14.10.2025 yildagi VII-11-79-11-166-K/25-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XALQ DEPUTATLARI QOʻQON SHAHAR KENGASHINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Geografik obyektlarning nomlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni hamda Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 16-oktabrdagi 295-son qaroriga muvofiq Qoʻqon shahridagi 2 ta geografik obyekt (ziyoratgoh)ni nomlash borasida amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Geografik obyektlarning nomlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Geografik obyektlarning nomlari toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasi qonuniga muvofiq geografik obyektlarning nomlari sohasidagi ishlarni tartibga solish chora-tadbirlari haqida” 2012-yil 16-oktabrdagi 295-sonli qaroriga, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining 2025-yil 4-iyuldagi 03/08-7367-sonli xatiga ilova qilingan Ekspert komissiyasining 2025-yil 2-iyuldagi 05-19-10852-son xulosasiga asosan, “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 24-moddasini qoʻllab, xalq deputatlari Qoʻqon shahar Kengashi, qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. “Geografik obyektlarning nomlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonuni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Geografik obyektlarning nomlari toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasi qonuniga muvofiq geografik obyektlarning nomlari sohasidagi ishlarni tartibga solish chora-tadbirlari haqida” 2012-yil 16-oktabrdagi 295-sonli qaroriga muvofiq Qoʻqon shahar Geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari boʻyicha komissiyasining amalga oshirilgan ishlari toʻgʻrisidagi Qoʻqon shahar hokimining maslahatchisi D.Alimovaning axboroti maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Qoʻqon shahar komissiyasi tomonidan geografik obyektlarni qayta nomlash boʻyicha taqdim etilgan hamda qonun talablariga muvofiq deb topilgan geografik obyekt (ziyoratgoh) nomlari 1-ilovaga asosan tasdiqlansin, shuningdek, belgilangan tartibda davlat reyestri bazasiga kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Qoʻqon shahar hokimligi Axborot xizmati (U.Norboyev), “Qoʻqon sadosi” gazetasi bosh muharriri (A.Mirsaidov)larga ushbu qarorni keng ommaga yetkazish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Belgilansinki, ushbu qaror ommaviy axborot vositalarida rasmiy eʼlon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5.Mazkur qaror bajarilishiga shahar hokimining oʻrinbosari A.Sulaymonov, Kadastrlar palatasi Qoʻqon shahar filiali rahbari B.Erkabayevlar shaxsan masʼul ekanligi belgilab qoʻyilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Ushbu qaror bajarilishining nazorati Xalq deputatlari Qoʻqon shahar Kengashining Taʼlim, sogʻlikni saqlash, madaniyat, sport va ijtimoiy himoya boʻyicha doimiy komissiya raisi Oʻ.Tojiyeva hamda Qoʻqon shahar hokimining maslahatchisi D.Alimovalar zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash raisi USMONOV MARUF AZAMOVICH
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fargʻona viloyati, Qoʻqon shahri,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 14-oktabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII-11-79-11-166-K/25-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.