02.10.2025 yildagi 265-4-60-Q/25-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QASHQADARYO VILOYATI KOSON TUMANI HOKIMINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QARORI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qashqadaryo viloyati hokimining 2025-yil 9-sentabrdagi 445-4-0-Q/25-sonli qarori toʼgʼrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qashqadaryo viloyati hokimining 2025-yil 9-sentabrdagi “O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 3-sentabrdagi “Yer uchastkalarini onlayn-auksion orqali realizatsiya qilish va kadastr sohasida davlat xizmatlari ko'rsatish tartib-tamoyillarini takomillashtirish yuzasidan qo'shimcha chora-tadbirlari to'g'risida”gi 559-sonli qarori haqida”gi 445-4-0-Q/25-sonli qarori ijrosini ta'minlash maqsadida “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 6-moddasiga asosan qaror qilaman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Qashqadaryo viloyati hokimining 2025-yil 9-sentabrdagi 445-4-0-Q/25-sonli qarori maʼlumot va ijro uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi mazkur qarorining:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bandiga ko'ra belgilanganligi yuzasidan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kichik sanoat zonalari hamda yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalari hududida joylashgan yer uchastkalarini elektron onlayn-auksion savdolariga chiqarishda ushbu sanoat va tadbirkorlik zonalari direksiyalari buyurtmachi hisoblanishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
olis va cho'l hududlarda tashkil etiladigan yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalari ro'yxati Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorgi Kengesi hamda xalq deputatlari viloyatlar Kengashlari qarorlariga asosan tasdiqlanishi va ular tomonidan zaruratga ko'ra tasdiqlangan ro'yxatga tegishli o'zgartirish va qo'shimchalar kiritib borilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 5-sentabrdan boshlab, mazkur bandning uchinchi xatboshisida tasdiqlanishi nazarda tutilgan ro'yxatlarga muvofiq, olis va cho'l hududlarda joylashgan yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalaridagi bo'sh yer uchastkalari “1 so'm” xarid qiymatida elektron onlayn-auksion savdolariga chiqarilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Yerelektron” avtomatlashtirilgan axborot tizimida alohida “olis va choʻl hududlarda joylashgan yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalaridagi bo'sh yer uchastkalari” bo'limi yaratilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O'zbekiston Respublikasi Soliq qo'mitasining qo'shilgan qiymat solig'ini to'lovchi yuridik shaxslar to'g'risidagi ma'lumotlarini o'z ichiga olgan elektron axborot tizimi “E-auksion” elektron savdo platformasiga uch oy muddatda integratsiya qilinishi inobatga olinsin va ijroga qaratilishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.Tuman hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag'allikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari - tuman Iqtisodiyot va moliya boʻlimi boshligʻi H.Nazarov, tuman hokimining investitsiya boʻyicha o'rinbosari J.Doʼstmuradov, Kadastr agentligi davlat kadastrlari palatasi tuman boʻlimi boshligʻi U.Xayitov birgalikda uch oy muddatda maxsus iqtisodiy zonalar ishtirokchilari davlat-xususiy sheriklik loyihalarini hamda ijtimoiy sheriklik to'g'risidagi kelishuvlar va shartnomalarni amalga oshirish uchun berilgan yer uchastkalariga huquqni belgilovchi hujjatlarni xatlovdan o'tkazish hamda huquqlari davlat ro'yxatidan o'tkazilmagan yer uchastkalariga bo'lgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Tadbirkorlik subyektining qurilish ishlarini boshlashi, kredit mablag'larining ajratilishi, infratuzilma tarmoqlariga ulanishi va loyihani foydalanishga topshirish jarayonida yuzaga keladigan masalalari elektron platformaga kiritilgan kundan boshlab o'n besh kun muddatda bartaraf etilmagan taqdirda muammoli masalalar toifasiga o'tkazib, muhokama qilib borish chorasini ko'rsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
belgilangan muddatlarda foydalanilmagan yer uchastkalarini sud tartibida tuman hokimligi tasarrufiga qaytarish uchun hujjatlar yig'ma jildini sudga taqdim qilish bo'yicha xarajatlar mahalliy byudjetning ortiqcha bajarilgan qismi hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshirilishini ta'minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5.Tuman hokimining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari bo'yicha birinchi o'rinbosari - tuman Iqtisodiyot va moliya boʻlimi boshligʻi H.Nazarov tuman Kambag'allikni qisqartirish va bandlik boʻlimi boshligʻi Sh.Avazov bilan birgalikda tadbirkorlik hamda shaharsozlik maqsadlarida elektron onlayn-auksion savdolarida realizatsiya qilinib, iqtisodiy aylanmaga kiritilmagan yer uchastkalarini doimiy monitoring qilib, amalga oshirilgan ishlar va erishilgan natijalar yuzasidan har chorakda tuman hokimiga axborot kiritib borsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Tuman hokimining qurilish, to'siqlarsiz muhit yaratish, kommunikatsiyalar, kommunal xo'jalik, ekologiya va ko'kalamzorlashtirish masalalari bo'yicha o'rinbosari M.Djoʼrayev tuman hokimining investetsiya boʻyicha o'rinbosari J.Doʼstmuradov, Kadastr agentligi davlat kadastrlari palatasi tuman boʻlimi boshligʻi U.Xayitov bilan birgalikda 2025-yil 1-oktabrga qadar qishloq xo'jaligiga mo'ljallangan yerlar toifasidan boshqa yerlar toifasiga o'zgartirilgan yer uchastkalarini belgilangan tartibda realizatsiya qilish bo'yicha asoslantirilgan takliflarni tuman hokimiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7.Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish tuman hokimining birinchi o'rinbosari H.Nazarov zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koson tuman hokimi A. BOYKARAEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qashqadaryo viloyati, Koson tumani,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 2-oktabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
265-4-60-Q/25-son