XALQ DEPUTATLARI AMUDARYO TUMANI KENGASHINING QARORI
Qarori
Amudaryo tumani boʻyicha suv olish limitlarini tasdiqlash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvar kungi “Quyi boʻgʻinda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5-sonli qarori va O`zbekiston Respublikasi Suv xo`jaligi vazirligining 2024-yil 4-noyabrdagi tumanlar kesimida limitlarni qayta taqsimlash to`g`risidagi 01/07-243-sonli yig`ilish bayoniga asosan Amudaryo tuman Suv yetkazib berish xizmati davlat muassasasi direktorining “Amudaryo tumani boʻyicha suv isteʼmolchilariga oʻrnatilgan cheklangan suv miqdori (limit)ni tasdiqlash to`g`risida”gi hisibotini tinglab va muhokama qilib Oʻzbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6- va 24-moddalariga asosan xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashi qaror qiladi:
1. Amudaryo tuman Suv yetkazib berish xizmati davlat muassasasi direktorining “Amudaryo tumani boʻyicha suv isteʼmolchilariga oʻrnatilgan cheklangan suv miqdori (limit)ni tasdiqlash to`g`risida”gi hisiboti maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2.Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 2024-yil 13-sentabrdagi “Amudaryo tumani boʻyicha 2024-yilning sugʻorish mavsumi uchun suv isteʼmolchilariga oʻrnatiladigan cheklangan suv miqdori (limit)ni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi VI-80-118-13-181-K/24-sonli qarorining 1-ilovasiga oʻzgartirishlar kiritilishi sababli mazkur qaror ilovasi unga kiritilgan oʻzgartirishlar bilan 1-ilovaga muvofiq qayta tasdiqlansin.
3. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish tuman Kengashining Agrar, suv xoʻjaligi va ekologiya masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi zimmasiga yuklatilsin.
4. Ushbu qaror qabul qilingan kundan kuchga kiradi.
Sessiya raisi KAZAKOV MADAMIN RAJAPOVICH
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Amudaryo tumani,
2025-yil 29-sentabr,
VII-13-91-13-181-K/25-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.