XALQ DEPUTATLARI NUROBOD TUMANI KENGASHINING
QARORI
Nurobod tumanidagi 231 nomsiz koʻcha nomlarini nomlash va 3 ta mavjud koʻcha nomlarini qayta nomlash toʻgʻrisida
Tuman hokimligi huzuridagi Geografik obektlarga nom berish va qayta nomlash komissiyasi tomonidan tumandagi 358 ta koʻchalarni nomlash va qayta nomlash boʻyicha berilgan takliflardan 234 ta koʻcha nomlari Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi tomonidan berilgan ekspertiza xulosasiga asosan qonun hujjatlari talablariga muvofiq deb topilgan.
Oʻzbekiston Respublikasining “Geografik obektlarning nomlari toʻgʻrisida”gi Qonuni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining 2025-yil 23-iyuldagi03/08-8063-son xatiga asosan, Nurobod tumanidagi nomsiz 231 ta koʻcha nomlarini nomlash va 3 ta mavjud koʻcha nomlarini qayta nomlash toʻgʻrisida tuman hokimining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash masalalari boʻyicha maslahatchisi I.Xakulovaning axborotini muohokama etib, “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunning 6- va 24-moddalariga asosan xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashining yettinchi chaqiriq, oʻn uchinchi sessiyasi qaror qiladi:
1. Nurobod tumanidagi nomsiz 231 ta koʻcha nomlarini nomlash va 3 ta mavjud koʻcha nomlarini qayta nomlash toʻgʻrisida tuman hokimining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash masalalari boʻyicha maslahatchisi I.Xakulovaning hisoboti maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Nurobod tumanidagi nomsiz 231 ta koʻcha nomlarini nomlash va 3 ta mavjud koʻcha nomlarini qayta nomlash toʻgʻrisida maʼlumot 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Tuman hokimining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash masalalari boʻyicha maslahatchisi (I.Xakulova) mazkur geografik obektlarni Davlat reyestriga kiritish choralarini koʻrsin.
4. Davlat kadastrlar palatasi tuman filiali (M.Muxtorov), tuman Statistika boʻlimi (M.Toʻrayev), Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi tuman boʻlimi (L.Xamrayev)lar tumanda yangi nomlangan va nomi oʻzgargan koʻcha nomlarini tuman xaritasiga joylashtirish, koʻcha nomlari tushirilgan xaritalarni mahalla fuqarolar yigʻini binolariga oʻrnatish, shuningdek tegishlicha tumanning statistik maʼlumotlariga oʻzgartirishlar kiritishni taʼminlasin.
5. Tuman hokimligi axborot xizmati (E.Pardayev), “Nurobod” gazetasi bosh muharriri (N.Botirova)ga mazkur qarorni ommaviy axborot vositalarida yoritish tavsiya etilsin.
6. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish xalq deputatlari tuman Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi, Geografik obektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari boʻyicha tuman komissiyasi raisi oʻrinbosari (I.Xakulova), tuman hokimining oʻrinbosari (A.Ziyatov) zimmalariga yuklansin.
Sessiya raisi OBLANOV BAHRAM YOʻLDASH OʻGʻLI
Samarqand viloyati, Nurobod tumani,
2025-yil 19-sentabr,
VII-13-94-7-99-K/25-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.