XALQ DEPUTATLARI GURLAN TUMANI KENGASHINING
Qarori
2025-2026 yillarning kuz-qish davri uchun tumanda suv olish limitini tasdiqlash toʻgʻrisida
2025-yil 12-sentabrdagi Xorazm viloyati hokimining “2025-2026-yillarning kuz-qish davrida irrigatsiya-melioratsiya obyektlarida amalga oshiriladigan chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 210-12-171-F/25-sonli farmoyishi ijrosini taʼminlash maqsadida hamda “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunining 6- va 24-moddalariga muvofiq xalq deputatlari Gurlan tumani Kengashi qaror qiladi:
1. Xorazm viloyati hokimining 2025-yil 12-sentabr “2025-2026-yillarning kuz-qish davrida irrigatsiya-melioratsiya obyektlarida amalga oshiriladigan chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 210-12-171-F/25-sonli farmoyishi ijro uchun qabul qilinsin.
2. Gurlan tumani “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasining suv manbalari, iqtisodiyot tarmoqlari hamda hududlari boʻyicha 2025-2026-yillarning kuz-qish (shoʻr yuvish) davrida suv manbalaridan olinadigan suv miqdori (limit) 1 va 2- ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
3. Tuman hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari X.Otaxanov, Gurlan tuman “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi direktori J.Raximovlarga:
5 kun muddatda suv manbalari, iqtisodiyot tarmoqlari va hududlari boʻyicha ishlab chiqilgan suv olish limitlarini barcha suv isteʼmolchilariga yetkazish;
-suv isteʼmolchilari bilan ularga ajratilgan suv olish limitlari doirasida suvdan foydalanish yoki suv isteʼmoli toʻgʻrisidagi shartnornalarning tuzilishini hamda ularning belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazish taʼminlansin.
4. Gurlan tumani “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi (J.Raximov) hamda tuman qishloq xoʻjaligi boʻlimi(R.Matkarimov)ga birgalikda suvdan maqsadli va samarali foydalanish boʻyicha oʻquv seminarlari va tushuntirish ishlari olib borish vazifasi yuklatilsin.
5. Mazkur qaror “Gurlan hayoti” gazetasida rasman eʻlon qilinsin hamda tuman hokimligining rasmiy veb-saytiga joylashtirilsin.
6. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish tuman hokimining oʻrinbosari X.Otaxanov hamda xalq deputatlari tuman Kengashining agrar, suv xoʻjaligi va ekologiya masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi raisi G.Kuchkarov zimmalariga yuklatilsin.
7. Ushbu qaror qabul qilingan kundan kuchga kiradi.
Sessiya raisi XUDAYAROV SHOKIR RADJAPOVICH
Xorazm viloyati, Gurlan tumani,
2025-yil 20-oktabr,
VII-16-103-12-171-K/25-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.