JIZZAX VILOYATI SHAROF RASHIDOV TUMANI HOKIMINING
QARORI
Sharof Rashidov tumani “Toqchilik” MFYda 120 oʻrinli 29-sonli DMTT tashkil etish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasining “Taʻlim toʻgʻrisida”gi Qonuniga, “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6-moddasiga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-dekabrdagi “2024-2026-yillarda Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora- tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-404-sonli qarori ijrosini taʼminlash maqsadida hamda Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining 2025-yil 3-martdagi 04-22-951-sonli, tuman Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimining 2025-yil 3-sentabrdagi 01-653-sonli xatini inobatga olib, qaror qilaman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-dekabrdagi “2024-2026-yillarda Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-404-sonli qarori hamda Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining 2025-yil 3-martdagi 04-22-951-sonli, tuman Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimining 2025-yil 3-sentabrdagi 01-653-sonli xatlari rahbarlik va ijro uchun qabul qilinsin.
2. Sharof Rashidov tumani “Toqchilik” MFY hududidagi 120 oʻrinli DMTT 29-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti etib tashkil etilsin.
3. Tuman maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi boshligʻi (D.Sadriddinova)ga:
yangi tashkil etilayotgan 29-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkilotini belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazish;
yangi tashkil etilayotgan davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti binosini davlat roʻyxatidan oʻtkazish boʻyicha belgilangan tartibda Jizzax viloyati Davlat kadastrlari palatasi tuman filialiga murojaat qilish vazifasi yuklatilsin;
29-sonli DMTTni yuridik shaxs sifatida tashkil etish (guvohnoma olish) va belgilangan tartibda soliq idorasidan roʻyxatdan oʻtkazish (INN) hamda hududiy moliya organlari tomonidan “UzASBO” dasturiy majmuasida tegishli hisob raqamlarni ochish;
29-sonli DMTT Ustavini tasdiqlash va belgilangan tartibda Davlat xizmatlari markazidan roʻyxatdan oʻtkazish;
29-sonli DMTT muhri va toʻrtburchak tamgʻasi (shtampi)ni tayyorlash;
29-sonli DMTTga qabul qilingan tarbiyalanuvchilarni “bbit.uz” dasturi orqali qabul qilish harakatini amalga oshirish;
4. Tuman iqtisodiyot va moliya boʻlimi (I.Nazarov)ga yangi tashkil etilayotgan davlat maktabgacha taʼlim tashkilotiga belgilangan tartibda shtatlar jadvali va xarajatlar smetasini koʻrib chiqish hamda tegishli mablagʻlar ajratish vazifasi yuklatilsin.
5. Tuman gʻaznachilik boʻlimi (Sh.Abdumoʻminov)ga yangi tashkil etilayotgan 29-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkilotiga tegishli hisob raqamini ochish vazifasi topshirilsin.
6. Tuman soliq inspeksiyasi (M.Tursunmuratov) yangi tashkil etilayotgan davlat maktabgacha taʼlim tashkilotini tegishli tartibda davlat soliq inspeksiyasi roʻyxatidan oʻtkazsin.
7. Tuman statistika boʻlimi (E.Safarov) yangi tashkil etilayotgan davlat maktabgacha taʼlim tashkilotini davlat reestriga kiritsin.
8. Tuman ichki ishlar boʻlimi (J.Xojanov) yangi tashkil etilayotgan davlat maktabgacha taʼlim tashkilotiga yumaloq muhr va toʻrtburchak tamgʻasini tayyorlashi uchun ruxsat bersin.
9. Tuman tibbiyot birlashmasi (B.Donaboyev)ga, tuman sanitariya va epidemiologik osoyishtalik nazorati markazi (Q.Sunatov)ga:
yangi tashkil etilgan 28-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti tibbiyot xodimi bilan taʼminlash, zaruriy tibbiyot uskunalar, dori-darmon vositalari bilan taʼminlash, unga qabul qilinayotgan xodimlarning salomatligini koʻrikdan oʻtkazish va tegishli xulosalar berish vazifasi topshirilsin.
10. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish tuman hokimining oʻrinbosari O.Meliboyev zimmasiga yuklatilsin.
Sharof Rashidov tumani hokimi A. ASHUROV
Jizzax viloyati, Sharof Rashidov tumani,
2025-yil 13-oktabr,
243-3-46-Q/25-son