XALQ DEPUTATLARI YANGIBOZOR TUMANI KENGASHINING
Qarori
2025-2026-yillarning kuz-qish davri uchun tumanda suv olish miqdorini tasdiqlash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligining 2025 yil 2-sentabrdagi 147-sonli buyrugʻi ijrosini taʼminlash maqsadida hamda Chapqirgʻoq Amudaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi Yangibozor tumani “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi direktorining 2025-yil 30-sentabrdagi 160-sonli xatini eʼtiborga olib, “Mahalliy davlat hokimiyati organlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunining 6- va 24-moddalariga muvofiq xalq deputatlari Yangibozor tumani Kengashi qaror qiladi:
1. Yangibozor tumani “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi direktori A.Sapayevning suv manbalari, iqtisodiyot tarmoqlari hamda hududlari boʻyicha 2025-2026-yillarning kuz-qish (shoʻr yuvish) davrida suv manbalaridan olinadigan suv miqdorlari toʻgʻrisidagi maʼruzasi maʼlumot va ijro uchun qabul qilinsin.
2. Yangibozor tumani “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasining suv manbalari, iqtisodiyot tarmoqlari hamda hududlari boʻyicha 2025-2026-yillarning kuz-qish (shoʻr yuvish) davrida suv manbalaridan olinadigan suv miqdori (limit) 1 va 2-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
3. Tuman hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari B.Sultanov, Yangibozor tumani “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi direktori A.Sapayevga:
besh kun muddatda suv manbalari, iqtisodiyot tarmoqlari va hududlar boʻyicha ishlab chiqilgan suv olish limitlarini barcha suv isteʼmolchilariga yetkazish;
suv isteʼmolchilari bilan ularga ajratilgan suv olish limitlari doirasida suvdan foydalanish yoki suv isteʼmoli toʻgʻrisidagi shartnomalarning tuzilishini hamda ularni belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilishini taʼminlasin.
4. Yangibozor tumani “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi (A.Sapayev) tuman qishloq xoʻjaligi boʻlimi (A.Qazaqov) bilan birgalikda suvdan maqsadli va samarali foydalanish boʻyicha oʻquv seminarlari va tushuntirish ishlari olib borish vazifasi yuklatilsin.
5.Mazkur qaror tuman hokimligining rasmiy veb-saytiga joylashtirilsin.
6.Ushbu qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.
7. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish xalq deputatlari tuman Kengashining agrar, suv xoʻjaligi va ekologiya masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi raisi M.Atajanov zimmasiga yuklansin.
Kengash raisi JUMANIYAZOV RUSLAN RUSTAMOVICH
Xorazm viloyati, Yangibozor tumani,
2025-yil 21-oktabr,
VII-14-121-12-178-K/25-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.