XALQ DEPUTATLARI FARGʻONA VILOYATI KENGASHINING
QARORI
Qoʻshtepa tumani “Balandmasjid” MFY, Oltiariq tumani “Jarqoʻrgʻon” MFY, Soʻx tumani “Soxibkor” MFY, Toshloq tumani “Yuqori qishloq” MFY, Buvayda tumani “Yangi Qishloq” MFY, Dangʻara tumani “Qashqar” MFY, Quva tumani “Baynalminal” MFY, Uchkoʻprik tumani “Xasanqora” MFY va Oltiariq tumani “Qapchugʻay” mahalla fuqarolar yigʻinlarining shaharsozlik hujjatlarini koʻrib chiqish haqida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-sentabrdagi “Shaharsozlik faoliyati sohasida davlat boshqaruvi tizimini yanada takomillashtirish hamda 2023-2027 yillarda aholi punktlarining shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish dasturlarini tasdiqlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-299-sonli qarori bilan tasdiqlangan 2023-2027-yillarda qishloq aholi punktlarining hududlarini shaharsozlik jihatidan rivojlantirish sxemalarini ishlab chiqish jadvaliga koʻra, 2024-yilda Qoʻshtepa tumani “Balandmasjid” MFY, Oltiariq tumani “Jarqoʻrgʻon” MFY, Soʻx tumani “Soxibkor” MFY, Toshloq tumani “Yuqori qishloq” MFY, Buvayda tumani “Yangi Qishloq” MFY, Dangʻara tumani “Qashqar” MFY, Quva tumani “Baynalminal” MFY, Uchkoʻprik tumani “Xasanqora” MFY va Oltiariq tumani “Qapchugʻay” mahalla fuqarolar yigʻinlarining shaharsozlik jihatidan rivojlantirish sxemalarini ishlab chiqish sxemalari (bundan buyon matnda - Rivojlantirish sxemalari) ishlab chiqish, Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, Fargʻona viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi boshqarmasi, “Qishloqqurilishloyiha” MCHJ va uning filiallari masʼul ijrochi sifatida belgilangan.
Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasining “Shaharsozlik kodeksi”ning 45-moddasida shaharsozlik hujjatlari ushbu Kodeksda belgilangan vakolatlarga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, maxsus vakolatli davlat organi, Qorakalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, Xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari, buyurtmachi tomonidan tasdiqlanishi belgilangan.
Shunga koʻra, viloyat qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi boshqarmasi 2025-yil 7-avgustdagi 11-01-02/70701-sonli xati bilan murojaat qilib, ushbu aholi punktlarining shaharsozlik hujjatlari “Qishloqqurilishloyiha” MChJ tomonidan ishlab chiqilib, tuman hokimliklari tomonidan jamoat kengashi bayoni bilan va viloyat Arxitektura-shaharsozlik kengashida koʻrib chiqilib maʼqullanganligini, ushbu shaharsozlik hujjatlarini Xalq deputatlari viloyat Kengashi tomonidan tasdiqlanishini soʻragan.
Yangi rivojlantirish sxemalari Oʻzbekiston Respublikasi “Shaharsozlik kodeksi” va amaldagi shaharsozlik norma va qoidalari talablari asosida, Fargʻona viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi boshqarmasining buyurtma xati, ikki tomonlama tuzilgan shartnoma va loyiha topshirgʻi boʻyicha 2024-yilda ishlab chiqilgan. Xususan,
Qoʻshtepa tumani “Balandmasjid” mahalla fuqarolar yigʻinining xozirgi holatiga koʻra, aholi soni 5 502 nafarni, aholi punktining yer maydoni 188,8 gektarni tashkil qiladi, loyihaviy xisoblashda aholi soni 6 879 nafarni, aholi punktining yer maydoni 188,8 gektarni tashkil qiladi.
Oltiariq tumani “Jarqoʻrgʻon” mahalla fuqarolar yigʻinining xozirgi holatiga koʻra, aholi soni 3 748 nafarni, aholi punktining yer maydoni 871,0 gektarni tashkil qiladi, loyihaviy xisoblashda aholi soni 4826 nafarni, aholi punktining yer maydoni 871,0 gektarni tashkil qiladi.
Soʻx tumani “Soxibkor” mahalla fuqarolar yigʻinining xozirgi holatiga koʻra, aholi soni 2369 nafarni, aholi punktining yer maydoni 770,4 gektarni tashkil qiladi, loyihaviy xisoblashda aholi soni 3051 nafarni, aholi punktining yer maydoni 770,4 gektarni tashkil qiladi.
Toshloq tumani “Yuqori qishloq” mahalla fuqarolar yigʻinining xozirgi holatiga koʻra, aholi soni 5 090 nafarni, aholi punktining yer maydoni 260,0 gektarni tashkil qiladi, loyihaviy xisoblashda aholi soni 6 458 nafarni, aholi punktining yer maydoni 260,0 gektarni tashkil qiladi.
Buvayda tumani “Yangi Qishloq”mahalla fuqarolar yigʻinining xozirgi holatiga koʻra, aholi soni 5 131 nafarni, aholi punktining yer maydoni 134,67 gektarni tashkil qiladi, loyihaviy xisoblashda aholi soni 6415 nafarni, aholi punktining yer maydoni 134,67 gektarni tashkil qiladi.
Dangʻara tumani “Qashqar” mahalla fuqarolar yigʻinining xozirgi holatiga koʻra, aholi soni 6 587 nafarni, aholi punktining yer maydoni 134,1 gektarni tashkil qiladi, loyihaviy xisoblashda aholi soni 8 235 nafarni, aholi punktining yer maydoni 135,8 gektarni tashkil qiladi.
Quva tumani “Baynalminal” mahalla fuqarolar yigʻinining xozirgi holatiga koʻra, aholi soni 3 200 nafarni, aholi punktining yer maydoni 117,86 gektarni tashkil qiladi, loyihaviy xisoblashda aholi soni 4 121 nafarni, aholi punktining yer maydoni 118,19 gektarni tashkil qiladi.
Uchkoʻprik tumani “Xasanqora” mahalla fuqarolar yigʻinining xozirgi holatiga koʻra, aholi soni 3 876 nafarni, aholi punktining yer maydoni 126,0 gektarni tashkil qiladi, loyihaviy xisoblashda aholi soni 4846 nafarni, aholi punktining yer maydoni 126,0 gektarni tashkil qiladi.
Oltiariq tumani “Qapchugʻay” mahalla fuqarolar yigʻinining xozirgi holatiga koʻra, aholi soni 5126 nafarni, aholi punktining yer maydoni 131,0 gektarni tashkil qiladi, loyihaviy xisoblashda aholi soni 6 650 nafarni, aholi punktining yer maydoni 134,5 gektarni tashkil qiladi.
Ushbu yuqoridagi mahalla fuqarolar yigʻinlari hududlarini shaharsozlik jihatidan rivojlantirish sxemalari “Qishloqqurilishloyiha” MCHJ tomonidan ishlab chiqilib, tuman hokimliklari tomonidan jamoat kengashi bayoni bilan hamda viloyat qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi boshqarmasi huzuridagi Arxitektura-shaharsozlik kengashida koʻrib chiqilib, Kengashning tegishli bayonnomalari bilan tasdiqlangan.
Shuningdek, mazkur masala viloyat Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi bosh boshqarmasi huzuridagi Arxitektura va shaharsozlik kengashida koʻrib chiqilib, Kengashning 2024 yil 19 noyabrdagi 47/01-sonli bayoni tasdiqlangan.
Mazkur bosh reja loyihalarini ishlab chiqishdan maqsadi:
Aholi punkti hududini aniq funksional hududlarga ajratish, ijtimoiy va iqtisodiy rivojlanishi, aholini uy-joy va boshqa infratuzilma obektlari bilan taʼminlanganligini meyoriy talab darajasiga olib chiqish, hududdagi aholi uchun xizmat qilish tizimini qulaylashtirish, zararli sanoat va ishlab chiqarish korxonalirini shahar hududidan chiqarib, ularni oʻrniga zamon talablariga mos, ekologik toza ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxonalarni joylashtirish bilan atrof-muxitni tozalash va boshqa jarayonlardan iboratdir.
Shuningdek, rivojlantirish sxemalari dolzarbligi, keyingi yillarda respublikada keskin ijtimoiy-iqtisodiy oʻzgarishlar va shaharsozlik sohasida turar-joylar va ijtimoiy-maishiy obektlar qurilishini rivojlantirish hamda muxandislik-kommunikatsiya va yoʻl transport infratuzilmalarini yangilashni xisobga olgan holda rejalashtirishning siyosiy shartlari bilan asoslanadi.
Rivojlantirish sxemalarini ishlab chiqishda. bugungi kundagi iqtisodiy, ijtimoiy, hududiy va ishlab chiqarish saloxiyatlari hamda aholining oʻsish surʼatlari kabi koʻrsatkichlari oʻrganib chiqilib, barcha sohalardagi koʻrsatkichlarni xukumat toshiriqlari, davlat dasturlarida belgilangan hamda shaharsozlik nuqtai nazaridan meyoriy talablarga moslashtirish vazifasi qoʻyilgan.
Rivojlantirish sxemalarining asosiy yechimlari, mahalla hududini ixcham, har tamonlama qulay aholi punktiga aylantirish.
Oʻzbekiston Respublikasi Shaharsozlik Kodeksining 45-moddasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-sentabrdagi PQ-299-sonli qarorlari ijrosini taʼminlash maqsadida, Oʻzbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati tugʻrisida”gi Qonunining 6- va 24-moddalariga asosan Xalq deputatlari viloyat Kengashi qaror qiladi:
1. Viloyat Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi bosh boshqarmasining 2025-yil 7-avgustdagi 11-01-02/70701-sonli xati maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Viloyat Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi bosh boshqarmasi huzuridagi Arxitektura va shaharsozlik Kengashining 2024 yil 19 noyabrdagi 47/01-sonli bayoni inobatga olinsin.
3. Quyidagilar:
Qoʻshtepa tumani “Balandmasjid” mahalla fuqarolar yigʻini hududlarini shaharsozlik jihatidan rivojlantirish sxemasi 1-ilovaga muvofiq;
Oltiariq tumani “Jarqoʻrgʻon” mahalla fuqarolar yigʻini hududlarini shaharsozlik jihatidan rivojlantirish sxemasi 2-ilovaga muvofiq;
Soʻx tumani “Soxibkor” mahalla fuqarolar yigʻini hududlarini shaharsozlik jihatidan rivojlantirish sxemasi 3-ilovaga muvofiq;
Toshloq tumani “Yuqori qishloq” mahalla fuqarolar yigʻini hududlarini shaharsozlik jihatidan rivojlantirish sxemasi 4-ilovaga muvofiq;
Buvayda tumani “Yangi Qishloq”mahalla fuqarolar yigʻini hududlarini shaharsozlik jihatidan rivojlantirish sxemasi 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Dangʻara tumani “Qashqar” mahalla fuqarolar yigʻini hududlarini shaharsozlik jihatidan rivojlantirish sxemasi 6-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Quva tumani “Baynalminal” mahalla fuqarolar yigʻini hududlarini shaharsozlik jihatidan rivojlantirish sxemasi 7-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Uchkoʻprik tumani “Xasanqora” mahalla fuqarolar yigʻini hududlarini shaharsozlik jihatidan rivojlantirish sxemasi 8-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Oltiariq tumani “Qapchugʻay” mahalla fuqarolar yigʻini hududlarini shaharsozlik jihatidan rivojlantirish sxemasi 9-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. Qoʻshtepa tumani (A.Abdullayev), Oltiariq tumani (Sh.Turdaliyev), Buvayda tumani (B.Ibragimov), Soʻx tumani (S.Sayidmusayev), Toshloq tumani (A.Djurabayev), Uchkoʼprik tumani (Q.Erkaboyev),Yozyovon tumani (D.Djalilov) va Quva tumani (X.Umarov) hokimlari hamda viloyat Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi bosh boshqarmasi (B.Raximov) bilan birgalikda oʻz vakolatlari doirasida:
tegishli mutasaddi tashkilot va idoralarni jalb etgan holda shaharsozlik jihatidan rivojlantirish sxemalari muvofiq, mahalla fuqarolar yigʻinlari hududlarini shaharsozlik jihatidan va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yuzasidan kompleks chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqib, tasdiqlash;
mahalla fuqarolar yigʻinlari hududi yerlaridan maqsadsiz foydalanishga va noqonuniy qurilishlarni amalga oshirishga yoʻl qoʻymaslik yuzasidan qatʼiy nazorat oʻrnatish yoʻli bilan ulardan samarali foydalanish;
energiyani tejaydigan zamonaviy texnologiyalarni joriy etish orqali muhandislik-kommunikatsiya tuzilmasini (suv, elektr, gaz, issiqlik taʼminoti, telekommunikasiya obyektlari, kanalizasiya, irrigasiya) qurish va rekonstruksiya qilish yoʻli bilan modernizasiya qilish;
koʻp qavatli uy-joylar, taʼlim, sogʻliqni saqlash, sport, madaniyat, sanʼat va dam olish obyektlarini oqilona joylashtirish hamda bosh rejaga muvofiq, infratuzilmani rivojlantirish tavsiya etilsin.
5. Viloyat qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi (SH.Xudayberganov), aholi punktlarining tasdiqlangan shaharsozlik hujjatlariga asosan, qurilish obektlarini joylashtirilishiga qatʼiy amal qilinishini nazoratga olsin.
6. “Qishloqqurilishloyiha” MCHJ bosh loyiha-qidiruv instituti, tasdiqlangan shaharsozlik hujjatlarini amalga oshirilishida qonunchilikda belgilangan tartibda mualliflik nazoratini oʻrnatsin.
7. Barcha tuman (shahar) hokimlari har yili oʻz hududlarining shaharsozlik hujjatlari ijrosi yuzasidan tegishliligi boʻyicha xalq deputatlari Kengashlariga hisobot taqdim etib borsin.
8. Viloyat hokimining qurilish, toʻsiqlarsiz muhit yaratish, kommunikatsiyalar, kommunal xoʻjalik, ekologiya va koʻkalamzorlashtirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari X.Dolimov har yili viloyat hududlarining shaharsozlik hujjatlari ijrosi yuzasidan xalq deputatlari viloyar Kengashiga hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika arxitektura-shaharsozlik kengashiga hisobot taqdim etib borsin.
9. Xalq deputatlari viloyat, tegishli tuman Kengashlari deputatlari Oʻzbekiston Respublikasining “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar kengashi deputatining maqomi toʻgʻrisida”gi Qonuniga asosan Rivojlantirish sxemalarini oʻz vaqtida, toʻliq, sifatli va tizimli amalga oshirilishi yuzasidan deputatlik nazoratini oʻrnatsin.
Bunda, soha masʼullari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar (tadbirlar)ni monitoring qilgan holda joyida oʻrganishlar olib borish, oʻrganish natijalarini mahalliy Kengashlarning tegishli doimiy komissiyalari yigʻilishlari hamda Kengash sessiyalarida muxokama etib borsin.
10. Viloyat hokimligi axborot xizmati (M.Sulaymonov) viloyatdagi telekanallar, bosma va elektron ommaviy axborot vositalari orqali rivojlantirish sxemalari doirasida amalga oshirilayotgan ishlar jarayonlarini ommaviy axborot vositalarida doimiy ravishda yoritib borish tavsiya etilsin.
11. Mazkur Kengash qarori ijrosini nazorat etish Xalq deputatlari viloyat Kengashining “Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari boʻyicha” doimiy komissiyasi (Sh.Gʻaniyeva) hamda viloyat hokimining oʻrinbosari X.Dolimov zimmasiga yuklansin.
Kengash raisi KOMILOV XOLMATJON ADILOVICH
Fargʻona viloyati,
2025-yil 22-sentabr,
VII-13-131-11-0-K/25-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.