14.10.2025 yildagi VII-9-78-1-27-K/25-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XALQ DEPUTATLARI XOʻJAOBOD TUMANI KENGASHINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xoʻjaobod tumanida suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari va 2025-2026 yillarning kuz-qish mavsumi uchun qishloq xoʻjaligi ekinlarini sugʻorishga ajratilgan cheklangan suv limitini tasdiqlash toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mamlakatimiz iqtisodiyotini barqaror rivojlantirishda suv resurslari muhim ahamiyatga ega. Iqtisodiyot tarmoqlari orasida qishloq xoʻjaligi eng yirik suv isteʼmolchisi sanaladi. Ushbu tarmoqda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish hamda yangi, zamonaviy suv tejamkor texnologiyalarni amaliyotga tatbiq etish dolzarb masalalardan biri hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususan, soʻnggi yillarda davlatimiz rahbari tomonidan suvdan oqilona foydalanish, suv resurslarini tejash borasidagi bir qator Farmon va qarorlari asosida xududlardagi fermer xoʻjaliklari va klaster korxonalari tomonidan qishloq xoʻjaligi ekinlarini zamonaviy suv tejovchi, tomchilatib sugʻorish tizimlariga bosqichma-bosqich oʻtish tizimi amalga oshirilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek, suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish, suvdan foydalanish madaniyatini yuksaltirish orqali aholi ongida shakllangan «suv — tekin» tushunchasidan voz kechish hamda suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalarini kengaytirilgan tartibda joriy etishni davom ettirish maqsadida Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 5-yanvardagi “Quyi boʻgʻinda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5-sonli qarori qabul qilinib, tuman irrigasiya boʻlimlari qoshidagi Maxsus xizmati tugallanib, “Suv yetkazib berish xizmati” Davlat muassasalari tashkil qilingan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur qarorga muvofiq qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtiruvchilarga yetkazib berilgan suv xizmati uchun toʻlovlar bekor qilinib, “Suv yetkazib berish xizmati” Davlat muassasalarining vazifalari belgilangan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jumladan,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Suv yetkazib berish xizmati” Davlat muassasalarining vazifalari etib quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilangan limit doirasida isteʼmolchilarga suv yetkazib berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻziga biriktirilgan hududda suv hisobi va hisobotini yuritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sugʻorish tarmoqlari va ulardagi gidrotexnik inshootlarni soz holatda saqlash, taʼmirlash-tiklash tadbirlarini amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suv olish joylarini suvni boshqarish va hisobga olish vositalari bilan jihozlash, suv monitoringi, hisobi va hisoboti yuritilishini raqamlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
isteʼmolchilar kesimida isteʼmol qilingan suv hajmi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni soliq organlariga taqdim etib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suv isteʼmolchilarining buyurtmanomasi asosida boshqa suv xoʻjaligi xizmatlarini koʻrsatish belgilangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maʼulmot uchun, Xoʻjaobod tumanida 11.655 ming gektar sugʻoriladigan maydon mavjud boʻlib, shundan 3.659 ming gektari Savay kanalidan, 2.275 ming gektari Oqburasoy kanalidan, 2.124 ming gektari Sharxonsoydan, 0.560 ming gektari Andijonsoy kanalidan suv bilan taʼminlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hozirda tumanda 121.6 km xoʻjaliklararo, 302.2 km ichki sugʻorish tarmogʻi, 269 dona gidrotexnik inshootlar, 113.68 km xoʻjaliklaro kollektor-drenaj tarmoqlari, 7 ta nasos stansiyalari, 62 ta gidropostlar mavjud.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tumanda ekinlarning yillik suvga boʻlgan talabi 107 mln.3 ni tashkil qiladi. 2025-yilning sugʻorish mavsumida qishloq xoʻjaligi ekinlarini sugʻorish uchun tumanga jami 83,69 mln.m3 cheklangan suv miqdori (limit) ajratilgan boʻlib, jami 83,69 mln.m3 suv yetkazib berilgan boʻlib, shundan, sugʻorish ishlariga 81,52 mln.m3 va sanoat texnik extiyojlar uchun 2,17 mln.m3 suv isteʼmolchilarga 55,42 mln.m3 yetkazib berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Novegetasiya davri uchun ajratilgan jami suv miqdori (limit) 22,66 mln.m3. Shundan, sugʻorish ishlariga 20,24 mln.m3, sanoat texnik ehtiyojlar uchun 2,42 mln.m3, 13,76 mlnm3 suv isteʼmolchilarga yetkazib berish rejalashtirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bundan tashqari, suv xoʻjaligi vazirligi tomonidan 2025 yilda suv iqtisod qilishni prognoz koʻrsatkichlari belgilangan boʻlib, suv tejovchi texnologiyalar va lazer tekislash orqali 4,2 mln.m3, irrigasiya-meliorasiya tadbirlar orqali 1,1 mln.m3, sohada AKT va raqamli texnologiyalarni joriy qilish evaziga 2,2 mln.m3 va boshqa agrotexnik tadbirlarni amalga oshirish hisobiga 0,7 mln.m3 suv iqtisod qilishga erishilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xoʻjaobod tumanida jami 529 nafar suv isteʼmolchilari mavjud. Yanvar-sentyabr oylarida isteʼmolchilarga 54,1 mln.m3 suv yetkazib berilgan boʻlib, shundan 54,1 mln.m3 suv hajmlari soliq organlariga taqdim etilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xoʻjaobod tuman boʻyicha 2025-2026 yillar kuzgi-qishki davri uchun chora-tadbirlari ishlab chiqilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Buning uchun DM hisobidagi xoʻjaliklararo kanallar 32.0 km sugʻorish tarmoqlarini tozalash, 13 ta gidrotexnik inshootlar 20 ta gidropostlarni taʼmirlash rejalashtirilib, bugungi kunga qadar 4.5 km sugʻorish tarmoqlarini tozalangan, 3 ta gidrotexnik inshootlari hamda 6 ta gidropostlar taʼmirlangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-2026 yil kuz-qish mavsumida isteʼmolchilarni kafolatli suv bilan taʼminlash maqsadida nasos stansiyalari tizimidagi nasos agregatlari va vertikal quduqlarni taʼmirlash tiklash ishlari ham reja asosida tashkil etilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jumladan, nasos stansiyalari va energetika boshqarmasi mablagʻlari hisobidan 2 ta sugʻorish nasos agregatlarini taʼmirlash ishlari belgilanib, bugungi kunda taʼmirlash ishlari boshlab yuborilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek, joriy yilning fevral-may oylari davomida DMlar va fermer xoʻjaliklarining mablagʻlari hisobidan sugʻorish tarmoqlari va gidrotexnika inshootlarini taʼmirlash-tiklash hamda suv olish joylarini suvni boshqarish vositalari bilan jihozlash ishlarining koʻrsatkichlari tasdiqlangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbuga koʻra, ichki sugʻorish tarmoqlari jami 90.0 km uzunlikda qoʻl kuchi yordamida tozalash ishlari belgilanib, shundan 11.7 km tozalangan. 41.0 km uzunlikda mehanizm yordamida tozalash ishlari belgilanib, shundan 3.9 km tozalandi, 25 ta gidrotexnik inshootlar taʼmirlash ishlari belgidangan boʻlib, shundan 3 donasida taʼmirlash ishlari bajarilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fermer xoʻjaliklarining 21 ta suv olish joylarini suvni boshqarish vositalari (suv olish quloqlari) bilan jihozlash 3 ta gidrotexnik inshootlarni taʼmirlash ishlari rejalashtirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tumanda suv resurslaridan samarali va oqilona foydalanish maqsadida suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalaridan keng foydalanishni yoʻlga qoʻyish asosiy maqsad qilib olingan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jumladan, mazkur qaror bilan tumanda 2025 yilda 217,9 gektar maydonda tomchilatib xamda 31.6 gektar maydonda yomgʻirlatib sugʻorish texnologiyalari bilan sugʻorishni tashkil qilingan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bugungi kunga qadar yuqoridagi texnologiyalarni joriy etish boʻyicha fermer xoʻjaliklari nomma-nom aniqlangan, ular tomonidan amalga oshiriladigan loyihalari va talab etiladigan mablagʻlar manbalari hisob-kitob qilib chiqilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek, 2026 yil hosili uchun ekilgan gʻalla maydonlarida sugʻorish ishlarini tartibga solish, sugʻorishni navbat usulida tashkil qilish hamda ariqlarni tozalash va fermer xoʻjaliklarining suv olish quloqlarini suvni rostlovchi inshoot va gidropostlar bilan jihozlash tadbirlari orqali ham suv isrofgarchiligini kamaytirish kabi ishlar mutasaddi rahbar va mutaxassislar bilan hamkorlikda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi “Quyi boʻgʻinda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5-sonli qarori ijrosini taʼminlash maqsadida, Oʼzbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6- va 24-moddalariga asosan xalq deputatlari tuman Kengashi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi “Quyi boʻgʻinda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5-sonli qarori ijro uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu qaror 7-bandida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi va Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, irrigasiya tizimlari havza boshqarmalari hamda hududiy qishloq xoʻjaligi boshqarmalari har yili 1-aprelga qadar vegetasiya davri uchun va 1-oktyabrga qadar kuz-qish davri uchun yakuniy isteʼmolchilar kesimida ekinlarni sugʻorish uchun suv olish limitlarini hududlar boʻyicha tasdiqlangan limit doirasida ishlab chiqadi va tasdiqlash uchun xalq deputatlari tuman Kengashlariga kiritishi belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Xoʻjaobod tuman “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi direktori M.Xasanovning 2025-yil 19-sentyabrdagi “Hududlar boʻyicha tasdiqlangan limit doirasida ishlab chiqilgan yakuniy isteʼmolchilar kesimida ekinlarni sugʻorish uchun suv olish limitlarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 01/01-122-sonli xati maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xoʻjaobod tuman suv yetkazib berish xizmati davlat muassasasining 2025-2026 novegetasiya davrida iqtisodiyot tarmoqlariga ajratilgan cheklangan suv miqdori 1-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-2026 yillarning kuzgi-qishki mavsumida suv manbalaridan olinadigan cheklangan suv miqdori 2-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xo'jaobod tuman suv yetkazib berish xizmati davlat muassasasining 2025-2026 novegetasiya davri uchun manbalar bo'yicha cheklangan suv limitining taqsimoti 3-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xo'jaobod tuman suv yetkazib berish xizmati davlat muassasasi “Andijonsoy” kanalini 2025-2026 novegetasiya davri uchun cheklangan suv miqdori 4-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xo'jaobod tuman suv yetkazib berish xizmati davlat muassasasi “Shaxrixonsoy” kanalini 2025-2026 novegetasiya davri uchun cheklangan suv miqdori 5-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xo'jaobod tuman suv yetkazib berish xizmati davlat muassasasi “Savay” kanalini 2025-2026 novegetasiya davri uchun cheklangan suv miqdori 6-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xo'jaobod tuman suv yetkazib berish xizmati davlat muassasasi “Oqbo'rasoy” kanalini 2025-2026 novegetasiya davri uchun cheklangan suv miqdori 7-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xo'jaobod tuman suv iste'molchilariga 2025-2026 nosug'orish mavsumi uchun ajratilgan cheklangan suv miqdori 8-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Tuman hokimligi manfaatdor tashkilotlar bilan birgalikda sugʻorish tarmoqlarini xatlovdan oʻtkazish hamda ularning tegishliligi boʻyicha balansga berilishi va kadastr hujjatlari rasmiylashtirilishi choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Xoʻjaobod tumani suv yetkazib berish xizmati davlat muassasasi rahbari M.Xasanov:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
belgilangan limitlar asosida isteʼmolchilarga suv yetkazib berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuman hududida suvning hisobi va hisobotini yuritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sugʻorish tarmoqlari va ulardagi gidrotexnik inshootlarni soz holatda saqlash, taʼmirlash-tiklash tadbirlarini amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suv olish joylarini suvni boshqarish va hisobga olish vositalari bilan jihozlash, suv monitoringi, hisobi va hisoboti yuritilishini raqamlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
isteʼmolchilar kesimida isteʼmol qilingan suv hajmi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni soliq organlariga taqdim etib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
amalga oshirilgan ishlar yuzasidan tuman Kengashiga har yarim yillikda hisobot berish vazifalari yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish xalq deputatlari Xoʻjaobod tumani Kengashining Agrar, suv xoʻjaligi va ekologiya masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi raisi X.Axmedov zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Ushbu qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash raisi BOZORBOYEV JAMSHID RAFIQJON OʻGʻLI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Andijon viloyati, Xoʻjaobod tumani,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 14-oktabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII-9-78-1-27-K/25-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.