15.09.2025 yildagi VII-11-94-11-163-K/25-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XALQ DEPUTATLARI FARGʻONA TUMANI KENGASHINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fargʻona tumanida toʻylar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlar oʻtkazilishini tartibga solish tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soʻnggi yillarda xalqimizning uzoq yillik qadriyatlari va anʼanalarini oʻzida aks ettirgan toʻylar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlar oʻtkazishda shuhratparastlik, oʻzini koʻz-koʻz qilish, boshqalarning ijtimoiy ahvolini inobatga olmaslik, isrofgarchilik, xalqimizning urf-odatlari va anʼanalarini mensimaslik kabi illatlar koʻzga tashlanmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Biroq, oʻrganishlar tahlili, shuningdek aholi bilan bevosita oʻtkazilgan muloqotlar, jamoatchilik vakillaridan kelib tushgan murojaatlar ushbu sohada bir qator jiddiy muammo va kamchiliklar hamon saqlanib qolayotganini koʻrsatmoqda. Xususan, ayrim fuqarolar dabdabali toʻy marosimlari va ularni oʻtkazishga sarflanadigan katta xarajatlar oqibatida qarzga botmoqda va undan qutulish maqsadida chet elga ishlash uchun chiqib ketmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Baʼzi fuqarolar toʻylar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlarni dabdaba bilan oʻtkazishni qoʻshnilar, qarindoshlar tomonidan boʻladigan tanqidlardan, qoralashdan, umuman olganda, ijtimoiy tazyiqdan xalos boʻlish vositasi sifatida tushunmoqda. Vaholanki, bunday tadbirlar yaqin qarindoshlar oʻrtasida qarzdorlikning vujudga kelishiga va oqibatda keskin ziddiyatlarga olib kelmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
«Charlar», «aqiqa marosimi», «muchal toʻyi», «qiz majlis», «kuyov chaqiriq», hayitda «kelin koʻrish» kabi marosimlar aholi tomonidan ortiqcha deb baholanmoqda. Biroq, bunday marosimni tashkil etayotgan shaxslarda tadbirlarni obroʻliroq joyda oʻtkazishga, oʻzining yutuqlarini koʻz-koʻz qilishga, moddiy mavqei bilan maqtanishga intilish kuchaymoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aksariyat toʻyxona egalari ixcham va kamxarj oʻtkazish niyatida boʻlgan fuqarolardan toʻylar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlarni oʻtkazishda belgilangan qoidalarga zid ravishda toʻy xarajatlarini ikki-uch baravar miqdorda asossiz undirib olmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toʻylar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlarda sanʼatkorlar haddan ziyod baland narxlarda xizmat koʻrsatmoqda, oʻz tomosha xizmatlarini koʻrsatish davomida milliy mentalitetimiz, qadriyatlarimiz va urf-odatlarimizga mos kelmaydigan, «ommaviy madaniyat» illatlarini targʻib etadigan hamda yoshlar tarbiyasiga salbiy taʼsir koʻrsatadigan xatti-harakatlar namoyish etilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqoridagi salbiy holatlarning tobora avj olishi ming-minglab oilalarning nafaqat ijtimoiy ahvoliga, balki butun hayotiga, qolaversa, jamiyatimizda qaror topgan maʼnaviy muhitga salbiy taʼsir koʻrsatmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur holatlarga chek qoʻyish, oilalarda ijtimoiy-maʼnaviy muhitni barqarorlashtirish, jamiyatda ijtimoiy adolatni taʼminlash, aholi, ayniqsa, yoshlarda tejamkorlik madaniyatini shakllantirish maqsadida toʻylar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlarni qatʼiy tartibga solishni davrning oʻzi taqozo etmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunday salbiy illatlarga barham berish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining qaroriga muvofiq Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlarida, shuningdek fuqarolar yigʻinlarida toʻylar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlarni oʻtkazilishini tartibga solish masalalari boʻyicha komissiyalar tuzilishi belgilangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2019-yil 14-sentyabrdagi “Toʻylar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlar oʻtkazilishini tartibga solish tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi 2736-III/KQ-592-III-son Qoʻshma qarori ijrosini taʼminlash hamda tumanda toʻylar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlar oʻtkazishni ixchamlashtirish, namunali oilaviy tadbirlar oʻtkazilishini tashkil etish va ushbu masalada targʻibot-tashviqot ishlarini kuchaytirish maqsadida “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 6 va 24-moddalariga asosan Xalq deputatlari Fargʻona tuman Kengashi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2019-yil 14-sentyabrdagi 2736-III/KQ-592-III-son Qoʻshma qarori Rahbarlik va ijro uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Toʻylar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlarni oʻtkazishni tartibga solish toʻgʻrisidagi Nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Tumanda toʻylar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlar oʻtkazilishini tartibga solish yuzasidan Xalq deputatlari tuman Kengashi huzurida toʻylar, oilaviy tantanalar maʼraka va marosimlar oʻtkazilishini muvofiqlashtirish boʻyicha tuman komissiyasi tarkibi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Toʻylar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlarni ixcham va tartibli oʻtkazishni taʼminlash boʻyicha chora-tadbirlar dasturi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Oliy Majlis Senatining 2019-yil 14-sentyabrdagi 2736-III/KQ-592-III-son Qoʻshma qarori bilan tasdiqlangan Nizom talablariga asosan, tumanda toʻylar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlar oʻtkazilishini tartibga solish yuzasidan xalq deputatlari tuman Kengashi huzurida toʻylar, oilaviy tantanalar maʼraka va marosimlar oʻtkazilishini muvofiqlashtirish boʻyicha tuman komissiyasining maqsad va vazifalari quyidagi tartibda belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuman hududida oʻtkaziladigan toʻylar, maʼraka va marosimlar, oilaviy unga doir boshqa tadbirlarga jamoatchilik nazoratini oʻrnatish hamda toʻy va marosim egalari bilan ixcham, isrofgarchiliksiz va belgilangan talablar asosida, oʻtkazish boʻyicha tushuntirish ishlarini olib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
keng jamoatchilik vakillarini jalb qilgan holda, mazkur tadbirlarni tartibga solish hamda ixcham va milliy qadriyatlar, urf-odatlar va anʼanalar asosida oʻtkazish boʻyicha aholi oʻrtasida targʻibot ishlarini amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur tadbirlarni amalga oshirishda ijtimoiy tabaqalanishga yoʻl qoʻymasdan oʻtkazish boʻyicha jamoaviy suhbatlar tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu tadbirlarni oʻtkazishni rejalashtirgan oila vakillari bilan, ayniqsa, nikohning ilk davrlarida er-xotin va ularning ota-onalari oʻrtasidagi munosabatlarni mustahkamlash borasida suhbatlar tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xotin-qizlarga mazkur tadbirlarni kamxarj qilib oʻtkazishni, ularda ortiqcha isrofgarchilikka berilish oila iqtisodiga va yosh oilaning mustahkamligiga salbiy taʼsir koʻrsatishini hayotiy misollar orqali keng tushuntirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
turmush qurish arafasida turgan yoshlar bilan ijtimoiy-psixologik suhbatlar uyushtirishi, ularni oilaviy hayotga tayyorlashi, mazkur tadbirlarni ixcham va isrofgarchiliksiz oʻtkazish boʻyicha targʻibot ishlarini olib borishi boʻyicha ishlarni amalga oshirish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ushbu Kengash qarori bilan aholini tanishtirish maqsadida tumandagi barcha mahallalari, aholi yashash va mehnat jamoalari joylariga hamda restoran, oshxona, kafe va toʻyxonalarda tadbirlarni oʻtkazish tartib taomillarini alohida eslatma tarzida tayyorlanib qoʻyilishi taʼminlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiya tomonidan amalga oshirilgan ishlar har chorakda keng muhokama qilib borilsin va bu haqida jamoatchilikka xabardor qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Fargʻona tuman IIB boshligʻi J.Xasanovga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toʻylar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlar oʻtkazilishida jamoat tartibi va yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash hamda fuqarolar xavfsizligiga jiddiy xavf solishi mumkin boʻlgan koʻngilsiz holatlarning oldini olish choralarini doimiy ravishda koʻrib borsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Fargʻona tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari (Ergashev), “Vodil yogʻdusi” gazetasi muxarriri (Dadaxoʻjaev)ga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tuman hokimligining rasmiy veb sayti va boshqa ommaviy axborot vositalariga toʻylar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlarni oʻtkazish tartibiga rioya etilishi holati, urf-odatlarimiz va anʼanalarimizning haqiqiy mohiyati hamda ahamiyatini keng xalq ommasiga muntazam yetkazib borish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Tuman komissiyasi azolariga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toʻylar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlar oʻtkazilishini muvofiqlashtirish boʻyicha tuman komissiyasi toʻylar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlar oʻtkazilishining doimiy monitoringini amalga oshirib borsin va uning natijalariga koʻra tegishli takliflarni Xalq deputatlari Fargʻona tuman Kengashiga kiritib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Qarorning ijrosi yuzasidan har chorak yakuni boʻyicha Xalq deputatlari Fargʻona tuman Kengashiga axborot kiritib borish vazifalari yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Tuman bosh imom-xatibi X.Ashurovga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻylar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlarda diniy mavzuda maʼruza koʻzda tutilgan boʻlsa, ushbu maʼruza diniy tashkilotining vakolatli vakili tomonidan oʻqilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻylar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlar, xotiraga bagʻishlangan tadbirlarni ixcham oʻtkazish va tadbirlarni dabdabali oʻtkazish oʻrniga mablagʻni kam taʼminlangan fuqarolarni moddiy qoʻllab-quvvatlashga yoʻnaltirishni targʻib qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
imom-xatiblar toʻylar va marosimlardagi maʼruzalarida aholini eʼtiborini yoshlar tarbiyasi, ota-onaning masʼuliyati, jamiyat hayotiga xavf solayotgan tahdidlarni oldini olish, tinchlik va mustaqillik neʼmatini asrash, shukronalik tuygʻusini shakllantirish kabi masalalarga qaratishi tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Tuman hokimining maslahatchisi (Obidova), tuman hokimligi axborot xizmati (Ergashev), Maʼnaviyat va maʼrifat markazi tuman boʻlinmasi(Omonova)ga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur Kengash qarori eʼlon qilinishi va toʻylar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlar va boshqa tadbirlarni tartibga solish masalalarini keng yoritish va targʻibot ishlarini olib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlar orqali namunali toʻylar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlar haqida jamoatchilik fikrini shakllantirishi, ijtimoiy roliklar yaratishi, uslubiy qoʻllanmalar va targʻibot materiallarini tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻylar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlarda milliy qadriyatlarimizga yot boʻlgan “ommaviy madaniyat” unsurlari namoyon boʻlishining oldini olish maqsadida muntazam maʼnaviy-maʼrifiy targʻibot ishlarini olib borilishini tashkil etish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlariga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Kengash qarorining mazmun-mohiyatini oʻzlari saylangan saylov okruglaridagi hududlarda keng targʻib qilish hamda qaror ijrosi yuzasidan jamoatchilik va deputatlik nazoratini oʻrnatishlari aytib oʻtilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mazkur Kengash qarorining ijrosini taʼminlab borishga masʼul va shaxsiy javobgar etib, tuman hokimining oʻrinbosarlari I.Toshpoʻlatov va X.Abdugʻanieva hamda Komissiya aʼzolari belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Qaror bajarilishini nazorat qilish vazifasi xalq deputatlari tuman Kengashining “Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari boʻyicha” hamda “Korrupsiyaga qarshi kurashish, davlat organlarida ochiqlikni taʼminlash va huquqiy masalalari boʻyicha” doimiy komissiyalari raislari O.Dadajonova va Q.Makarovlar zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash raisi INOMOV XAMIDULLO TADJIYEVICH
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fargʻona viloyati, Fargʻona tumani,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 15-sentabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII-11-94-11-163-K/25-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.