XALQ DEPUTATLARI BOYSUN TUMANI KENGASHINING
QARORI
Boysun tumanidagi ayrim koʻchalarning nomlarini tasdiqlash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasining “Geografik obyektlarning nomlari toʻgʻrisida”gi Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 16-oktabrdagi 295-son “Geografik obyektlarning nomlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq geografik obyektlarning nomlari sohasidagi ishlarni tartibga solish chora-tadbirlari haqida”gi qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari boʻyicha tuman komissiyasining 2025-yil 8-apreldagi 11-01/25-sonli, Geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari boʻyicha viloyat komissiyasining 2025-yil 11-apreldagi 18-07/88-sonli hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining 2025-yil 24-apreldagi 05-19-01-6425-sonli “Geografik obyektlarga nom berish va ularni qayta nomlash toʻgʻrisidagi takliflarning qonun hujjatlari talablariga muvofiqligi haqidagi davlat ekspertizasi xulosasi toʻgʻrisida”gi yigʻilish bayonlarini koʻrib chiqib, “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni 6-moddasiga asosan xalq deputatlari tuman Kengashi qaror qiladi:
1. Geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari boʻyicha tuman komissiyasining 2025-yil 8-apreldagi 11-01/25-sonli, Geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari boʻyicha viloyat komissiyasining 2025-yil 11-apreldagi 18-07/88-sonli hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining 2025-yil 24-apreldagi 05-19-01-6425-sonli “Geografik obyektlarga nom berish va ularni qayta nomlash toʻgʻrisidagi takliflarning qonun hujjatlari talablariga muvofiqligi haqidagi davlat ekspertizasi xulosasi toʻgʻrisida”gi yigʻilish bayonlari maʼqullansin.
2. Boysun tumanida nomlari tasdiqlanayotgan koʻchalarning roʻyxati ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Kadastrlar palatasi tuman filiali (M.X.Joʻrayev), tuman statistika boʻlimi (A.R.Saidov) tuman hokimligi bilan birgalikda nomlari tasdiqlanayotgan koʻchalarni, shuningdek, yangidan nomlangan koʻchalarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish va elektron bazani shakllantirish, ish yuritish hujjatlariga tegishli oʻzgartirishlar kiritish bilan bogʻliq barcha tadbirlarni amalga oshirsin.
4. Tuman Ichki ishlar boʻlimi (F.T.Murtazoyev) nomlari tasdiqlanayotgan koʻchalarda yashovchi aholining fuqarolik pasportlariga, mazkur hudud aks ettirilgan yoʻl belgilariga tegishli oʻzgartirishlar kiritish ishlarini tashkiliy ravishda amalga oshirsin.
5. Tuman qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi boʻlimi (F.F.Fayzulloyev), Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi tuman boʻlimi (Z.A.Raxmonov) hududlarda yangi nomlangan aholi punktlarining tarkibiy qismlarining yangi nomlari yozilgan koʻrsatkich va belgilar, peshlavhalarni zamonaviy dizayn asosida bosqichma-bosqich oʻrnatilishini taʼminlasin.
6. Tuman hokimligi axborot xizmati (Y.Sh.Xoliyorov) mazkur qarorning “Boysun” gazetasida rasman eʼlon qilinishi hamda hokimlik veb-saytiga joylashtirilishini taʼminlasin.
7. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
8. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish xalq deputatlari tuman Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi (F.Q.Bobomurodov) hamda Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi (S.B.Bahovaddinov) zimmalariga yuklatilsin.
Kengash raisi SHUKUROV BOXADIR SHOTURAYEVICH
Surxondaryo viloyati, Boysun tumani,
2025-yil 13-sentabr,
VII-13-90-8-110-K/25-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.