24.09.2025 yildagi VII-17-109-5-0-K/25-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XALQ DEPUTATLARI NAVOIY VILOYATI KENGASHINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Navoiyuran” davlat korxonasining ichimlik suvini ishlab chiqarish va yetkazib berish xizmati tariflarini koʻrib chiqish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 22-iyuldagi “Ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-784-sonli Qonuni, “Navoiyuran” davlat korxonasi (keyingi oʻrinlarda – Korxona deb yuritiladi)ning 2025-yil 27-iyundagi 04-02/01/3265-sonli, 3-iyuldagi 04-02/01/3383-sonli xatlari, viloyat iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi boshligʻining oʻrinbosari Gʻ. Boboqulovning 2025-yil 19-iyundagi “Navoiyuran” DKning ichimlik suvini ishlab chiqarish va yetkazib berish xizmati narx(tarif) hisob-kitoblari toʻgʻrisida”gi 01-12/20-17-32/501-sonli xulosasi hamda bildirilgan taklif, fikr va mulohazalarni inobatga olgan holda, “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 162 va 24-moddalariga asosan, xalq deputatlari viloyat Kengashi, qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. “Navoiyuran” davlat korxonasi bosh direktorining iqtisod va moliya boʻyicha oʻrinbosari v.b A. Adizovning korxona tomonidan Konimex tumani Zafarobod qoʻrgʻonidagi ulgurji tashkilotlarga toza ichimlik suvini yetkazib berish xizmatlari koʻrsatilishi boʻyicha bergan hisoboti maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Korxonaning Konimex tumani Zafarobod qoʻrgʻoni boʻyicha ulgurji tashkilotlarga ichimlik suvni ishlab chiqarish va yetkazib berish boʻyicha taklif narx (tarif)lari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Viloyat hokimligi axborot xizmati (Sh. Raubayeva), viloyat teleradiokompaniyasi (A. Muqimov), “Doʻstlik bayrogʻi” va “Знамя дружбы” gazetalari tahririyati davlat korxonasi (B. Umarov)ga olib borilayotgan ishlarni doimiy ravishda ommaviy axborot vositalarida keng yoritib borish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ushbu qaror rasmiy eʼlon qilingandan boshlab, 15 kundan soʻng kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish viloyat hokimi oʻrinbosari (E. Kamolov) hamda xalq deputatlari viloyat Kengashining mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar boʻyicha doimiy komissiyasi (N. Isoqov) zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash raisi ALIYEV GʻOFIR QUVATOVICH
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Navoiy viloyati,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 24-sentabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII-17-109-5-0-K/25-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.