XALQ DEPUTATLARI NISHON TUMANI KENGASHINING
Qarori
Nishon tumani boʻyicha 2025-2026 yil nousuv davri uchun qishloq xoʻjaligi ekinlarini sugʻorishga hamda jami ajratilgan cheklangan suv miqdorini tasdiqlash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi “Quyi boʻgʻinda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5-sonli qarorining ijrosini taʼminlash maqsadida, Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimyati toʻgʻrisda”gi Qonunining 6 va 24-moddalariga asosan Xalq deputatlari Nishon tuman Kengashi qaror qiladi:
1.Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi “Quyi boʻgʻinda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5-sonli qarori ijro uchun qabul qilinsin.
2.Nishon tuman “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi direktori Y.Xudoyberdiyevning Nishon tumani boʻyicha 2025-2026-yil nousuv davri uchun qishloq xoʻjaligi ekinlarini sugʻorishga hamda jami ajratilgan cheklangan suv miqdorini tasdiqlash toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin hamda Nishon tumani hududlariga Qarshi magistral kanali va Mirishkor magistral kanalidan 2025-2026-yillarda nousuv davrida qishloq xoʻjalik ekinlarini sugʻorishga ajratilgan suv limiti 1-ilovaga;
Nishon tumanidagi qishloq xoʻjaligi ishlab chiqaruvchilari va boshqa isteʼmolchilarga Qarshi magistral kanali va Mirishkor magistral kanalidan 2025-2026-yillarning nousuv davrida sugʻorishga hamda jami ajratilgan cheklangan suv miqdori 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3.Tuman hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari - qishloq xoʻjaligi boʻlimi boshligʻi M.Sheroliyev, Nishon tuman “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi direktori Y.Xudoyberdiyev bilan birgalikda:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi “Quyi boʻgʻinda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5-sonli qarori asosida ishlarni tashkil etish;
belgilangan limitlar asosida isteʼmolchilarga suv yetkazib berish;
oʻziga biriktirilgan hududda suvning hisobi va hisobotini yuritish;
sugʻorish tarmoqlari va ulardagi gidrotexnik inshootlarni soz holatda saqlash, taʼmirlash-tiklash tadbirlarini amalga oshirish;
suv olish joylarini suvni boshqarish va hisobga olish vositalari bilan jihozlash, suv monitiringi, hisobi va hisoboti yuritilishini raqamlashtirish;
isteʼmolchilar kesimida isteʼmol qilingan suv hajmi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni soliq organlariga taqdim etib borish;
suv isteʼmolchilarining buyurtmanomasi asosida boshqa suv hoʻjaligi xizmatlarini koʻrsatish;
amalga oshirilgan ishlar yuzasidan xalq deputatlari tuman kengashiga hisobotlarni oʻz vaqtida berib borish vazifalari yuklatislsin.
4.Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish xalq deputatlari tuman kengashining Agrar, suv xoʻjaligi va ekologiya masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi raisi N.Xakkulov hamda tuman hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari, qishloq xoʻjaligi boʻlimi boshligʻi M.Sheroliyev zimmasiga yuklansin.
Kengash raisi TOGʻAYEV BOTIR NORMAHMADOVICH
Qashqadaryo viloyati, Nishon tumani,
2025-yil 17-oktabr,
VII-13-125-4-65-K/25-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.