XALQ DEPUTATLARI NAVOIY VILOYATI KENGASHINING
Qarori
“Navoiy kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyati tomonidan koʻrsatiladigan ichimlik suvi taʼminoti, kanalizatsiya xizmatlari tariflarini koʻrib chiqish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 22-iyuldagi “Ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-784-sonli, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 15-iyuldagi “Kommunal xizmatlar koʻrsatish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”ga 194-sonli Qarori, “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyatining 2025-yil 4-iyundagi 04-02-05/04/6059-sonli, 2025-yil 13-avgustdagi 04-02-05/04/8667-sonli xatlari, viloyat iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasining 2025-yil 12-avgustdagi 01-12/20-11-38/1994-sonli xulosasi, viloyatda “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ tomonidan aholini toza ichimlik suvi bilan taʼminlash, kanalizatsiya xizmatlari koʻrsatish xizmatlari ahvolini yanada yaxshilash hamda bildirilgan taklif, fikr va mulohazalarni inobatga olgan holda, “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 162 va 24-moddalariga asosan, xalq deputatlari viloyat Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 22-iyuldagi OʻRQ-784-sonli Qonuni, Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 15-iyuldagi 194-sonli qarori ijro uchun, “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ bosh direktor oʻrinbosari J. Xasanovning ichimlik suvi taʼminoti, oqova suv xizmatlari tariflari yuzasidan hisoboti maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ tomonidan koʻrsatiladigan ichimlik suvi taʼminoti, kanalizatsiya xizmatlari (shuningdek, texnik suv) uchun taklif narxlari (tariflar) ilovaga muvofiq tasdiqlansin
3. Xalq deputatlari viloyat Kengashining 2024-yil 15-martdagi VI-69-29-5-0-K/24-sonli qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
4. Viloyat hokimligi axborot xizmati (Sh. Raubayeva), viloyat teleradiokompaniyasi (A. Muqimov), “Doʻstlik bayrogʻi” va “Знамя дружбы” gazetalari tahririyati davlat korxonasi (B. Umarov)ga olib borilayotgan ishlarni doimiy ravishda ommaviy axborot vositalarida keng yoritib borish tavsiya etilsin.
5. Ushbu qaror rasmiy eʼlon qilingandan boshlab, 15 kundan soʻng kuchga kiradi.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish viloyat hokimi oʻrinbosari (E. Kamolov) hamda xalq deputatlari viloyat Kengashining mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar boʻyicha doimiy komissiyasi (N. Isoqov) zimmasiga yuklatilsin.
Kengash raisi ALIYEV GʻOFIR QUVATOVICH
Navoiy viloyati,
2025-yil 24-sentabr,
VII-17-108-5-0-K/25-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.