16.10.2025 yildagi VII-19-109-7-93-K/25-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XALQ DEPUTATLARI BULUNGʻUR TUMANI KENGASHINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining “Geografik obyektlarning nomlari toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq Bulungʻur tumanidagi koʻchalarni nomlash va qayta nomlash toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 4-martdagi 48-sonli “Shaharlar, posyolkalar, qishloqlar va ovullarning mahallalarini tuzish, birlashtirish, boʻlish va tugatish, shuningdek ularning chegaralarini belgilash va oʻzgartirish, ularga nom berish va ularning nomini oʻzgartirish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 16-oktabrdagi “Geografik obyektlarning nomlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq “Geografik obyektlarning nomlari sohasidagi ishlarini tartibga solish chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 295-sonli qarori va Geografik obyektlarga nom berish va ularni qayta nomlash toʻgʻrisidagi takliflarni davlat ekspertizasidan oʻtkazish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va Moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi ekspert komissiyasi tomonidan Bulungʻur tumanidagi jami 16 ta yaʼni 2 ta asosiy koʻcha, 9 ta berk koʻcha hamda 5 ta tor koʻchalarning nomlari oʻrganilib chiqilib, 2025-yil 16-sentabrdagi 03/08-10388-sonli xatiga asosan ijobiy xulosa berildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqoridagilarga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 24-moddasiga asosan xalq deputatlari tuman Kengashining sessiyasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Bulungʻur tumani hokimining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash masalalari boʻyicha maslahatchisi Gʻ.Shamanovning Bulungʻur tumanida koʻchalarni nomlash va qayta nomlash borasida amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisidagi axboroti maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Geografik obyektlarga nom berish va ularni qayta nomlash toʻgʻrisidagi takliflarni davlat ekspertizasidan oʻtkazish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va Moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi ekspert komissiyasining 2025-yil 16-sentabrdagi 03/08-10388-sonli xulosa xatiga asosan Bulungʻur tumanidagi jami 16 ta yaʼni 2 ta asosiy koʻcha, 9 ta berk koʻcha hamda 5 ta tor koʻchalarning nomlari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Tuman hokimining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash masalalari boʻyicha maslahatchisi Gʻ.Shamanov, tuman hokimining oʻrinbosarlari (A.Yusupov, O.Sattarov), tuman Kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimi (J.Razoqov) hamda tumandagi mahalla fuqarolar yigʻinlari raislari bilan birgalikda mahalla fuqarolar yigʻinlarida koʻcha nomlari aks ettirilgan peshlavhalarni 1 oy muddatda belgilangan tartibda oʻrnatish vazifasi topshirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Tuman statistka boʻlimi (S.Turdiyev), Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligiligining davlat kadastrlari palatasi Samarqand viloyat boshqarmasi Bulungʻur tuman filiali (Sh.Abduqodirov), tuman Ichki ishlar boʻlimi (J.Saidov), tuman Favqulodda vaziyatlar boʻlimi (D.Djabbarov), tuman Sogʻliqni saqlash boʻlimi (F.Fayzullayev)larga yangi va qayta nomlangan koʻchalarning nomlarini belgilangan tartibda roʻyxatga olish vazifasi yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Qaror ijrosini taʼminlash uchun tuman hokimining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash masalalari boʻyicha maslahatchisi Gʻ.Shamanov hamda tuman hokimining oʻrinbosarlari (A.Yusupov, O.Sattarov)lar masʼul etib belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish, xalq deputatlari Bulungʻur tuman Kengashining Taʼlim, soʻgʻliqni saqlash, madaniyat, sport va ijtimoiy himoya masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi raisi Sh.Mamatkulov zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash raisi ASTONOV SAMANDAR MUSTAFOKULOVICH
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Samarqand viloyati, Bulungʻur tumani,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 16-oktabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII-19-109-7-93-K/25-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.