XALQ DEPUTATLARI ZAFAROBOD TUMANI KENGASHINING
Qarori
Zafarobod tumani boʻyicha 2025-2026 yilning kuzgi-qishki sugʻorish davrida shoʻr yuvish, nam suvi va boshqa sugʻorish ishlari uchun ajratilgan cheklangan (limit) suv miqdorini tasdiqlash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi “Quyi boʻgʻinda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish sarmaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5-sonli qarorining ijrosini taʼminlash maqsadida, Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi qonunining 6 va 24-moddalariga muvofiq,xalq deputatlari tuman Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi “Quyi boʻgʻinda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish sarmaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5-sonli qarori ijro uchun qabul qilinsin.
2. Zafarobod tumani «Suv yetkazib berish xizmati» DM direktori Sh.Sharipovning Zafarobod tumani boʻyicha 2025-2026 yilning kuzgi-qishki sugʻorish davrida shoʻr yuvish, nam suvi va boshqa sugʻorish ishlari uchun ajratilgan cheklangan (limit) suv miqdori toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin va ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Zafarobod tumani «Suv yetkazib berish xizmati» DM direktori Sh.Sharipovga:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi “Quyi boʻgʻinda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish sarmaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5-sonli qarori asosida ishlarni tashkil etish;
belgilangan limitlar asosida isteʼmolchilarga suv yetkazib berish;
oʻziga biriktirilgan hududda suvning hisobi va hisobotini yuritish;
sugʻorish tarmoqlari va ulardagi gidrotexnik inshootlarni soz holatda saqlash, taʼmirlash-tiklash tadbirlarini amalga oshirish;
suv olish joylarini suvni boshqarish va hisobga olish vositalari bilan jihozlash, suv monitoringi, hisobi va hisoboti yuritilishini raqamlashtirish;
isteʼmolchilar kesimida isteʼmol qilingan suv hajmi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni soliq organlariga taqdim etib borish;
suv isteʼmolchilarining buyurtmanomasi asosida boshqa suv xoʻjaligi xizmatlarini koʻrsatish;
amalga oshirilgan ishlar yuzasidan xalq deputatlari tuman Kengashiga hisobotlarni oʻz vaqtida berib borish vazifalari topshirilsin.
4. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish xalq deputatlari tuman Kengashining “Agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya boʻyicha” doimiy komissiyasi hamda tuman hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari v.b S.Qoʻchqarov zimmasiga yuklatilsin.
Kengash raisi ESHPULATOV GʻAYRATJON ESHPULATOVICH
Jizzax viloyati, Zafarobod tumani,
2025-yil 8-oktabr,
VII-13-110-3-50-K/25-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.