17.10.2025 yildagi 285-11-169-Q/25-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
FARGʻONA VILOYATI FARGʻONA SHAHAR HOKIMINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QARORI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fargʻona shahridagi avtomobil yoʻllarida 3.27 “Toʻxtash taqiqlangan”, 3.28 “Toʻxtab turish taqiqlangan” va 3.4 “Yuk avtomobillarining harakatlanishi taqiqlangan” yoʻl belgilarini oʻrnatish haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining “Yoʻl harakati xavfsizligi toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-aprel kungi “Yoʻl harakati qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 172-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Fargʻona viloyati Bojxona boshqarmasining 2025-yil 18-avgust kunidagi 12/10-05-25-04162-sonli aloqa xati, Fargʻona shahar Bobur koʻchasi 23A-uyda yashovchi fuqaro S.Mirzaazizovaning 2025-yil 3-iyuldagi, Termiz koʻchasi 1-uyda yashovchi fuqaro U.Esanov va boshqalarning 2025-yil 18-sentabrdagi arizalari hamda “New generation school” nodavlat taʼlim muassasasining 2025-yil 25-avgustdagi 833-sonli murojaat xati bilan murojaat qilib, yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash maqsadida 3.27 “Toʻxtash taqiqlangan”, 3.28 “Toʻxtab turish taqiqlangan” va 3.4 “Yuk avtomobillarining harakatlanishi taqiqlangan” yoʻl belgilarini oʻrnatish masalasini hal etish soʻralgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur murojaat va arizalarga muvofiq Fargʻona viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Jamoat xavfsizligi xizmati Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasining 2025-yil 31-iyul kunidagi 24/6-1748-sonli aloqa xati, Fargʻona shahar Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasining 2025-yil 21-iyul kunidagi 33/1126-sonli, 2025-yil 26-sentabr kunidagi 33/1325-sonli hamda 2025-yil 26-sentabr kunidagi 33/658-sonli murojaat xatlarini koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6, 211-moddalariga asosan, qaror qilaman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Fargʻona shahar Bobur koʻchasi 23a-uyda yashovchi fuqaro S.Mirzaazizovaning 2025-yil 3-iyul kunidagi, Termiz koʻchasi 1-uyda yashovchi fuqaro U.Esanov va boshqalarning 2025-yil 18-sentabrdagi arizalari hamda “New generation school” nodavlat taʼlim muassasining 2025-yil 25-avgust kunidagi 833-sonli murojaat xati inobatga olinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Fargʻona viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Jamoat xavfsizligi xizmati Yoʻl harakat xavfsizligi boshqarmasining 2025-yil 31-iyuldagi 24/6-1748-sonli aloqa xati, Fargʻona shahar Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasining 2025-yil 21-iyuldagi 33/1126-sonli va 2025-yil 26-sentabrdagi 33/1325-sonli hamda 2025-yil 26-sentabrdagi 33/658-sonli murojaat xatlari asos uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Fargʻona shahrida yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash, transport vositalari harakatini tartibga solish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fargʻona shahar “Mustaqillik” mahalla fuqarolar yigʻini Yorugʻlik koʻchasiga 3.27 “Toʻxtash taqiqlangan” va 7.4.1 “Transport vositasining turi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fargʻona shahar “Yoshlar” mahalla fuqarolar yigʻini Bobur va Shukrona koʻchalari chorrahasidan Bobur va Universitet koʻchalari chorrahasigacha 3.28 “Toʻxtab turish taqiqlangan” (yoʻlning bir tomoniga);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Mashʼal” mahalla fuqarolar yigʻini Mustaqillik va Bobur koʻchalari chorrahasidan Bobur va Turkiston koʻchalari chorrahasigacha 3.28 “Toʻxtab turish taqiqlangan” (yoʻlning bir tomoniga);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻrmonchilar” ahalla fuqarolar yigʻini Termiz koʻchasiga 3.4 “Yuk avtomobillarining harakatlanishi taqiqlangan” yoʻl belgilari tegishli tartibda oʻrnatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Fargʻona shahar Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi Yoʻl harakati xavfsizligi boʻlimi (R.Dehqonov)ga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fargʻona viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Jamoat xavfsizligi xizmati Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi bilan hamkorlikda mazkur qarorda belgilangan koʻchalarda yoʻl belgisi oʻrnatishlishini tashkil etsin hamda mazkur hududlarda avtomobillar harakati cheklanishini nazorat qilib borsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Fargʻona shahar hokimligi Axborot xizmati ushbu qarorni ommaviy axborot vositalari hamda ijtimoiy tarmoqlarda yoritish choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mazkur qaror ijrosini taʼminlash Fargʻona shahar hokimining oʻrinbosari J.Baxtiyorov hamda Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshligʻi A.Ashurovlar zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fargʻona shahar hokimi V. NAZAROV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fargʻona viloyati, Fargʻona sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 17-oktabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
285-11-169-Q/25-son