QASHQADARYO VILOYATI KOSON TUMANI HOKIMINING
QARORI
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-sentabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasida aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olish tadbirini oʻtkazish toʻgʻrisida”gi PF-173-son farmoni va Qashqadaryo viloyati hokimining 2025-yil 27-sentabrdagi 465-4-0-Q/25-sonli qarori haqida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-sentabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasida aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olish tadbirini oʻtkazish toʻgʻrisida”gi PF-173-son farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida, Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6-moddasiga muvofiq, qaror qilaman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-sentabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasida aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olish tadbirini oʻtkazish toʻgʻrisida”gi PF-173-son farmoni va Qashqadaryo viloyati hokimining 2025-yil 27-sentabrdagi 465-4-0-Q/25-sonli qarori rahbarlik va ijro uchun qabul qilinsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ushbu farmoni bilan:
I. “Maqsadlar” qismining 1-bandiga koʻra, quyidagilar aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olishning asosiy maqsadlari etib belgilanganligi:
a. mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlarini belgilash uchun 38 million aholining tarkibi va migratsiyasi, oilaviy holati, faoliyat turi, daromad manbalari toʻgʻrisida yagona maʼlumotlar bazasini shakllantirish;
b. 26 million gektar qishloq xoʻjaligi yerlarining foydalanish holatini oʻrganish, chorva mollari va parrandalar sonini aniqlash orqali qishloq xoʻjaligiga yoʻnaltirilayotgan yillik 25,6 trillion soʻm, jumladan, 2,2 trillion soʻm budjet mablagʻlari samarali sarflanishini, sohadagi xizmatlar hajmini aniqlash va oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash uchun zarur maʼlumotlar toʻplamini yaratish;
v) aholi va qishloq xoʻjaligining oʻsish tendensiyalarini hududlar kesimida aniq hisob-kitob qilgan holda ijtimoiy soha obyektlarini kengaytirishga yoʻnaltirilayotgan yillik 25,2 trillion soʻm mablagʻning manzilli sarflanishini taʼminlash;
g) respublikaning har bir maʼmuriy-hududiy birligi va mahallalar kesimida aholining turli tavsiflari toʻgʻrisida yagona statistik uslubiyot asosida respublika darajasida taqqoslash mumkin boʻlgan maʼlumotlarni shakllantirish orqali mamlakatning investitsiyaviy jozibadorligini va xalqaro reytinglarda oʻrnini yaxshilash;
II. “Roʻyxatga olishni tashkil etish” qismining 2-bandiga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasida aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olish (keyingi oʻrinlarda – Roʻyxatga olish tadbiri) 2026-yil 15-yanvar holatiga koʻra, 2026-yil 15-yanvardan 28-fevralga qadar oʻtkazilishi inobatga olinsin va ijroga qaratilsin.
3. Koson tumanida 2026-yilda aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olish tadbirini oʻtkazishni tashkil etish boʻyicha tuman komissiyasi tarkibi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin hamda tuman statistika boʻlimi komissiyaning ishchi organi etib belgilansin;
roʻyxatga olish tadbiri doirasida viloyat boshqarma, idora va tijorat banklari rahbariyatining tumanga biriktirish jadvali 2-ilovaga muvofiq;
davlat organlari va muassasalarida aholining ayrim toifalari boʻyicha maʼlumotlar tavsifi 3-ilovaga muvofiq;
tumanda 2026-yilda aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olish tadbirini oʻtkazishni tashkil etish boʻyicha tuman komissiyasining chora-tadbirlar rejasi
4-ilovaga muvofiq;
davlat organlari va muassasalarida faoliyat koʻrsatuvchi xodimlarning belgilangan grafikga asosan internet orqali roʻyxatdan oʻtishi 5-ilovaga muvofiq;
1. Tuman hokimining birinchi oʻrinbosari (X.Nazarov), tuman hokimi oʻrinbosarlari (T.Mamatqulov, Sh.Joʼrayev, A.Ashurova), tuman statistika boʻlimi (X.Asadilloyev), tuman soliq inspeksiyasi boshligʻi (A.Yusupov), tuman kambagʻallikni qisqartirish va bandlik boʻlimi boshligʻi (Sh.Avazov), Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi Koson tuman boʻlimi boshligʻi (U.Ochilov), Ijtimoiy himoya milliy agentligi tuman boʻlimi boshligʻi (O.Jabborov), Yoshlar ishlari agentligi tuman boʻlimi boshligʻi (SH.Fayzullayev) bilan birgalikda roʻyxatga olish tadbiriga “mahalla yettiligi” tizimida ishlovchi xodimlarni 2025-yil 15-dekabrdan 2026-yil 1-martgacha boʻlgan davrda jalb qilish chorasini koʻrsin hamda “mahalla yettiligi” tizimida ishlovchi xodimlar planshet qurilmalaridan foydalangan holda roʻyxatga olish tadbirining oʻtkazilishini taʼminlasin.
2. Tuman hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari tuman qishloq xoʻjaligi boʻlimi boshligʻi (T.Mamatqulov), tuman fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisi (Sh.Doniyorov) bilan birgalikda fermer xoʻjaliklari, yuridik shaxs tashkil etgan dehqon xoʻjaliklari, qishloq xoʻjaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar va asosiy faoliyati qishloq xoʻjaligi boʻlmagan qishloq xoʻjaligi yerlaridan foydalanayotgan korxona va tashkilotlarning Internet tarmogʻi orqali roʻyxatdan oʻtishini taʼminlasin.
3. Roʻyxatga olish tadbiri doirasida viloyatdan tumanga biriktirilgan vakil tumanda 2026-yilda aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olish tadbirini oʻtkazishni tashkil etish boʻyicha tuman komissiyasi bilan birgalikda quyidagi vazifalarni amalga oshirsin:
d. tumanda roʻyxatga olish shtablarini tashkil etish va ularning faoliyatini nazorat qilish;
e. har bir mahallada “mahalla yettiligi” tizimida ishlovchi xodimlar tomonidan roʻyxatga olish tadbiriga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish ishlarini tashkil etish;
v) tumanni roʻyxatga olish va hisob uchastkalariga boʻlinishi boʻyicha ishlab chiqilgan tashkiliy reja asosida roʻyxatga olish tadbirini tashkil etish va nazorat qilish;
g) roʻyxatga olish tadbirini oʻtkazish uchun zarur boʻladigan binolar yoki xonalar ajratish, shuningdek, ularni tegishli moddiy-texnika bazasi va transport vositalari bilan taʼminlash;
d) aholining ayrim toifalari roʻyxatga olinishini tegishli idora va tashkilotlar bilan hamkorlikda amalga oshirish.
7. Tuman hokimining birinchi oʻrinbosari (X.Nazarov) tuman hokimi oʻrinbosarlari (T.Mamatqulov, Sh.Joʻrayev, A.Ashurova) bilan birgalikda:
a. 2025-yil 5-oktabrga qadar tuman hokimligi huzuridagi hududiy komissiya tarkibini tasdiqlasin;
b. 2025-yil 10-oktabrga qadar hududiy komissiyaning chora-tadbirlar rejasini tasdiqlasin;
v) 2025-yil 20-oktabrga qadar tumanda roʻyxatga olish shtabi faoliyatini tashkil etsin hamda roʻyxatga olish tadbirida ishtirok etadigan asosiy va zahira xodimlar roʻyxatini shakllantirsin va tasdiqlasin;
g) 2025-yil 25-oktabrga qadar roʻyxatga olish tadbirini oʻtkazishga jalb etiladigan xodimlarni oʻqitish uchun mebellar va aloqa vositalari bilan jihozlangan vaqtincha bino yoki xonalarni ajratsin;
d) 2025-yil 10-noyabrga qadar tumanni roʻyxatga olish va hisob uchastkalariga boʻlgan holda tashkiliy rejalarni tasdiqlasin;
a. doimiy ravishda roʻyxatga olish tadbirining aholi oʻrtasida keng yoritilishini tashkil etsin;
b. roʻyxatga olish tadbirining oʻz vaqtida va sifatli oʻtkazilishini taʼminlasin hamda buning uchun amalga oshirilayotgan ishlar boʻyicha kunlik nazoratni oʻrnatsin.
3. Tuman hokimligi axborot xizmati rahbari (D.Nabiyev), tuman statistika boʻlimi boshligʻi (X.Asadilloyev), “Koson” gazetasi (O.Omonov), Qashqadaryo viloyati teleradiokompaniyasi bilan birgalikda:
d. 2025-yil 1-oktabrdan 2026-yil 15-yanvarga qadar roʻyxatga olishni oʻtkazish haqida aholini xabardor qilish ishlarini amalga oshirsin;
e. doimiy ravishda matbuot anjumani va brifinglar tashkil etsin;
v) doimiy ravishda roʻyxatga olishning mazmun-mohiyatini aholining keng ommasiga yetkazish choralari koʻrsin;
g) 2025-yil oktabr – 2026-yil yanvar oylarida mahalliy OAV da maxsus koʻrsatuv va eshittirishlar tashkil etilishini;
d) 2025-yil oktabr – 2026-yil yanvar oylarida OAV va veb saytlarda turkum maqolalar, koʻrsatuvlar, eshittirishlar berib borilishi taʼminlansin;
j) SMS-xabarnoma yuborishni tashkil etsin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish tuman hokimining birinchi oʻrinbosari (X.Nazarov), tuman hokimi oʻrinbosarlari T.Mamatqulov, Sh.Joʻrayev, A.Ashurova) zimmalariga yuklatilsin.
Koson tuman hokimi A. BOYKARAEV
Qashqadaryo viloyati, Koson tumani,
2025-yil 9-oktabr,
269-4-60-Q/25-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.