07.10.2025 yildagi 256-11-156-Q/25-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
FARGʻONA VILOYATI QUVA TUMANI HOKIMINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QARORI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quva tumani markazida joylashgan koʻchalarda fuqarolar va transport vositalarini harakati xavfsizligini taʼminlash, yoʻl transporti hodisalarini oldini olish hamda aholiga qulaylik yaratish maqsadida yoʻl belgilari oʻrnatish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6-, 25-moddalariga, “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”gi Qonunning 4-, 16-moddalariga, Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 19-yanvardagi “Yoʻl harakati toʻgʻrisida”gi 900-sonli Qonunining 6-moddasiga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022- yil 12-apreldagi 172-sonli qaroriga asosan, tuman hududida yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash maqsadida, tuman ichki ishlar boʻlimining 2025-yil 17-sentabr kungi 55/34-8-1238-son hamda 55/34-8-1239-son aloqa xatlarini koʻrib chiqib, qaror qilaman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quva tuman ichki ishlar boʻlimining 2025-yil 17-sentabr kungi 55/34-8-1238-son hamda 55/34-8-1239-son aloqa xatlari maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quva tumani markazida joylashgan koʻchalarda fuqarolar va transport vositalarini harakati xavfsizligini taʼminlash, yoʻl transporti hodisalarini oldini olish hamda aholiga qulaylik yaratish maqsadida oʻrnatilishi lozim boʻlgan yoʻl belgilari va manzili 1-ilovaga asosan tasdiqlansin hamda mazkur yoʻl belgilarini oʻrnatishga ruxsat berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quva tumani Ichki ishlar boʻlimi (F.Usarov), tuman ichki ishlar boʻlimi Yoʻl harakati xavfsizligi boʻlinmasi (F.Xamrayev) va tuman yoʻllardan foydalanish unitar korxonasi direktori (R.Xaydarov)lar hamkorlikda Quva tumani markazida joylashgan koʻchalarda fuqarolar va transport vositalarini harakati xavfsizligini taʼminlash, yoʻl transporti hodisalarini oldini olish hamda aholiga qulaylik yaratish maqsadida yoʻl belgilarini oʻrnatish va doimiy nazorat qilish vazifasi yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Tuman hokimligining axborot xizmati (R.Oʻrinboyev) ushbu qarorni tuman hokimligining rasmiy veb saytiga hamda boshqa OAVlarda keng yoritishi tavsiy etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ushbu qaror rasman eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish tuman hokimining oʻrinbosari M.Akbarov zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tuman hokimi X. UMAROV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fargʻona viloyati, Quva tumani,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 7-oktabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
256-11-156-Q/25-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.