15.09.2025 yildagi VII-8-87-1-16-K/25-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XALQ DEPUTATLARI ANDIJON TUMANI KENGASHINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QARORI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Andijon tuman mahalliy byudjetining 2025-yil xarajatlarini maqbullashtirish orqali shakllangan qoʻshimcha manbalari hisobidan mablagʻlar ajratish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 27-fevraldagi 6-sonli (№03-03/1-4456) yigʻilish bayonini inobatga olib, Oʻzbekiston Respublikasi Byudjet kodeksining 27-, 119-, 126-moddalari, “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6-, 24-moddalariga asosan Xalq deputatlari Andijon tuman Kengashi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 27-fevraldagi 6-sonli (№03-03/1-4456) yigʻilish bayonida mahalliy byudjetdagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq boʻlmagan hamda past samarali xarajatlarni maqbullashtirish hamda maqbullashtirilgan mablagʻlar hisobidan byudjet tashkilotlarining ish haqqi va ijtimoiy soliq toʻlovlarining yetishmagan qismiga hamda byudjet tashkilotlari xodimlarining homiladorlik va tugʻish nafaqasi toʻlovlariga, shuningdek, qolgan qismini Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishilgan holda hal etilishi dolzarb boʻlgan tadbirlarga yoʻnaltirilishi belgilanganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Andijon tuman mahalliy byudjeti xarajatlarining 2025-yil yanvar-iyul oylari ijrosi jarayonida Oʻzbekiston Respublikasi Byudjet kodeksining 120-moddasi 4-qismiga binoan 3 420,0 ming soʻm mablagʻlar maqbullashtirilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Andijon tuman mahalliy byudjeti xarajatlarining maqbullashtirilgan mablagʻlari hisobidan 1 ilovaga muvofiq byudjet tashkilotlarining ish haqqi va ijtimoiy soliq toʻlovlarining yetishmagan qismini qoplash va 2 ilovaga muvofiq byudjet tashkilotlarining yuzaga kelgan qarzdorliklarini qoplash uchun uchun jami 3 267,0 (Uch milliard ikki yuz oltmish yetti million) soʻm miqdorida mablagʻlar ajratilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Andijon tuman iqtisodiyot va moliya boʻlimi B.Abdulazizov va tuman gʻaznachilik xizmati boʻlimi B.Xamraev ajratilgan mablagʻlarni belgilangan tartibda yoʻnaltirilishini hamda moliyalashtirilishini taʼminlash vazifasi topshirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Hududiy byudjet taqsimlovchilari va byudjetdan mablagʻ oluvchilar mazkur qarorga asosan ajratilgan mablagʻlarni maqsadli va samarali ishlatilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish xalq deputatlari Andijon tuman Kengashining Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari doimiy komissiyasi hamda tuman hokimining birinchi oʻrinbosari I.Muqimjonov zimmalariga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash raisi YULDASHEV BOBIRBEK BAXODIROVICH
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Andijon viloyati, Andijon tumani,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 15-sentabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII-8-87-1-16-K/25-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.