XALQ DEPUTATLARI XOʻJAOBOD TUMANI KENGASHINING
Qarori
Xoʻjaobod tumanidagi shahar, shaharcha va qishloqlarining maʼmuriy-hududiy chegaralarini tasdiqlash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi maʻmuriy-hududiy tuzulishi toʻgʻrisidagi qonunining 27-moddasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 23-apreldagi “Maʼmuriy-hududiy birliklar chegaralarini belgilash, yer resurslarini xatlovdan oʻtkazish hamda yaylov va pichanzorlarda geobotanik tadqiqotlarni oʻtkazish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 299-sonli qarorining ijrosini taʼminlash maqsadida Respublika aerogeodeziya markazi Xorazm hududlararo boʻlinmasi tomonidan “Maʼmuriy-hududiy birliklar chegaralarini belgilash tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga asosan Xoʻjaobod tumanidagi shahar, shaharcha va qishloqlar chegaralarini belgilash boʻyicha bajarilgan ishlarning yakuniy natijalarini koʻrib chiqish yuzasidan tuzilgan tuman komissiyasining 2025-yil 18-avgustdagi yigʻilishining №1-sonli bayoni oʻrganildi.
Kun tartibidagi masalani atroflicha muhokama qilib, Oʻzbekiston Respublikasi "Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida"gi Qonunining 6- va 24-moddalariga muvofiq Xalq deputatlari Xoʻjaobod tumani Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va Moliya vazirligi huzuridagi kadastr agentligi davlat kadastrlari palatasi Andijon viloyati boshqarmasi Xoʻjaobod tumani filiali rahbari A.Abdupattayevning 2025-yil 19-avgustdagi “Xoʻjaobod tumanidagi shahar, shaharcha va qishloqlar chegaralarini belgilash boʻyicha bajarilgan ishlarning yakuniy natijalari va ishchi guruh tomonidan koʻrib chiqilgan chegara hujjatlari xususida” gi 01-01-885-sonli xati maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 23-apreldagi “Maʼmuriy hududiy birliklar chegaralarini belgilash, yer resurslarini xatlovdan oʻtkazish hamda yaylov va pichanzorlarda geobotanik tadqiqotlarni oʻtkazish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 299-sonli qarorining ijrosini taʼminlash maqsadida Respublika aerogeodeziya Markazining Xorazm hududlararo boʻlinmasi tomonidan Xoʻjaobod tumanida bajarilgan ishlarning yakuniy natijalarini koʻrib chiqish yuzasidan tuzilgan tuman komissiyasining 2025-yil 18-avgustdagi yigʻilishining № 1-sonli bayoni tasdiqlansin.
3. Shahar, shaharcha va qishloqlarning chegaralarini belgilash (yoki taqsimoti) toʻgʻrisidagi maʼlumot 1-ilovaga, sxematik xaritasi 2-ilova muvofiq tasdiqlansin.
4. Mazkur qarorning tasdigʻi Xalq deputatlari Andijon viloyati Kengashidan soʻralsin.
5. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish tuman hokimining birinchi oʻrinbosari A.Mirzaolimov va Xalq deputatlari tuman Kengashining doimiy komissiyalari zimmasiga yuklatilsin.
Kengash raisi BOZORBOYEV JAMSHID RAFIQJON OʻGʻLI
Andijon viloyati, Xoʻjaobod tumani,
2025-yil 27-sentabr,
VII-9-74-1-27-K/25-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.