NAVOIY VILOYATI UCHQUDUQ TUMANI HOKIMINING
QARORI
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-oktabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasida aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olish tadbirini oʻtkazish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 629-sonli hamda viloyat hokimining 2025-yil 15-oktabrdagi 238-5-0-Q/25-sonli qarorlari ijrosini taʼminlash haqida
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidentining 2025-yil 19-sentabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasida aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olishni oʻtkazish toʻgʻrisida”gi PF-173-son Farmoni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-oktabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasida aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olish tadbirini oʻtkazish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 629-son qarori ijrosini taʼminlash haqida”gi qarori ijrosini taʼminlash maqsadida, qaror qilaman:
1.Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-oktabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasida aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olish tadbirini oʻtkazish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 629-son va viloyat hokimining 2025-yil 15-oktabrdagi 238-5-0-Q/25-sonli qarorlari ijro uchun qabul qilinsin.
2.Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining mazkur qarori bilan quyidagilar:
Oʻzbekiston Respublikasida aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom;
Oʻzbekiston Respublikasida aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olishni oʻtkazish dasturi;
Oʻzbekiston Respublikasida aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olishni oʻtkazish uchun savolnoma shakllari roʻyxati hamda mazkur shakllar;
Oʻzbekiston Respublikasida aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish hamda natijalarini eʼlon qilish boʻyicha chora-tadbirlar rejasi;
Oʻzbekiston Respublikasida aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olish ishlarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini samarali qoʻllash va axborot xavfsizligini taʼminlash boʻyicha ishchi guruh (keyingi oʻrinlarda - Ishchi guruh) tarkibi;
Oʻzbekiston Respublikasida aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olish tadbirlarini oʻtkazishning ahamiyati va mazmun-mohiyati boʻyicha targʻibot media rejasi tasdiqlangani inobatga olinsin.
3.Aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazishda Oʻzbekiston Respublikasida aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom talablariga qatʼiy amal qilinishi taʼminlansin.
4.Quyidagilar:
Tumanda aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish hamda natijalarini eʼlon qilish boʻyicha chora-tadbirlar dasturi 1-ilovaga muvofiq;
Aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olish tadbirlarini oʻtkazishning ahamiyati va mazmun-mohiyati boʻyicha targʻibot media-rejasi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
5.Tumanda aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish hamda natijalarini eʼlon qilish boʻyicha chora-tadbirlar dasturida belgilangan tadbirlarning oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirilishi taʼminlansin.
6. Tuman hokimligi raqamli iqtisodiyotni joriy etish boʻyicha loyihalar menejeri (Salimov) tuman Statistika boʻlimi (Absalomov) bilan hamkorlikda roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish davrida: roʻyxatga olish axborot tizimi va maʼlumotlar bazasi uchun zarur server quvvatlarini ajratish;
“mahalla yettiligi” xodimlarining planshet qurilmalarini himoyalangan virtual aloqa kanali (VPN) bilan taʼminlash;
tuman roʻyxatga olish shtabini yuqori tezlikdagi aloqa kanali bilan taʼminlash choralarini koʻrsin.
7.Tuman statistika boʻlimi (Absalomov), Oʻzbekiston mahallalari uyushmasining tuman boʻlimi (Hamidov) roʻyxatga olish tadbirida toʻplangan maʼlumotlarning sifatini taʼminlash maqsadida:
2025-yil 1-noyabrdan boshlab roʻyxatga olish axborot tizimidan foydalanish boʻyicha “mahalla yettiligi” xodimlari uchun amaliy oʻquv-seminarlarini tashkil etish;
aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olish jarayonlarini roʻyxatga olish axborot tizimi orqali roʻyxatdan oʻtkazish;
roʻyxatga olish ishlarining oʻz muddatida va sifatli amalga oshirilishi yuzasidan kunlik nazorat tizimini joriy etish choralarini koʻrsin.
8.Tuman ichki ishlar boʻlimi (Radjapov) roʻyxatga olish davrida roʻyxatga olish jarayoniga jalb etiladigan shaxslarning xavfsizligini taʼminlasin. Bu borada tuman markazlarida tuman qoʻriqlash boʻlimi (Umrzoqov) ichki ishlar boʻlimiga koʻmaklashsin.
9.Tuman hokimining 2020-yil 19-noyabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabrdagi “2023-yilda Oʻzbekiston Respublikasida aholini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish choratadbirlari toʻgʻrisida”gi 710-sonli qarori ijrosini taʼminlash haqida”gi Q-295- sonli qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
10.Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish tuman hokimining oʻrinbosarlari S.Hamrayev, D.Astanov hamda tuman statistika boʻlimi boshligʻi F.Absalomov zimmasiga yuklansin.
Uchquduq tuman hokimi U. YELMURATOV
Navoiy viloyati, Uchquduq tumani,
2025-yil 21-oktabr,
189-5-76-Q/25-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.