XALQ DEPUTATLARI TOSHKENT SHAHRI KENGASHINING
Qarori
Olmazor tumanidagi ayrim aholi punktlarining tarkibiy qismlarini nomlash va qayta nomlash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonuni 6-, 24-moddalari va “Geografik obyektlarning nomlari toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq hamda Vazirlar Mahkamasining “Geografik obyektlarning nomlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq geografik obyektlarning nomlari sohasidagi ishlarni tartibga solish chora-tadbirlari haqida” 2012-yil 16-oktabrdagi 295-son qaroriga asosan, xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi qaror qiladi:
1. Geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari boʻyicha Toshkent shahar komissiyasining 2025-yil 10-iyundagi 7-son majlisi bayoni maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Quyidagilar:
Olmazor tumanidagi nomsiz aholi punktlarining tarkibiy qismlarini nomlash boʻyicha berilgan takliflar roʻyxati 1-ilovaga muvofiq;
Olmazor tumanidagi nomi takrorlangan, nomi qonun hujjatlari talablariga zid boʻlgan hamda geografik joylashuvi qayta koʻrib chiqilishi natijasida nomi oʻzgarayotgan aholi punktlarining tarkibiy qismlarini qayta nomlash boʻyicha berilgan takliflar roʻyxati 2-ilovaga muvofiq;
Olmazor tumanidagi geografik joylashuviga aniqlik kiritilayotgan oʻz nomida qolayotgan aholi punktlarining tarkibiy qismlari roʻyxati 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Toshkent shahar hokimining oʻrinbosarlari (D.Raximova, A.Xen), Olmazor tumani hokimligi (A.Umarxonov) nomlanayotgan va qayta nomlanayotgan aholi punktlarining tarkibiy qismlari (mavze, koʻchalar, tor koʻchalar, berk koʻchalar) toʻgʻrisida mahalliy aholi oʻrtasida tegishli tushuntirish ishlarini olib borsin.
4. Toshkent shahar hokimining oʻrinbosarlari (D.Raximova, A.Xen), Oʻzbekiston mahallalari uyushmasining Toshkent shahar boshqarmasi (F.Mahmudxoʻjayev), Toshkent shahar Soliq boshqarmasi (Y.Nasimdjanov), Toshkent shahar Statistika boshqarmasi (L.Mirsoatov) mazkur qarorga asosan tegishli hujjatlarga oʻrnatilgan tartibda oʻzgartirishlar kiritsin hamda bu borada zarur choralarni koʻrsin.
5. Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmasi (A.Yunusov) ikki oy muddatda:
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 14-dekabrdagi 1010-son qarori bilan tasdiqlangan “Koʻchmas mulk obyektlari manzillari yagona reyestrini shakllantirish va yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizom” talablari asosida nomlanayotgan va qayta nomlanayotgan aholi punktlarining tarkibiy qismlari (mavze, koʻchalar, tor koʻchalar, berk koʻchalar)da joylashgan koʻchmas mulk obyektlarining manzillarini belgilash, oʻzgartirish va meʼyorlashtirish ishlarini amalga oshirsin;
manzil oʻzgartirilganligi haqida oʻrnatilgan tartibda manfaatdor shaxslarni xabardor qilsin.
6. Toshkent shahar hokimligi Obodonlashtirish bosh boshqarmasi (A.Yunusov) uch oy muddat ichida nomlanayotgan va qayta nomlanayotgan aholi punktlarining tarkibiy qismlari (mavze, koʻchalar, tor koʻchalar, berk koʻchalar)da koʻcha koʻrsatkichlari (peshlavhalari)ni davlat tili talablariga mos ravishda belgilangan tartibda oʻrnatish va almashtirish ishlarini yakunlasin.
7. Toshkent shahar hokimligi Matbuot xizmati (G.Kasimova)ga mazkur qaror rasmiy eʼlon qilinishini va https://tashkent.uz rasmiy veb-saytiga joylashtirilishini taʼminlash tavsiya etilsin.
8. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
9. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining Qurilish, kommunal, suv xoʻjaligi, ekologiya, sanoat va transport masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi raisi S.Turabdjanov hamda Toshkent shahar hokimining oʻrinbosarlari D.Raximova va A.Xen zimmasiga yuklansin.
Kengash raisi KALANOV RUSTAM ABDUXAKIMOVICH
Toshkent sh.,
2025-yil 25-sentabr,
VII-15-148-14-0-K/25-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.