XALQ DEPUTATLARI DEHQONOBOD TUMANI KENGASHINING
QARORI
Xalq deputatlari Dehqonobod tumani Kengashining 2024-yil 4-sentabrdagi VI-66-96-4-57-K/24-sonli qaroriga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va Moliya vazirligi huzuridagi kadastr agentligi Respublika aerogeodeziya markazi Surxondaryo hududlararo boʻlinmasining 2025-yil 23-apreldagi 01-81-sonli xati hamda Dehqonobod tuman hokimligining 2025-yil 8-mayda oʻtkazilgan B-01-05/56-sonli yigʻilish bayoniga asosan Xalq deputatlari Dehqonobod tumani Kengashining 2024-yil 4-sentabrdagi VI-66-96-4-57-K/24-sonli qaroriga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi taklifini koʻrib chiqib “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 6- va 24-moddalariga muvofiq Xalq deputatlari Dehqonobod tuman Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va Moliya vazirligi huzuridagi kadastr agentligi Respublika aerogeodeziya markazi Surxondaryo hududlararo boʻlinmasining 2025-yil 23-apreldagi 01-81-sonli xati hamda Dehqonobod tuman hokimligining 2025-yil 8-mayda oʻtkazilgan B-01-05/56-sonli yigʻilish bayoniga asosan Xalq deputatlari Dehqonobod tumani Kengashining 2024-yil 4-sentabrdagi VI-66-96-4-57-K/24-sonli qaroriga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi taklifi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Dehqonobod tumanining chegarasi tavsifi 1-ilovaga hamda Dehqonobod tumani maʼmuriy-hududiy chegaralarini belgilash ishlari kartografik chizmasi 2-ilovaga muvofiq maʼqullansin.
3. Xalq deputatlari Dehqonobod tumani Kengashining 2024-yil 4-sentabrdagi VI-66-96-4-57-K/24-sonli qarorining 1-2-ilovalari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
4. Ushbu qarorning tasdigʻi xalq deputatlari viloyat Kengashidan soʻralsin.
5. Ushbu qaror qabul qilgan kundan kuchga kiradi.
Sessiya raisi XOʻJAMQULOV GʻULOM ABDULLAYEVICH
Qashqadaryo viloyati, Dehqonobod tumani,
2025-yil 18-sentabr,
VII-13-112-4-57-K/25-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.