XALQ DEPUTATLARI MUBORAK TUMANI KENGASHINING
Qarori
Muborak tumanida 2025-2026-yilning nooʻsuv davrida qishloq xoʻjaligi ekinlarini sugʻorishga ajratilgan cheklangan suv limitini tasdiqlash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi “Quyi boʻgʻinda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5-sonli, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 19-martdagi 82-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasida suvdan foydalanish va suv isteʼmoli tartibi toʻgʻrisida”gi Nizom ijrosini taʼminlash yuzasidan tuman “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi direktori N.Sharipovning 2025-2026-yilning kuz-qish mavsumi nooʼsuv davrida qishloq xoʻjaligi ekinlarini sugʼorishga ajratilgan cheklangan suv limitini tasdiqlash toʼgʼrisidagi taklifi hamda Oʻzbekiston ekologik partiyasi tuman Kengashi deputatlik guruhi va xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlarining taklif va fikrlarini inobatga olib, Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6- va 24-moddalariga muvofiq, xalq deputatlari tuman Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi “Quyi boʻgʻinda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5-sonli qaror ijrosi yuzasidan Muborak tuman “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi direktori N.Sharipovning “2025-2026-yilning kuz-qish mavsumi nooʼsuv davrida qishloq xoʻjaligi ekinlarini sugʼorishga ajratilgan cheklangan suv limitini tasdiqlash toʼgʼrisida”gi 2025-yil 23-sentabrdagi 156-sonli xati inobatga olinsin.
2. Muborak tuman “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi direktori N.Sharipovning Muborak tumanida 2025-2026-yilning nooʼsuv davrida qishloq xoʻjaligi ekinlarini sugʻorishga ajratilgan cheklangan suv limitini tasdiqlash toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin va ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Muborak tuman “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi direktori (N.Sharipov)ga:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi PQ-5-sonli qarori asosida ishlarni tashkil etish;
belgilangan limitlar asosida isteʼmolchilarga suv yetkazib berish;
oʻziga biriktirilgan hududda suvning hisobi va hisobotini yuritish;
sugʻorish tarmoqlari va ulardagi gidrotexnik inshootlarni soz holatda saqlash, taʼmirlash-tiklash tadbirlarini amalga oshirish;
suv olish joylarini suvni boshqarish va hisobga olish vositalari bilan jihozlash, suv monitoringi, hisobi va hisoboti yuritilishini raqamlashtirish;
isteʼmolchilar kesimida isteʼmol qilingan suv hajmi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni soliq organlariga taqdim etib borish;
suv isteʼmolchilarining buyurtmanomasi asosida boshqa suv xoʻjaligi xizmatlarini koʻrsatish;
amalga oshirilgan ishlar yuzasidan xalq deputatlari tuman Kengashiga hisobotlarni oʻz vaqtida berib borish vazifalari yuklatilsin.
4. Mazkur qaror ijrosini taʼminlash tuman hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari (X.Maxamatov), nazorati xalq deputatlari tuman Kengashining Agrar, suv xoʻjaligi va ekologiya masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi raisi (U.Erkayev) zimmasiga yuklansin.
5. Ushbu qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Kengash raisi MURODOV GʻOLIB NEʼMATOVICH
Qashqadaryo viloyati, Muborak tumani,
2025-yil 21-oktabr,
VII-17-141-4-64-K/25-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.