27.09.2025 yildagi VII-13-83-11-168-K/25-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XALQ DEPUTATLARI MARGʻILON SHAHAR KENGASHINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Geografik obyektlarning nomlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni hamda Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 16-oktyabrdagi 295-sonli qaroriga muvofiq, Margʻilon shahridagi 38 ta geografik obyektlar (koʻcha, tor koʻcha, berk koʻcha)ni nomlash borasida amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Geografik obyektlarning nomlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 16-oktyabrdagi “Geografik obektlarning nomlarini tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 295-sonli qaroriga asosan, Margʻilon shahar hokimligi huzuridagi Geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari boʻyicha komissiyasi tomonidan xatlov natijalariga asosan, nomsiz hamda nomlari takroriy deb topilgan koʻchalar boʻyicha taklif tayyorlanib, Fargʻona viloyati hokimligi huzuridagi Geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari boʻyicha komissiyasining Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining Respublika toponimika xizmatiga “Geografik obektlarga nom berish yoki ularni qayta nomlash toʻgʻrisidagi takliflarning qonun hujjatlari talablariga muvofiqligi haqida” ekspert xulosasini olish uchun yuborildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi ekspert komissiyasi tomonidan olib borilgan oʻrganish natijasiga koʻra, shuningdek, tegishli qonun hujjatlari talablaridan kelib chiqib, Margʻilon shahar Geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari boʻyicha komissiyasining 38 ta geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash boʻyicha bergan takliflaridan 37 tasi qonun hujjatlari talablariga muvofiq, 1 ta geografik obyektlar qonun hujjatlari talablariga nomuvofiq deb topilib, belgilangan tartibda ijobiy xulosalar olindi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqoridagilarni inobatga olib, shuningdek, “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 24-moddasiga asosan, Xalq deputatlari Margʻilon shahar Kengashi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1.“Geografik obyektlarning nomlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonuni hamda Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 16-oktyabrdagi 295-sonli qaroriga muvofiq, Margʻilon shahar Geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari boʻyicha komissiyasining amalga oshirilgan ishlari toʻgʻrisidagi Margʻilon shahar hokimining maslahatchisi U.Maxmudovning hisoboti maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Margʻilon shahar komissiyasi tomonidan geografik obyektlarni qayta nomlash boʻyicha taqdim etilgan hamda qonun talablariga muvofiq deb topilgan geografik obyekt (koʻcha) nomlari 1-ilovaga asosan tasdiqlansin, shuningdek, belgilangan tartibda davlat reyestri bazasiga kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Margʻilon shahar hokimligi Axborot xizmati (A.Mansurov), “Margʻilon haqiqati” gazetasi (M.Saidmurodova)ga ushbu qarorni keng ommaga yetkazish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Belgilansinki, ushbu qaror ommaviy axborot vositalarida rasmiy eʼlon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur qarorning bajarilishiga shahar hokimining oʻrinbosari A.Sotvoldiyev, Kadastrlar palatasi Margʻilon shahar filiali rahbari A.Ibragimovlar shaxsan masʼul ekanligi belgilab qoʻyilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Ushbu qaror bajarilishining nazorati Xalq deputatlari Margʻilon shahar Kengashining “Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari boʻyicha doimiy komissiya raisi A.Maxkamov hamda Margʻilon shahar hokimining maslahatchisi U.Maxmudovlar zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash raisi SH. NISBATXONOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fargʻona viloyati, Margʻilon shahri,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 27-sentabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII-13-83-11-168-K/25-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.