XALQ DEPUTATLARI ASAKA TUMANI KENGASHINING
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvar kungi “Quyi boʻgʻinda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5-sonli qarorining tumanda ijrosi toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvar kungi “Quyi boʻgʻinda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5-sonli qarorining ijrosini taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasining “Mahalliy Davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6, 24-moddalariga asosan xalq deputatlari Asaka tumani Kengashi qaror qiladi:
1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvar kungi “Quyi boʻgʻinda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5-sonli qarori ijro hamda tuman “Suv yetkazib berish xizmati” Davlat muassasasi direktori A.Abdurazzaqovning maʼruzasi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Andijon tumani “Suv yetkazib berish xizmati” Davlat muassasasi direktori A.Abdurazzaqovning Asaka tumani bo'yicha 2025-2026-yil kuz-qish “novegetatsiya” davrida sugʻorish ishlari uchun ajratilgan suv limiti toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin va ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
3. Norin-Qoradaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi huzuridagi Asaka tuman “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi direktori (A.Abdurazzaqov) ga:
tumanga suv yetkazib berish boʻyicha ishlab chiqilgan limitlarni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvar kungi “Quyi boʻgʻinda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5-sonli qaror talablariga qatʼiy rioya qilish;
qaror mazmunmohiyatini massivlar hamda ular tarkibidagi fermer hamda dehqon xoʻjaliklari, MCHJ, korxona va tashkilotlarga yetkazish;
ilovalarda koʻrsatilgan limitlarni oʻz vaqtida va sifatli holatda yetkazib berish;
oʻziga biriktirilgan hududda suvning hisobi va hisobotini yuritish;
sugʻorish tarmoqlari va ulardagi gidrotexnik inshootlarni soz holatda saqlash, taʼmirlash-tiklash tadbirlarini amalga oshirish;
suv olish joylarini suvni boshqarish va hisobga olish vositalari bilan jihozlash, suv monitoringi, hisobi va hisoboti yuritilishini raqamlashtirish;
isteʼmolchilar kesimida isteʼmol qilingan suv hajmi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni soliq organlariga taqdim etib borish;
suv isteʼmolchilarining buyurtmanomasi asosida boshqa suv xoʻjaligi xizmatlarini koʻrsatish vazifalari yuklatilsin.
4.Аmalga oshirilgan ishlar yakuni toʻgʻrisida doimiy komissiya va xalq deputatlari tuman Kengashiga axborot kiritish tavsiya etilsin.
5. Ushbu qaror ijrosini nazorati Xalq deputatlari tuman Kengashining “Agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya boʻyicha” doimiy komissiya zimmasiga yuklatilsin.
Sessiya raisi QOSIMOV QOBILJON QOSIMOVICH
Andijon viloyati, Asaka tumani,
2025-yil 17-oktabr,
VII-13-101-1-17-K/25-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.