21.10.2025 yildagi VII-13-84-10-139-K/25-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XALQ DEPUTATLARI QIBRAY TUMANI KENGASHINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qibray tumanida kuz-qish davri uchun yakuniy isteʼmolchilar kesimida ekinlarni sugʻorish uchun suv olish limitlarini belgilash toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi “Quyi boʻgʻinda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5-son Qarorning 7-bandida 1-aprelga qadar vegetatsiya davri uchun va 1-oktabrga qadar kuz-qish davri uchun yakuniy isteʼmolchilar kesimida ekinlarni sugʻorish uchun suv olish limitlarini hududlar boʻyicha tasdiqlangan limit doirasida ishlab chiqilishini va tasdiqlash uchun xalq deputatlari tuman Kengashlariga kiritilishi belgilab qoʻyilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shunga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi hamda Chirchiq-Ohangaron irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasining taqsimotiga asosan Qibray tumaniga 2025-2026-yillar kuz-qish nosugʻorish davri uchun 120,7 mln m³ suv (limit) ajratilgan. Shundan 19,7 mln m³ suv qishloq xoʻjaligi ekinlarini sugʻorishga, 101 mln m³ suv sanoat tarmoqlariga taqsimlangan. Qishloq xoʻjaligi ekinlarini sugʻorish uchun ajratilgan 19,7 mln m³ suv hududlar va manbalar kesimida qayta taqsimlab chiqildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqoridagilardan kelib chiqib Qibray tumani “Suv yetkazib berish xizmati” Davlat muassasasining 2025-yil 08-sentabrdagi 82/11-229-sonli xatini inobatga olib, tuman Suv yetkazib berish xizmati Davlat muassasasi direktori U.Yuldashevning hisobotini tinglab, “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 6- va 24-moddalariga muvofiq Xalq deputatlari Qibray tuman Kengashi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Qibray tumani “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasining 2025-yil 08-sentabrdagi 82/11-229-sonli xati va tuman Suv yetkazib berish xizmati davlat muassasasining direktori U.Yuldashevning hisoboti maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Qibray tumani Suv yetkazib berish xizmati davlat muassasasi tomonidan Qibray tumanida 2025-2026-yillar nosugʻorish (novegetatsiya) davri uchun hududlar kesimida suv olish limiti 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Qibray tumanida 2025-2026-yillar nosugʻorish (novegetatsiya) davri uchun manbalar kesimida suv olish limiti 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish Xalq deputatlari Qibray tuman Kengashining Agrar, suv xoʻjaligi va ekologiya masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi (A.Kasimov) zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ushbu Qаrоr qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash raisi RASHIDOV MUZAFFAR ABROROVICH
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent viloyati, Qibray tumani,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 21-oktabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII-13-84-10-139-K/25-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.