TOSHKENT VILOYATI TOSHKENT TUMANI HOKIMINING
QARORI
Toshkent viloyati hokimining 2025-yil 8-oktabrdagi “Toshkent tumani hududidagi boʻsh turgan yer maydonini davlat mulki sifatida davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisida”gi qarorining ijrosi toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 25-avgustdagi “Mulk huquqining daxlsizligini ishonchli himoya qilish, mulkiy munosabatlarga asossiz aralashuvga yoʻl qoʻymaslik, xususiy mulkning kapitallashuv darajasini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 198-sonli Farmonining ijrosi yuzasidan Toshkent viloyati hokimining 2025-yil 8-oktabrdagi 631-10-0-Q/25-sonli qarori ijrosini taʼminlashda “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunning 6-, 10-moddalariga muvofiq qaror qilaman:
1. Toshkent viloyati hokimining 2025-yil 8-oktabrdagi “Toshkent tumani hududidagi boʻsh turgan yer maydonini davlat mulki sifatida davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisida”gi qarori ijro uchun qabul qilinsin.
Qaror bilan Toshkent tumani hududidagi Oq koʻprik stansiyasi hududida joylashgan Bojxona binosining 0,02 gektari hamda Oq koʻprik stansiyasi hududida joylashgan Chegarachilar binosining 0,08 gektar, jami 0,10 gektar yer maydoni boʻsh turgan yer maydoni hisoblanishini inobatga olib davlat mulki sifatida davlat roʻyxatidan oʻtkazilshi belgilanganligi ijroga qaratilsin.
3. Davlat kadastrlari palatasi tuman filiali (Z.Xaitov) boʻsh turgan jami 0,10 gektar yer maydonini davlat mulki sifatida davlat roʻyxatidan oʻtkazsin va oʼrnatilgan tartibda kadastr hujjatlarini rasmiylashtirsin.
4. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish tuman hokimi oʻrinbosari S.Mirsagatov zimmasiga yuklansin.
Tuman hokimi S. ERGASHEV
Toshkent viloyati, Toshkent tumani,
2025-yil 16-oktabr,
394-10-212-Q/25-son