XALQ DEPUTATLARI OʻRTA CHIRCHIQ TUMANI KENGASHINING
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasining “Geografik obyektlarning nomlari toʻgʻrisida”gi qonuniga muvofiq Oʻrta Chirchiq tumanidagi mavjud geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yil 12-oktabrdagi “Geografik obyektlarning nomlari toʻgʻrisida”gi OʻRQ-303-sonli qonuniga asosan Oʻrta Chirchiq tuman hokimligi huzuridagi Geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari boʻyicha tuman komissiyasining 2025-yil 1-iyuldagi yigʻilish bayoni boʻyicha “Geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari” boʻyicha viloyat komissiyasining 2025-yil 01-iyuldagi 12-3-3695-sonli javob xati hamda Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi, Geografik obyektlarga nom berish va ularni qayta nomlash toʻgʻrisidagi takliflarni davlat ekspertizasidan oʻtkazish ekspert komissiyasidan olingan (2025-yil 23-iyuldagi 03/08-8054-sonli javob xati) ekspert xulosasi (2025-yil 21-iyuldagi 05-19-11961-sonli)ga hamda Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi qonunining 6, 24-moddalariga muvofiq Xalq deputatlari Oʻrta Chirchiq tuman Kengashi, qaror qiladi:
1. Oʻrta Chirchiq tuman hokimligi huzuridagi Geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari boʻyicha tuman komissiyasining 2025-yil 1-iyuldagi yigʻilish bayoni boʻyicha “Geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari” boʻyicha viloyat komissiyasining 2025-yil 01-iyuldagi 12-3-3695-sonli javob xati hamda Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi, Geografik obyektlarga nom berish va ularni qayta nomlash toʻgʻrisidagi takliflarni davlat ekspertizasidan oʻtkazish ekspert komissiyasidan olingan (2025-yil 23-iyul 03/08-8054-sonli javob xati) ekspert xulosasi (2025-yil 21-iyuldagi 05-19-11961-sonli) va bu yuzasidan Geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari boʻyicha tuman komissiyasi raisining oʻrinbosari X.Ziyamutdinovning hisoboti maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Oʻrta Chirchiq tumanidagi jami 73 ta geografik obyektni ekspert xulosasi olinganligi inobatga olinsin va qonun hujjatlariga muvofiq deb topilgan 58 ta geografik obyektlarning nomlari 1-ilovaga asosan tasdiqlansin.
3. Mazkur qaror loyihasi 2025-yilning 2-sentyabr sanasidan 17-sentyabr sanasiga qadar jamoatchilik muhokamasi portalida (ID:109117) jamoatchilik muhokamasidan va tuman Adliya boʻlimining huquqiy ekspertizasidan oʻtkazilganligi koʻrsatib oʻtilsin.
4. Oʻrta Chirchiq tuman hokimining oʻrinbosari qurilish, toʻsiqlarsiz muhit yaratish, kommunikatsiyalar, kommunal xoʻjalik, ekologiya va koʻkalamzorlashtirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari F.Boyjigitov, Kadastr agentligi tuman boʻlimi boshligʻi (U.Umirzoqov), Davlat kadastrlar palatasi tuman filiali boshligʻi (F.Rasulov), Kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashiah boʻlimi (S.Utalov), Tuman statistika boʻlimi (T.Poʻlatov), Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi tuman boʻlimi rahbari (R.Djumanova) va boshqa tegishli mutasaddi davlat organlari bilan birgalikda oʻzgargan qabriston nomlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish, ish yuritish hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish hamda boshqa tegishli tadbirlarni mazkur qarorga muvofiqlashtirish ishlarini amalga oshirsinlar.
5. Belgilangan tartibda geografik obyektlarning yangi nomlarini tegishli elektron bazalarga kiritish, ish hujjatlariga, koʻrsatkichlar va peshlavhalarga oʻzgartirishlar kiritish bilan bogʻliq barcha chora-tadbirlarni amalga oshirsinlar.
6. Tuman hokimi matbuot kotibi-axborot siyosati masalalari boʻyicha hokim maslahatchisi (A.Ergashov)ga mazkur qarorning ommaviy axborot vositalari orqali keng yoritilishini tashkil etish vazifasi yuklansin.
7. Mazkur qaror imzolangan kundan eʼtiboran kuchga kirishi belgilab qoʻyilsin.
8. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish Xalq deputatlari tuman Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi R.Djumanova hamda Geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari boʻyicha tuman komissiyasi raisi oʻrinbosari X.Ziyamutdinov zimmasiga yuklatilsin.
Kengash raisi KASIMOV IXTIYOR RUSTAMOVICH
Toshkent viloyati, Oʻrtachirchiq tumani,
2025-yil 22-sentabr,
VII-16-77-10-143-K/25-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.