XALQ DEPUTATLARI URGANCH TUMANI KENGASHINING
Qarori
Urganch tumanidagi qabristonlarga nom berish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasining «Geografik obʼektlarning nomlari toʻgʻrisida»gi Qonuni hamda «Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida»gi Qonunining 6 va 24-moddalariga asosan, xalq deputatlari Urganch tumani Kengashi qaror qiladi:
1. Geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi ekspert komissiyasining 2025-yil 21-avgustdagi 05-19-14269-sonli yigʻilish bayoni va bayonnoma bilan tasdiqlangan ekspertiza xulosasi va tuman hokimligining 3 ta geografik obyekt (qabriston)ni nomlash boʻyicha taklifi maʼqullansin.
2. Urganch tumanidagi geografik obyektlar nomlari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Tuman statistika boʻlimi, tuman davlat soliq inspeksiyasi va tegishli mutasaddi tashkilotlarga:
Qarorning ilovasidagi oʻzgarishlarni inobatga olgan holda, tegishli idoraviy hujjatlarga oʻzgartirishlar kiritsin.
4. Tuman hokimining oʻrinbosari, tuman geografik obʼektlarga nom berish toʻgʻrisidagi masalalari boʻyicha tuman komissiyasi raisi oʻrinbosariga:
bir hafta muddatda tumandagi qabristonlarning yangi nomlarini aholi oʻrtasida keng targʻib etish, belgilangan tartibda zamonaviy koʻrinishda, lotin yozuvida, peshlavhalarga yozib oʻrnatish ishlarini tashkil etish vazifasi yuklatilsin.
5. Tuman hokimligi huzuridagi geografik obʼektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari boʻyicha tuman komissiyasi aʼzolari, mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimi hamda mahalla fuqarolar yigʻini raislariga:
bir hafta muddatda tumandagi qabristonlarning yangi nomlari boʻyicha aholi oʻrtasida keng targʻibot ishlarini amalga oshirish va tegishli chora-tadbirlar belgilansin.
6. Mazkur qaror tuman hokimligining rasmiy veb sayti (N.Masharipov)ga joylashtirilsin hamda “Urganch haqiqati” gazetasi (K.Urazimbetov)da rasmiy eʼlon qilsin.
7. Mazkur qaror bilan bogʻliq hujjatlar geografik obʼektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari boʻyicha viloyat komissiyasiga taqdim etilsin.
8. Tuman moliya boʻlimi (R.Sabirov) qaror ijrosini moliyalashtirish boʻyicha 3 kun muddatda tuman hokimligiga taklif kiritsin.
9. Ushbu qaror rasmiy nashrda eʼlon qilingan kundan eʼtiboran qonuniy kuchga kiradi.
10. Qaror ijrosini nazorat qilish xalq deputatlari tuman Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi zimmasiga yuklatilsin.
Kengash raisi SULTANOV GAYRATJON POʻLATOVICH
Xorazm viloyati, Urganch tumani,
2025-yil 20-sentabr,
VII-13-96-12-173-K/25-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.