22.09.2025 yildagi VII-10-76-8-118-K/25-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XALQ DEPUTATLARI UZUN TUMANI KENGASHINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 31-maydagi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish sohasini transformatsiya qilish va vakolatli davlat organi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari haqidagi PF-81-sonli farmonining ijrosi yuzasidan tumanning 2030-yilgacha moʻljallangan ekologik «master-reja»sini tasdiqlash toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 31-maydagi PF-81-sonli farmoni asosida 2030-yilgacha boʻlgan davrda barqaror rivojlanishning toza suv va sanitariya, iqlim oʻzgarishi oqibatlari bilan kurashish, barqaror shaharlar va aholi punktlari, ekotizimni saqlash kabi maqsadlariga erishish uchun Respublikaning iqtisodiyot tarmoqlari hamda hududlarni ekologik baholash tizimi joriy qilinib tuman va shaharlar hokimliklari 2025-yil 1-avgustga qadar har bir hududning 2030-yilgacha moʻljallangan ekologik «master-reja»sini mahalliy va xorijiy ekspertlarni jalb qilgan holda ishlab chiqishi hamda tegishlicha xalq deputatlari mahalliy Kengashlariga tasdiqlatilishi va jamoatchilik muhokamasidan oʻtkazilib hududlar rahbarlari ekologik «master-reja» ijrosi va uning natijadorligi yuzasidan har chorakda xalq deputatlari mahalliy Kengashlari, jamoatchilik oldida hisobot berib borishi belgilangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uzun tumani Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi boʻlimi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 31-maydagi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish sohasini transformatsiya qilish va vakolatli davlat organi faoliyatini tashkil etish chora tadbirlari haqidagi PF-81-sonli farmoni asosida tumanda 2030-yilgacha moʻljallangan ekologik «master-reja»sini ishlab chiqib Oʻzbekiston Ekologik partiyasi deputatlik guruhi tomonidan oʻrganilib, xalq deputatlari tuman Kengashning tegishli doimiy komissiyasida tuman hokimining oʻrinbosari N.Xodjageldiyevningaxboroti muhokama qilinib, deputatlar tomonidan bildirilgan fikr va mulohazalarini inobatga olib, “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 6 va 24-moddalariga, xalq deputatlari Uzun tuman Kengashi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 31-maydagi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish sohasini transformatsiya qilish va vakolatli davlat organi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari haqidagi PF-81 sonli farmoni maʼlumot uchun qabul qilinsin va ijroga qaratilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Uzun tumani Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi boʻlimi tomonidan ishlab chiqilgan tumanni 2030-yilgacha moʻljallangan ekologik «master-reja»si 1- ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Uzun tumani hokimining qurilish, toʻsiqlarsiz muhit yaratish, kommunikatsiyalar, kommunal xoʻjalik, ekologiya va koʻkalamzorlashtirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari(N.Xodjageldiyev), tuman Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi boʻlimi (Q.Ibragimov)larga ekologik «master-reja» amaldagi qonunlarga muvofiq toʻgʻri ishlab chiqilganligiga shaxsan javobgar ekanligi belgilansin hamda ijrosi va uning natijadorligi yuzasidan har chorakda xalq deputatlari tuman Kengashi hamda jamoatchilik oldida hisobot berib borishi belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
- Aholi va keng jamoatchilik orasida atrof-muhitni himoyalash va sogʻlom turmush tarzini targʻib etishga qaratilgan harakatini tashkil etsin,ushbu tadbirlarni yuqori saviyada tashkil etish, tadbirlarga keng jamoatchilik va eko faollarni jalb etishga masʼulligi belgilansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
- taʼlim muassasalarida yoshlarning tabiatga boʻlgan mehrini uygʻotish, ularni tabiat himoyachisi sifatida tarbiyalash maqsadida Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi bilan birgalikda tumanda «Yosh ekologlar» harakati doirasida tuman darajasida atrof-muhit muammolari yuzasidan «Tabiatga mehr» innovatsion va intellektual loyihalar tanlovini oʻtkazish tavsiya qilinsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
- tumanda tabiatni asrab-avaylash borasida butun jahon va mamlakatimizda nishonlanadigan muhim ekologik sanalarga bagʻishlab tadbirlarni tashkil etish va unda «Yosh ekologlar» harakati faollari ragʻbatlantirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Tuman hokimligi Axborot xizmati (Oʻ.Migboyeva), “Bobotogʻ tongi” gazetasi tahririyatiga ekologik xavfsizlikni taʼminlash, ekologik vaziyatni yaxshilash, chiqindilarning insonlar sogʻligʻiga zararli taʼsirini oldini olish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, sanitariya va ekologik holat sifatini oshirish uchun qulay sharoitlar yaratish boʻyicha muntazam ravishda ommaviy axborot vositalarida yoritib borish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur qarorning ijrosini taʼminlash tuman hokimi oʻrinbosari (N.Xodjageldiyev) hamda ijrosini nazorat qilish xalq deputatlari tuman Kengashining Agrar, suv xoʻjaligi va ekologiya masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi (B.Toshboyev) zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Ushbu qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash raisi BOZOROV XABIBULLA SHERDONAQULOVICH
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Surxondaryo viloyati, Uzun tumani,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 22-sentabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII-10-76-8-118-K/25-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.