21.10.2025 yildagi 396-10-212-Q/25-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TOSHKENT VILOYATI TOSHKENT TUMANI HOKIMINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QARORI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent tumanidagi umumiy oʻrta taʼlim maktablariga mikrouchastkalarni biriktirish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligining 2012-yil 27-yanvardagi 1-sonli hayʼat qarori bilan tasdiqlangan “Umumiy oʻrta taʼlim maktabi joylashgan hududdagi maktab yoshidagi bolalar hisobini olib borish toʻgʻrisida yoʻriqnoma” talablaridan kelib chiqib, tuman hududida istiqomat qiluvchi maktab yoshidagi bolalarni hisobga olish, ularni maktab taʼlimi jarayoniga toʻliq jalb etish, Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 23-sentabrdagi OʻRQ-637-son Qonuni, Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-martdagi “Umumiy oʻrta taʼlimni tashkil etish toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqidagi”gi 140-son, 2022-yil 1-iyundagi 295-son qarorlari asosida tuman Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimining taklifini inobatga olib, “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunning 6-moddasiga muvofiq, qaror qilaman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 1-iyundagi 295-son qarori 1-ilovasi bilan Bolalarni davlat umumiy oʻrta taʼlim muassasalariga qabul qilish hamda oʻquvchilarni bir umumiy oʻrta taʼlim muassasasidan boshqasiga oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatlari ko`rsatishning maʼmuriy reglamentining 5-bob, 51-bandiga asosan, umumiy oʻrta taʼlim maktablariga biriktirilgan, aholi yashaydigan hududlar - mikrouchastkalar ilovalarga muvofiq tasdiqlanganligi inobatga olinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Tuman Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi (B.Rahimova)ga: Maktablarga biriktirilgan hududda istiqomat qiluvchi maktab yoshidagi bolalarni mahalla faollari bilan birgalikda hisobini oʻrnatilgan tartibda olib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maktablar mikrouchastkalarida yashovchi maktab yoshidagi bolalar va oʻsmirlarni umumiy oʻrta taʼlimga toʻliq jalb etish, oʻquvchilar davomati va ularning maktabdan chiqib ketish holatlarini qatʼiy nazorat qilish vazifalari yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur qaror qabul qilinishi munosabati bilan tuman hokimining 2022-yil 5-oktabrdagi 413-10-0-Q/22-son, 2024-yil 30-maydagi 170-10-212-Q/24-son, 2025-yil 17-iyuldagi 277-10-212-Q/25-son qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish tuman hokimining oʻrinbosari I.Saidikarimov zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tuman hokimi S. ERGASHEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent viloyati, Toshkent tumani,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 21-oktabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
396-10-212-Q/25-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.