JIZZAX VILOYATI PAXTAKOR TUMANI HOKIMINING
QARORI
2025-yilgi tasdiqlangan Paxtakor tumani mahalliy budjetiga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Budjet kodeksining 148-moddasiga, “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunning 6 va 211-moddalariga asosan qaror qilaman:
1. Tuman mahalliy budjetidan moliyalashtiriladigan budjet tashkilotlarining soʻrovlarini inobatga olib budjet tashkilotlarining taʼminotchi, yetkazib beruvchi hamda xizmat koʻrsatuvchi korxonalar oldida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan kreditor qarzdorliklarini oldini olish va choraklar davomida mahalliy budjet ijrosini sifatli yakunlash uchun mablagʻlarni oʻz vaqtida moliyalashtirilishini taʼminlash maqsadida, 2025-yil uchun tasdiqlangan tuman mahalliy budjetiga ilovaga muvofiq tegishli oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Tuman iqtisodiyot va moliya boʻlimi (A.Uzoqov)ga mahalliy budjetning xarajatlar qismiga kiritilayotgan oʻzgartirishlarni amalga oshirish vazifasi yuklatilsin.
3. Ushbu qaror ijrosini nazorat qilish tuman hokimining birinchi oʻrinbosari Sh.Shodmonov zimmasiga yuklatilsin.
Tuman hokimi v. b Х. ABDUVOXIDOV
Jizzax viloyati, Paxtakor tumani,
2025-yil 16-sentabr,
192-3-52-Q/25-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.