16.09.2025 yildagi VII-13-129-11-0-K/25-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XALQ DEPUTATLARI FARGʻONA VILOYATI KENGASHINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QARORI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Viloyat hokimligi huzuridagi “Kichik va yoshlar sanoat zonalarini boshqarish boʻyicha yagona direksiyasi” balansida boʻlgan davlat koʻchmas mulkidan foydalanganlik uchun ijara toʻlovining eng kam stavkalarini belgilash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maʼlumki, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari faoliyatini 2030-yilga qadar rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2025-yil 23-iyundagi PF–98-son Farmoni 3-bandida muvofiq, mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlarining tashabbuskorligini yanada oshirish maqsadida, davlat koʻchmas mulkidan foydalanganlik uchun ijara toʻlovining eng kam stavkalarini belgilash vakolati Xalq deputatlari mahalliy Kengashlariga berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining 2024 yil 24 dekabrdagi “2025 yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining davlat byudjeti toʻgʻrisida”gi OʻRQ-1011-sonli Qonuni 8-ilovasi bilan 2025 yil uchun mol-mulkni ijaraga beruvchi jismoniy va yuridik shaxslar uchun belgilangan ijara toʻlovining eng kam stavkalari belgilangan boʻlib, unga koʻra umumiy maydonning 1 kv. metri uchun oylik ijara toʻlovi stavkalarining eng kam miqdorlari noturar joy uchun Nukus shahri va viloyat markazi boʻlgan shaharlarga 26 500 soʻm etib belgilangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasining mazkur Qonuni 12-moddasida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar Kengashlari ushbu Qonun 8-ilovasining 1-bandida belgilangan ijara toʻlovining eng kam stavkalariga nisbatan tumanlar va shaharlar kesimida, ularning iqtisodiy rivojlanishi darajasiga qarab 2,0 gacha oshiruvchi koeffisiyentni joriy etishga haqliligi belgilangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bundan tashqari, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi 2025 yil 23 iyuldagi 01/26-18/652 – sonli koʻrsatma xati orqali Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 23-iyundagi PF-98-son Farmoniga asosan bundan buyon davlat koʻchmas mulk obyektlari joylashgan hududning joylashuvi (viloyat markazlari, yirik shaharlar va olis hududlar), jozibadorligi va bozor konʼyunkturasi hamda infratuzilma bilan taʼminlanganligini inobatga olgan holda tahlillar asosida ijara toʻlovining eng kam stavkalarini Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari belgilashlari, jumladan amaldagi stavkalarni qayta koʻrib chiqishlari maqsadga muvofiqligini maʼlum qilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shunga koʻra, viloyat hokimligi huzuridagi “Kichik va yoshlar sanoat zonalarini boshqarish boʻyicha yagona direksiyasi” (keyingi matnlarda - Direksiya) 2025 yil 11 avgustdagi 300-sonli xat bilan xalq deputatlari viloyat Kengashiga murojaat qilib, Direksiya balansida boʻlgan davlat koʻchmas mulkidan foydalanganlik uchun ijara toʻlovining eng kam stavkalarini belgilash masalasini korib chiqishni soʻragan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususan, bugungi kunda Direksiya balansida viloyatning 6 ta hududida yaʼni Fargʻona shahar, “Shodiyona” MFY “Mashinasozlar” KSZda 83 366 kv. m, “Koʻprikxoʻjaligi” KSZda 200 kv.m, Margʻilon shahar “Navroʻz” MFY “Navroʻz” KSZda 8 499,9 kv.m, “Nadirmat” KSZda 17 791,8 kv.m, Quvasoy shaxar “Polmon” MFY “Quvasoy chinnisi” KSZda 46 078,0 kv.m, Dangʻara tumani “Navbaxor” MFY “Suvinshoottaʼmir” KSZda 9 795,0 kv.m, Quva tumani “Turk” MFY “Turk” KSZda 788,0 kv.m, Furqat tumani “Besh echki” MFY “Istiqlol” KSZda 9 774,0 kv.m jami 176 294 kv.m binolar mavjud boʻlib, 1 kv. metr bino uchun ijara stavkalari 2022 yilda 10 400 soʻm, 2023 yilda 11 900 soʻm hamda 2024 yilda 13 700 soʻm belgilangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Direksiya va manfaatdor tashkilotlar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining “2025 yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining davlat byudjeti toʻgʻrisida”gi Qonuni 8-ilovasi talablaridan kelib chiqib, Direksiya balansida mavjud boʻlgan davlat koʻchmas mulkidan foydalanganlik uchun 2025 yil uchun ijara toʻlovining eng kam stavkalari qayta koʻrib chiqilgan hamda belgilanishi lozim boʻlgan (taklif etiladigan) ijara stavkasi miqdori viloyat hokimligi bilan kelishilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining 2024 yil 24 dekabrdagi OʻRQ-1011-sonli Qonuni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 23-iyundagi PF-98-son Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 6 va 24-moddalariga muvofiq xalq deputatlari viloyat kengashi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasining 2024 yil 24 dekabrdagi OʻRQ-1011-sonli Qonuni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 23-iyundagi PF-98-son Farmoni rahbarlik va ijro uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Direksiyaning 2025 yil 11 avgustdagi 300-sonli xati hamda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligining 2025 yil 23 iyuldagi 01/26-18/652 – sonli koʻrsatma xati inobatga olinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur masala xalq deputatlari viloyat Kengashining “Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari boʻyicha” doimiy komissiyasi tomonidan oʻrganib chiqilganligi va doimiy komissiya majlisida muhokama qilinib, viloyat Kengashi sessiyasi kun tartibiga kiritish toʻgrisidagi qarori asos uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Direksiya balansida mavjud boʻlgan davlat koʻchmas mulkidan foydalanganlik uchun 2025 yil uchun ijara toʻlovining eng kam stavkalari (keyingi matnlarda - ijara stavkalari) ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Belgilasinki, mazkur ijara stavkalari faqatgina 2025 yil uchun Direksiya balansida mavjud boʻlgan davlat koʻchmas mulkidan foydalanganlik uchun qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Direksiya (X.Xabibidinov), Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi Fargʻona viloyati hududiy boshqarmasi (Q.Xusanov), Soliq boshqarmasi (M.Mamatxonov) hamda tegishli tuman (shahar) hokimliklari bilan birgalikda qoʻllanilishi belgilangan ijara stavkalari, uni shakllantirish tartibi va qoʻllanilishi yuzasidan tushuntirish va targʻibot ishlarini (tadbirlarini) olib borsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Direksiya (X.Xabibidinov):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Direksiya balansida boʻlgan davlat mulkini ijaraga berishni tashkil etish va ijaraga berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijaraga berilgan davlat mulkini va uni ijaraga berishdan tushadigan mablagʻlarni hisobga olish va monitoringini olib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijaraga beriladigan davlat mulki boʻyicha maʼlumotlar bazasini shakllantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijara obyektlaridan maqsadli foydalanilishini va ularning saqlanishini, shuningdek ijara toʻlovi oʻz vaqtida va toʻliq toʻlanishini taʼminlash va nazorat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat mulkini ijaraga berish sohasidagi qonunchilikni buzish holatlari aniqlangan hollarda tegishli maʼlumotlar (xulosalar) rasmiylashtirish va vakolatli organlarga yuborish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
foydalanilmayotgan davlat mulki ijaraga berilishi toʻgʻrisidagi eʼlonlarni va ijaraga berilayotgan davlat mulklari roʻyxatlarini davriy nashrlarda hamda viloyat hokimligining, Direksiya va Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi Fargʻona viloyati hududiy boshqarmasining veb-saytlarida va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida joylashtirilishini taʼminlash tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Viloyat hokimining orinbosarlari M.Ubaydullayev va N.Mamajonovlarga Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi Fargʻona viloyati hududiy boshqarmasi (Q.Xusanov) hamda Soliq boshqarmasi (M.Mamatxonov) bilan birgalikda Direksiya tomonidan ijara stavkalarini belgilangan tartibda qoʻllab borilishini monitoring qilib borish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Direksiya (X.Xabibidinov) davlat mulkini ijaraga berishda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat mulkini ijaraga berish jarayonining ochiqligi va shaffofligini taʼminlash hamda ijara shartnomasi amal qiladigan muddat mobaynida ijaraga oluvchi tomonidan zimmasiga olingan majburiyatlarning lozim darajada bajarilishini nazorat qilib boradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxslar, jumladan, tadbirkorlik subyektlari va jismoniy shaxslarga ijaraga beriladigan davlat mulklari haqida zarur maʼlumotlar (ijaraga beriladigan davlat mulklarining parametrlari, kommunikatsiyalar bilan taʼminlanganligi, fotosurati, davlat mulkidan foydalanish maqsadi, ijara muddati va ijaraga berish shartlari) berib borish hamda zarur amaliy-huquqiy yordam koʻrsatib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijaraga beriladigan davlat mulklari targʻibotini amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Viloyat hokimligi Axborot xizmati (M.Sulaymonov), Direksiya bilan birgalikda viloyat teleradiokompaniyasi hamda viloyatdagi boshqa ommaviy axborot vositalarida, hokimlik muassisligidagi gazetalarda qoʻllanilishi belgilangan ijara stavkalarini eʼlon qilinishi hamda hokimliklarning rasmiy veb-saytlariga joylashtirilishini tashkil etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Ushbu qaror rasmiy nashrda eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Ushbu qaror ijrosini nazorat qilish xalq deputatlari viloyat Kengashining “Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari boʻyicha” doimiy komissiyasi (R.Kamolov) hamda viloyat hokiminig oʻrinbosarlari M.Ubaydullayev va N.Mamajonovlar zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash raisi KOMILOV XOLMATJON ADILOVICH
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fargʻona viloyati,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 16-sentabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII-13-129-11-0-K/25-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.