13.10.2025 yildagi VII-13-88-11-169-K/25-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XALQ DEPUTATLARI FARGʻONA SHAHAR KENGASHINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fargʻona shahrida toʻylar, oilaviy tantanalar, maʻraka va marosimlar oʻtkazilishini tartibga solish tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fargʻona shahar oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasining Qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-apreldagi “Davlat huquqiy siyosatini amalga oshirishda adliya organlari va muassasalari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5415-sonli Farmoni, “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ–3666-sonli qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hamda viloyat adliya boshqarmasining Hayʻat qarorlari, rahbariyat koʻrsatmalariga hamda tasdiqlangan ish rejasiga asosan olib bormoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soʻnggi yillarda xalqimizning uzoq yillik qadriyatlari va anʻanalarini oʻzida aks ettirgan toʻylar, oilaviy tantanalar, maʻraka va marosimlar oʻtkazishda shuhratparastlik, oʻzini koʻz-koʻz qilish, boshqalarning ijtimoiy ahvolini inobatga olmaslik, isrofgarchilik, xalqimizning urf-odatlari va anʻanalarini mensimaslik kabi illatlar koʻzga tashlanmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Biroq, oʻrganishlar tahlili, shuningdek aholi bilan bevosita oʻtkazilgan muloqotlar, jamoatchilik vakillaridan kelib tushgan murojaatlar ushbu sohada bir qator jiddiy muammo va kamchiliklar hamon saqlanib qolayotganini koʻrsatmoqda. Xususan, ayrim fuqarolar dabdabali toʻy marosimlari va ularni oʻtkazishga sarflanadigan katta xarajatlar oqibatida qarzga botmoqda va undan qutulish maqsadida chet elga ishlash uchun chiqib ketmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Baʻzi fuqarolar toʻylar, oilaviy tantanalar, maʻraka va marosimlarni dabdaba bilan oʻtkazishni qoʻshnilar, qarindoshlar tomonidan boʻladigan tanqidlardan, qoralashdan, umuman olganda, ijtimoiy tazyiqdan xalos boʻlish vositasi sifatida tushunmoqda. Vaholanki, bunday tadbirlar yaqin qarindoshlar oʻrtasida qarzdorlikning vujudga kelishiga va oqibatda keskin ziddiyatlarga olib kelmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Charlar”, “aqiqa marosimi”, “muchal toʻyi”, “qiz majlis”, “kuyov chaqiriq”, hayitda “kelin koʻrish” kabi marosimlar aholi tomonidan ortiqcha deb baholanmoqda. Biroq, bunday marosimni tashkil etayotgan shaxslarda tadbirlarni obroʻliroq joyda oʻtkazishga, oʻzining yutuqlarini koʻz-koʻz qilishga, moddiy mavqei bilan maqtanishga intilish kuchaymoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aksariyat toʻyxona egalari ixcham va kamxarj oʻtkazish niyatida boʻlgan fuqarolardan toʻylar, oilaviy tantanalar, maʻraka va marosimlarni oʻtkazishda belgilangan qoidalarga zid ravishda toʻy xarajatlarini ikki-uch baravar miqdorda asossiz undirib olmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toʻylar, oilaviy tantanalar, maʻraka va marosimlarda sanʻatkorlar haddan ziyod baland narxlarda xizmat koʻrsatmoqda, oʻz tomosha xizmatlarini koʻrsatish davomida milliy mentalitetimiz, qadriyatlarimiz va urf-odatlarimizga mos kelmaydigan, “ommaviy madaniyat” illatlarini targʻib etadigan hamda yoshlar tarbiyasiga salbiy taʻsir koʻrsatadigan xatti-harakatlar namoyish etilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqoridagi salbiy holatlarning tobora avj olishi ming-minglab oilalarning nafaqat ijtimoiy ahvoliga, balki butun hayotiga, qolaversa, jamiyatimizda qaror topgan maʻnaviy muhitga salbiy taʻsir koʻrsatmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur holatlarga chek qoʻyish, oilalarda ijtimoiy-maʻnaviy muhitni barqarorlashtirish, jamiyatda ijtimoiy adolatni taʻminlash, aholi, ayniqsa, yoshlarda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tejamkorlik madaniyatini shakllantirish maqsadida toʻylar, oilaviy tantanalar, maʻraka va marosimlarni qatʻiy tartibga solishni davrning oʻzi taqozo etmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunday salbiy illatlarga barham berish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining qaroriga muvofiq Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, Xalq deputatlari viloyat, shahar va shahar Kengashlarida, shuningdek fuqarolar yigʻinlarida toʻylar, oilaviy tantanalar, maʻraka va marosimlarni oʻtkazilishini tartibga solish masalalari boʻyicha komissiyalar tuzilishi belgilangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2019-yil 14-sentyabrdagi “Toʻylar, oilaviy tantanalar, maʻraka va marosimlar oʻtkazilishini tartibga solish tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi 2736-III/KQ-592-III-son Qoʻshma qarori ijrosini taʻminlash hamda shahar da toʻylar, oilaviy tantanalar, maʻraka va marosimlar oʻtkazishni ixchamlashtirish, namunali oilaviy tadbirlar oʻtkazilishini tashkil etish va ushbu masalada targʻibot-tashviqot ishlarini kuchaytirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunning 19, 24-moddalariga asosan xalq deputatlari shahar Kengashi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2019-yil 14-sentyabrdagi 2736-III/KQ-592-III-son Qoʻshma qarori Rahbarlik va ijro uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Toʻylar, oilaviy tantanalar, maʻraka va marosimlarni oʻtkazishni tartibga solish toʻgʻrisidagi Nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Shahar da toʻylar, oilaviy tantanalar, maʻraka va marosimlar oʻtkazilishini tartibga solish yuzasidan Xalq deputatlari shahar Kengashi huzurida toʻylar, oilaviy tantanalar maʻraka va marosimlar oʻtkazilishini muvofiqlashtirish boʻyicha shahar komissiyasi tarkibi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Toʻylar, oilaviy tantanalar, maʻraka va marosimlarni ixcham va tartibli oʻtkazishni taʻminlash boʻyicha chora-tadbirlar dasturi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Oliy Majlis Senatining 2019-yil 14-sentyabrdagi 2736-III/KQ-592-III-son Qoʻshma qarori bilan tasdiqlangan Nizom talablariga asosan, shahar da toʻylar, oilaviy tantanalar, maʻraka va marosimlar oʻtkazilishini tartibga solish yuzasidan xalq deputatlari shahar Kengashi huzurida toʻylar, oilaviy tantanalar maʻraka va marosimlar oʻtkazilishini muvofiqlashtirish boʻyicha shahar komissiyasining maqsad va vazifalari quyidagi tartibda belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shahar hududida oʻtkaziladigan toʻylar, maʻraka va marosimlar, oilaviy unga doir boshqa tadbirlarga jamoatchilik nazoratini oʻrnatish hamda toʻy va marosim egalari bilan ixcham, isrofgarchiliksiz va belgilangan talablar asosida, oʻtkazish boʻyicha tushuntirish ishlarini olib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
keng jamoatchilik vakillarini jalb qilgan holda, mazkur tadbirlarni tartibga solish hamda ixcham va milliy qadriyatlar, urf-odatlar va anʻanalar asosida oʻtkazish boʻyicha aholi oʻrtasida targʻibot ishlarini amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur tadbirlarni amalga oshirishda ijtimoiy tabaqalanishga yoʻl qoʻymasdan oʻtkazish boʻyicha jamoaviy suhbatlar tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu tadbirlarni oʻtkazishni rejalashtirgan oila vakillari bilan, ayniqsa, nikohning ilk davrlarida er-xotin va ularning ota-onalari oʻrtasidagi munosabatlarni mustahkamlash borasida suhbatlar tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xotin-qizlarga mazkur tadbirlarni kamxarj qilib oʻtkazishni, ularda ortiqcha isrofgarchilikka berilish oila iqtisodiga va yosh oilaning mustahkamligiga salbiy taʻsir koʻrsatishini hayotiy misollar orqali keng tushuntirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
turmush qurish arafasida turgan yoshlar bilan ijtimoiy-psixologik suhbatlar uyushtirishi, ularni oilaviy hayotga tayyorlashi, mazkur tadbirlarni ixcham va isrofgarchiliksiz oʻtkazish boʻyicha targʻibot ishlarini olib borishi boʻyicha ishlarni amalga oshirish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ushbu Kengash qarori bilan aholini tanishtirish maqsadida shahar dagi barcha mahallalari, aholi yashash va mehnat jamoalari joylariga hamda restoran, oshxona, kafe va toʻyxonalarda tadbirlarni oʻtkazish tartib taomillarini alohida eslatma tarzida tayyorlanib qoʻyilishi taʻminlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiya tomonidan amalga oshirilgan ishlar har chorakda keng muhokama qilib borilsin va bu haqida jamoatchilikka xabardor qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Fargʻona shahar IIOFMB boshligʻi A.Ashurovga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toʻylar, oilaviy tantanalar, maʻraka va marosimlar oʻtkazilishida jamoat tartibi va yoʻl harakati xavfsizligini taʻminlash hamda fuqarolar xavfsizligiga jiddiy xavf solishi mumkin boʻlgan koʻngilsiz holatlarning oldini olish choralarini doimiy ravishda koʻrib borsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Fargʻona shahar hokimligining Axborot xizmati rahbari (D.Teshaboyev), “Fargʻona tongi” gazetasi (A.Soyibnazarov)ga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shahar hokimligining rasmiy veb sayti va boshqa ommaviy axborot vositalariga toʻylar, oilaviy tantanalar, maʻraka va marosimlarni oʻtkazish tartibiga rioya etilishi holati, urf-odatlarimiz va anʻanalarimizning haqiqiy mohiyati hamda ahamiyatini keng xalq ommasiga muntazam yetkazib borish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Shahar komissiyasi azolariga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toʻylar, oilaviy tantanalar, maʻraka va marosimlar oʻtkazilishini muvofiqlashtirish boʻyicha shahar komissiyasi toʻylar, oilaviy tantanalar, maʻraka va marosimlar oʻtkazilishining doimiy monitoringini amalga oshirib borsin va uning natijalariga koʻra tegishli takliflarni Xalq deputatlari Fargʻona shahar Kengashiga kiritib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Qarorning ijrosi yuzasidan har chorak yakuni boʻyicha Xalq deputatlari Fargʻona shahar Kengashiga axborot kiritib borish vazifalari yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Shahar bosh imom-xatibi J.Raxmonovga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻylar, oilaviy tantanalar, maʻraka va marosimlarda diniy mavzuda maʻruza koʻzda tutilgan boʻlsa, ushbu maʻruza diniy tashkilotining vakolatli vakili tomonidan oʻqilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻylar, oilaviy tantanalar, maʻraka va marosimlar, xotiraga bagʻishlangan tadbirlarni ixcham oʻtkazish va tadbirlarni dabdabali oʻtkazish oʻrniga mablagʻni kam taʻminlangan fuqarolarni moddiy qoʻllab-quvvatlashga yoʻnaltirishni targʻib qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
imom-xatiblar toʻylar va marosimlardagi maʻruzalarida aholini eʻtiborini yoshlar tarbiyasi, ota-onaning masʻuliyati, jamiyat hayotiga xavf solayotgan tahdidlarni oldini olish, tinchlik va mustaqillik neʻmatini asrash, shukronalik tuygʻusini shakllantirish kabi masalalarga qaratishi tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Shahar hokimining maslahatchisi (F.Mamajonov), shahar hokimligi axborot xizmati (D.Teshaboyev), Maʻnaviyat va maʻrifat markazi shahar boʻlinmasi (M.Mamatqulov)ga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur Kengash qarori eʻlon qilinishi va toʻylar, oilaviy tantanalar, maʻraka va marosimlar va boshqa tadbirlarni tartibga solish masalalarini keng yoritish va targʻibot ishlarini olib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlar orqali namunali toʻylar, oilaviy tantanalar, maʻraka va marosimlar haqida jamoatchilik fikrini shakllantirishi, ijtimoiy roliklar yaratishi, uslubiy qoʻllanmalar va targʻibot materiallarini tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻylar, oilaviy tantanalar, maʻraka va marosimlarda milliy qadriyatlarimizga yot boʻlgan “ommaviy madaniyat” unsurlari namoyon boʻlishining oldini olish maqsadida muntazam maʻnaviy-maʻrifiy targʻibot ishlarini olib borilishini tashkil etish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Xalq deputatlari shahar Kengashi deputatlariga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Kengash qarorining mazmun-mohiyatini oʻzlari saylangan saylov okruglaridagi hududlarda keng targʻib qilish hamda qaror ijrosi yuzasidan jamoatchilik va deputatlik nazoratini oʻrnatishlari aytib oʻtilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Mazkur Kengash qarorining ijrosini taʻminlab borishga masʻul va shaxsiy javobgar etib, shahar hokimining oʻrinbosarlari I.Toshpoʻlatov va X.Abdugʻanieva hamda Komissiya aʻzolari belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Qaror bajarilishini nazorat qilish vazifasi xalq deputatlari shahar Kengashining “Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari boʻyicha” hamda “Korrupsiyaga qarshi kurashish, davlat organlarida ochiqlikni taʻminlash va huquqiy masalalari boʻyicha” doimiy komissiyalari raislari A.Umarov va B.Boxodirovlar zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash raisi NAZAROV VOSILJON SHUXRATOVICH
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fargʻona viloyati, Fargʻona sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 13-oktabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII-13-88-11-169-K/25-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.