qabriston nomlarini va koʻchalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish, ish yuritish hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish hamda boshqa tegishli tadbirlarni amalga oshirish bilan bogʻliq jarayonlarni amalga oshirsinlar.
5. Tuman hokimligi axborot xizmati (S.Raimqulov), “Chiroqchi” gazetasi tahririyatilarga:
Oʻzbekiston Respublikasi “Geografik obyektlarning nomlari toʻgʻrisida”gi hamda “Davlat tili toʻgʻrisida”gi Qonunlari talablari asosida olib borilgan ishlarni ommaviy axborot vositaлари hamda ijtimoiy tarmoqlar orqali keng yoritib borish tavsiya etilsin.
6. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish Xalq deputatlari tuman Kengashining “Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari” boʻyicha doimiy komissiyasi (B.Ishtemirov) hamda Chiroqchi tuman hokimining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash masalalari boʻyicha maslahatchisi (G.Haqberdiyeva) zimmasiga yuklatilsin.
7.Ushbu qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Kengash raisi YUSUPOV FAYZULLA YAKUBOVICH
Qashqadaryo viloyati, Chiroqchi tumani,
2025-yil 22-oktabr,
VII-11-67-4-66-K/25-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.