XALQ DEPUTATLARI BUXORO VILOYATI KENGASHINING
QARORI
“Buxoro neftni qayta ishlash zavodi” MCHJ tomonidan Qorovulbozor tumani Neftchilar shaharchasidagi aholi hamda tumandagi yuridik va budjet tashkilotlariga koʻrsatiladigan ichimlik suvi taʼminoti xizmati uchun yangi tariflarni tasdiqlash toʻgʻrisida
“Ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 25-sentabrdagi “Ichimlik suvi taʼminoti va oqova suv tizimini yanada takomillashtirish hamda sohadagi investitsiya loyihalari samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-6074-sonli Farmoniga muvofiq, “Buxoro neftni qayta ishlash zavodi” MCHJ tomonidan koʻrsatiladigan ichimlik suvi taʼminoti xizmati uchun tariflarni tartibga solish maqsadida, “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 6-moddasiga muvofiq xalq deputatlari viloyat Kengashi qaror qiladi:
1. “Buxoro neftni qayta ishlash zavodi” MCHJ tomonidan koʻrsatiladigan ichimlik suvi taʼminoti xizmati uchun tariflar yuzasidan taqdimot maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Viloyat iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasining “Buxoro neftni qayta ishlash zavodi” MCHJ tomonidan koʻrsatiladigan ichimlik suvi taʼminoti xizmati uchun yangi tariflar boʻyicha xulosasi inobatga olinsin.
3. “Buxoro neftni qayta ishlash zavodi” MCHJ tomonidan koʻrsatiladigan ichimlik suvi taʼminoti xizmati uchun yangi tariflar ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. Xalq deputatlari viloyat Kengashining 2023-yil 2-avgustdagi VI-82-63-2-0-K/23-sonli hamda 2023-yil 25-sentabrdagi VI-83-77-2-0-K/23-sonli qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
5. Mazkur qaror “Buxoronoma” va “Buxarskiy vestnik” gazetalarida eʼlon qilinsin hamda viloyat hokimligining rasmiy veb-saytiga joylashtirilsin.
6. Ushbu qaror bilan tasdiqlangan ichimlik suvi taʼminoti boʻyicha xizmatlar uchun yangi tariflar ommaviy axborot vositalarida rasmiy eʼlon qilingandan keyin oʻn besh kun oʻtgach kuchga kirishi belgilansin.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish xalq deputatlari viloyat Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi zimmasiga yuklatilsin.
Kengash raisi ASHUROV JAMOL RAJABBOYEVICH
Buxoro viloyati, Buxoro sh.,
2025-yil 22-sentabr,
VII-17-91-2-0-K/25-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.