XALQ DEPUTATLARI BOʻKA TUMANI KENGASHINING
Qarori
Tumandagi geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasining “Geografik obyektlarning nomlari toʻgʻrisida”gi Qonun (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-yil, 41-sonli, 448-modda) va Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 16-oktabrdagi “Geografik obyektlarning nomlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq geografik obyektlarning nomlari sohasidagi ishlarni tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 295-sonli qarori hamda Oʻzbekiston Respublikasi davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi direktorining oʻrinbosari, geografik obyektlarga nom berish va ularni qayta nomlash toʻgʻrisidagi takliflarni davlat ekspertizasidan oʻtkazish ekspert komissiyasi raisi T.M.Abdullayevning 2025-yil 4-iyundagi 05-19-9072-sonli hamda 2025-yil 11-iyuldagi 05-19-11483-sonli yigʻilish bayonnomalari va ekspert xulosalariga asoslanib, Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari boʻyicha doimiy komissiyasining 2025-yil 9-sentabrdagi 03-03-DKB/59-sonli yigʻilish bayonini inobatga olib, “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 6-moddasiga muvofiq, xalq deputatlari Boʻka tumani Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi direktorining oʻrinbosari, Geografik obyektlarga nom berish va ularni qayta nomlash toʻgʻrisidagi takliflarni davlat ekspertizasidan oʻtkazish ekspert komissiyasi raisi T.M.Abdullayevning 2025-yil 4-iyundagi 05-19-9072-sonli, 2025-yil 11-iyuldagi 05-19-11483-sonli yigʻilish bayonnomalari va ekspert xulosalari hamda tuman hokimining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash masalalari boʻyicha maslahatchisi L.Akbarovaning axboroti maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Geografik obyektlarga nom berish va ularning nomlarini oʻzgartirish masalalari boʻyicha tuman komissiyasining Boʻka tumanidagi mavjud jami 6 (olti) ta geografik obyekt (qabriston)larni nomlash boʻyicha takliflari 1-ilovaga hamda 111 (bir yuz oʻn bir) ta geografik obyektlarni (koʻcha, tor koʻcha va berk koʻcha) nomlash boʻyicha takliflari 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Tuman hokimining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash masalalari boʻyicha maslahatchisi L.Akbarova mazkur geografik obyektlarni Davlat reyestriga kiritish choralarini koʻrsin.
4. Mazkur qaror ijrosi tuman hokimining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash masalalari boʻyicha maslahatchisi L.Akbarovaga, qaror ijrosini nazorat qilish xalq deputatlari tuman Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi (T.Mirzayeva) zimmasiga yuklatilsin.
Kengash raisi BEGMATOV BAXTIYOR PAXRIDDINOVICH
Toshkent viloyati, Boʻka tumani,
2025-yil 2-oktabr,
VII-17-79-10-137-K/25-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.