17.09.2025 yildagi VII-15-133-12-179-K/25-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XALQ DEPUTATLARI YANGIARIQ TUMANI KENGASHINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QARORI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yangiariq tumanidagi jami 215 ta koʻchalarni nomlash va qayta nomlash toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi, (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining axborotnomasi, 1993-y, 9-son, 320 modda;), “Fuqarolarning oʻzini-oʻzi boshqarish organlari toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y, 17-son, 219-modda) va “Geografik obyektlarning nomlari toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y, 41-son, 448-modda) Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga asosan hamda “Geografik obyektlarning nomlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonuniga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritish haqidagi (Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni 2022-yil 2-noyabr OʻRQ-799-sonli) qonunlariga asosan Geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari boʻyicha respublika komissiyasining 35-sonli majlis bayonidagi topshiriqlarning ijrosini taʼminlash maqsadida tuman hokimligi va Davlat kadastrlar palatasi tuman filiali bilan hamkorlikda oʻtkazilgan xatlov natijalariga koʻra Yangiariq tumanidagi mavjud koʻchalar qayta oʻrganib chiqildi hamda jami 215 ta koʻchalar (koʻcha, tor koʻcha va berk koʻcha)ni nomlash va qayta nomlash maqsadida xalq deputatlari Yangiariq tumani Kengashi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari boʻyicha tuman komissiyasi hamda Xorazm viloyati komissiyasining taklifiga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining “Geografik obyektlarga nom berish va ularni qayta nomlash toʻgʻrisidagi takliflarni ekspertizasidan oʻtkazish” ekspert komissiyasining 2025-yil 9-iyuldagi 05-19-11325-sonli xulosasi maʼqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur qaror ilovasiga muvofiq Yangiariq tumanidagi jami 215 ta koʻcha (koʻcha, tor koʻcha va berk koʻcha) larning nomi oʻzgartirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Yangiariq tumani obodonlashtirish boshqarmasi, Oʻzbekiston mahallalar uyushmasi tuman boʻlimi va Xorazm viloyati Davlat kadastrlar palatasi Yangiariq tuman filiali, tuman arxitektura va qurilish boʻlimi bilan birgalikda tumandagi 215 ta koʻchalarning nomi oʻzgarishi munosabati bilan tuman boʻyicha tasdiqlangan yagona, zamonaviy, milliy dizayn asosida tegishli muddatda koʻchalarning nomi qayd qilingan peshlavhalarni oʻrnatish choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Belgilansinki, geografik obyekt (koʻcha)lar nomi qayd qilingan peshlavha oʻrnatish bilan bogʻliq sarf-xarajatlar qonunda belgilangan tartibda mahalliy budjet mablagʻlari va qonunchilikda taʼqiqlanmagan boshqa mablagʻlar hisobidan qoplansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 22-apreldagi PF-5984-sonli “Doimiy propiska qilish hamda turgan joyi boʻyicha hisobga olish tartibini isloh qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” gi Farmoni talablaridan kelib chiqib hamda mazkur qaror ijrosini taʼminlash maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yangiariq tumani ichki ishlar boʻlimi fuqarolarni doimiy yashash va vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olish bilan bogʻliq ishlar idoralararo elektron hamkorlik orqali “Yagona darcha” tamoyili asosida Ichki ishlar vazirligining “Manzil” avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali doimiy yashash va vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xorazm viloyati Davlat kadastrlar palatasi Yangiariq tuman filiali idoralararo elektron hamkorlik tizimi asosida “Manzil” avtomatlashtirilgan axborot tizimiga koʻchmas mulk egasi yoki uning yuridik manzili oʻzgarganda, koʻchmas mulk obyektlarining manzillari yagona reyestridan oʻzgargan maʼlumotlarning taqdim etish ishlarini amalga oshirsinlar hamda yil yakuni boʻyicha amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida xalq deputatlari tuman Kengashiga axborot kiritsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mazkur qaror “Yangiariq ovozi” gazetasi va tuman hokimligining rasmiy veb-saytida eʼlon qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish tuman hokimining oʻrinbosari D.Matyakubov hamda xalq deputatlari tuman Kengashining ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi raisi R.Rajapovalar zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash raisi MATNAZAROV ZAFARBEK BAHADIROVICH
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xorazm viloyati, Yangiariq tumani,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 17-sentabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII-15-133-12-179-K/25-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.