XALQ DEPUTATLARI QOʻSHTEPA TUMANI KENGASHINING
QARORI
Qoʻshtepa tumani hududidagi maʼmuriy-hududiy birliklar chegaralarini belgilash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasining “Maʼmuriy-hududiy tuzilishi toʻgʻrisida”gi qonuni va Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 23-apreldagi 299-sonli qarorining 1-ilovasi bilan tasdiqlangan “Maʼmuriy-hududiy birliklar chegaralarini belgilash tartibi toʻgʻrisida”gi Nizom ijrosi yuzasidan hamda tuman hokimining 2025-yil 10-iyundagi 103-11-157-F/25-sonli farmoyishiga asosan, Respublika aerogeodeziya markazi Fargʻona hududlararo boʻlinmasi tomonidan Fargʻona viloyati Qoʻshtepa tumanidagi maʼmuriy-hududiy birliklar chegaralarini belgilash ishlarining yakuniga koʻra tumandagi shaharcha va qishloqlarining umumiy perimetri 614571,82 metr umumiy maydoni 36839,45 gektar ekanligi aniqlandi
Jumladan:
Boltakoʻl shaharchasi umumiy perimetri 8945,46 metr, umumiy maydoni 240,53 gektar;
Doʻrmon shaharchasi umumiy perimetri 9574,34 metr, umumiy maydoni 216,27 gektar;
Eshonguzar shaharchasi umumiy perimetri 8688,21 metr, umumiy maydoni 247,56 gektar;
Gʻishtmon shaharchasi umumiy perimetri 8441,47 metr, umumiy maydoni 205,88 gektar;
Kattabeshkapa shaharchasi umumiy perimetri 7209,34 metr, umumiy maydoni 165,38 gektar;
Quyi Oqtepa shaharchasi umumiy perimetri 7610,63 metr, umumiy maydoni 176,20 gektar;
Qizilariq shaharchasi umumiy perimetri 9652,09 metr, umumiy maydoni 226,04 gektar;
Qorajiyda shaharchasi umumiy perimetri 4702,02 metr, umumiy maydoni 87,43 gektar;
Qorakaltak shaharchasi umumiy perimetri 9444,27 metr, umumiy maydoni 331,88 gektar;
Qumtepa shaharchasi umumiy perimetri 8226,84 metr, umumiy maydoni 261,86 gektar;
Sarmazor shaharchasi umumiy perimetri 8300,87 metr, umumiy maydoni 284,14 gektar;
Shahartepa shaharchasi umumiy perimetri 8005,48 metr, umumiy maydoni 220,26 gektar;
Xotinariq shaharchasi umumiy perimetri 9537,29 metr, umumiy maydoni 257,19 gektar;
Yangiariq shaharchasi umumiy perimetri 6859,15 metr, umumiy maydoni 149,02 gektar;
Boltakoʻl qishlog'i umumiy perimetri 33584,38 metr, umumiy maydoni 1908,51 gektar;
Doʻrmon qishlog'i umumiy perimetri 22608,25 metr, umumiy maydoni 862,62 gektar;
Fayz qishlog'i umumiy perimetri 49985,24 metr, umumiy maydoni 3571,82 gektar;
Gʻishtmon qishlog'i umumiy perimetri 20637,76 metr, umumiy maydoni 1078,69 gektar;
Langar qishlog'i umumiy perimetri 52650,28 metr, umumiy maydoni 3847,84 gektar;
Loyson qishlog'i umumiy perimetri 20417,02 metr, umumiy maydoni 867,50 gektar;
Oʻqchi qishlog'i umumiy perimetri 13639,26 metr, umumiy maydoni 678,99 gektar;
Paxtakor qishlog'i umumiy perimetri 45922,50 metr, umumiy maydoni 4035,48 gektar;
Qoraqushchi qishlog'i umumiy perimetri 22917,07_metr, umumiy maydoni 1095,64 gektar;
Qumtepa 1-qism qishlog'i umumiy perimetri 39712,39 metr, umumiy maydoni 2048,27 gektar;
Qumtepa 2-qism qishlog'i umumiy perimetri 15869,81 metr, umumiy maydoni 370,81 gektar;
Sarmazor 1-qism qishlog'i umumiy perimetri 10194,56 metr, umumiy maydoni 297,89 gektar;
Sarmazor 2-qism qishlog'i umumiy perimetri 11761,21 metr, umumiy maydoni 472,07 gektar;
Shahartepa qishlog'i umumiy perimetri 20232,99 metr, umumiy maydoni 1044,49 gektar;
Solijonobod qishlog'i umumiy perimetri 46704,30 metr, umumiy maydoni 6078,72 gektar;
Xalqabod qishlog'i umumiy perimetri 42311,87 metr, umumiy maydoni 3908,91 gektar;
Yoʻldoshobod qishlog'i umumiy perimetri 30225,47 metr, umumiy maydoni 1601,57 gektar;
Qoʻshtepa tumani maʼmuriy-hududiy birliklar chegaralarini belgilashda shaharcha va qishloqlar chegaralari ajratib koʻrsatilgan holda tavsiflandi. Chegaralar chizigʻining yozuvli matni tavsifida joyning tegishli topografik elementlari bilan bogʻlanib, chegara nuqtalari oʻrtasidagi masofasi va chegara chizigʻining qutb yoʻnalishlariaks ettirildi. Chegara chizigʻining burilish nuqtalari koordinatalari koʻrsatildi.
Kun tartibidagi masala yuzasidan Davlat kadastrlar palatasining Qoʻshtepa tumani filiali rahbarining axborotini tinglab, taqdim etilgan maʼlumotlar fikr va mulohazalarini hamda taklif va tavsiyalarini atroflicha oʻrganib chiqib, “Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy-hududiy tuzilishi toʻgʻrisida”gi Qonunning 10-moddasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunning 6 va 24-moddalariga asosan Xalq deputatlari tuman Kengashi qaror qiladi:
1. Davlat kadastrlari palatasining Qoʻshtepa tumani filiali rahbari U.Abdullaxojiyev Qoʻshtepa tumanidagi maʼmuriy-hududiy birliklar chegaralarini belgilash toʻgʻrisidagi axboroti hamda Respublika aerogeodeziya markazi Fargʻona hududlararo boʻlinmasi tomonidan Qoʻshtepa tumanidagi shaharcha va qishloqlarning chegaralarini belgilash boʻyicha bajarilgan ishlarning yakuniy natijalarini koʻrib chiqish yuzasidan tuman hokimligida tuzilgan ishchi guruh tarkibining 2025-yil 12-avgust kungi 41-b-sonli yigʻilish bayoni maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Qoʻshtepa tumanidagi maʼmuriy-hududiy birliklar chegaralarini belgilash ishlari yakuniy natijalari toʻgʻrisidagi maʼlumot 1-ilovaga hamda maʼmuriy-hududiy birliklarning chegaralarini belgilash boʻyicha kartografik chizmasi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Tuman hokimligi matbuot xizmati (Y.Qosimova)ga mazkur qarorni tuman hokimligining rasmiy veb-saytida yoritib borish tavsiya etilsin.
4. Ushbu qarorning tasdigʻi Xalq deputatlari Fargʻona viloyati Kengashidan soʻralsin.
5. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Xalq deputatlari tuman Kengashining doimiy komissiyalari va ijrosini taʼminlash tuman hokimining barcha oʻrinbosarlari zimmalariga yuklatilsin.
Kengash raisi ABDULLAYEV ANVARJON ALIYEVICH
Fargʻona viloyati, Qoʻshtepa tumani,
2025-yil 15-sentabr,
VII-11-76-11-157-K/25-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.