JIZZAX VILOYATI ZOMIN TUMANI HOKIMINING
QARORI
Tuman hududida yoʻl belgilari oʻrnatish toʻgʻrisida
“Yoʻl harakati xavfsizligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 26-dekabrdagi qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi avtomobil yoʻllarida xavfsizlikni taʼminlash va tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 342-son qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-apreldagi “Yoʻl harakati qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 172-son qarori ijrosi yuzasidan Zomin tumanida fuqarolarning xavfsizligi va avtotransport vositalarining harakatini tartibga solish maqsadida tuman Favqulodda vaziyatlar boʻlimining 2025-yil 14-iyuldagi 1/2/21/-1014-sonli hamda tuman Ichki ishlar boshqarmasining 2025-yil 12-sentabrdagi 48/39/26-sonli xatlarini koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi qonunining 6-, 211- moddalariga asosan, qaror qilaman:
1. Tuman Favqulodda vaziyatlar boʻlimining 2025-yil 14-iyuldagi 1/2/21/-1014-sonli hamda tuman Ichki ishlar boshqarmasining 2025-yil 12-sentabrdagi 48/39/26-sonli xatlari inobatga olinsin.
2. Zomin tumanida fuqarolarning xavfsizligi va avtotransport vositalarining harakatini tartibga solish maqsadida: А-376 “Qoʻqon-Jizzax” avtomobil yoʻlining 97 km.da joylashgan Zomin tumani favqulodda vaziyatlar boʻlimi l0-kasbiylashgan yongʻin qutqaruv qismi binosi roʻparasiga bir dona 3.27 (toʻxtash taqiqlangan) yoʻl belgisi oʻrnatilishiga ruxsat berilsin.
3. Zomin tumani ichki ishlar boshqarmasi yoʻl harakati xavfsizligi boʻlimi (O.Xasanov): mazkur qaror bilan tegishli joyga yoʻl belgilarini oʻrnatilishini tashkil etsin hamda ushbu hududlarda avtomobillar harakatini nazorat qilib borsin.
4. Mazkur qaror rasman eʼlon qilingan kundan kuchga kiradi.
5. Mazkur qaror ijrosini taʼminlash tuman hokimining oʻrinbosari E.Maxmanazarov hamda tuman ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi I.Nurmatov zimmasiga yuklansin.
Tuman hokimi A. ABDUGʻANIYEV
Jizzax viloyati, Zomin tumani,
2025-yil 16-oktabr,
308-3-48-Q/25-son