FARGʻONA VILOYATI QUVA TUMANI HOKIMINING
QARORI
Maktab yoshidagi bolalarni majburiy taʼlimga jalb etish maqsadida tumandagi har bir taʼlim muassasalarini hudud va mikrohududlarga biriktirish toʻgʻrisida
Quva tumani maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimining 2021 yil 15 dekabrdagi “Maktab yoshidagi bolalarni majburiy taʼlimga jalb etish maqsadida tumandagi har bir taʼlim muassasalarini hudud va mikrohududlarga biriktirish toʻgʻrisidagi” 623-sonli murojatiga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 15 martdagi “Umumiy oʻrta taʼlim toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi 140-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizomning 5-bob 39-bandi va Mahalliy Davlat xokimiyati toʻgʻrisidagi Qonunning 6, 25-moddalariga muvofiq qaror qilaman:
1. Quva tumani Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimining 2025 yil 1 fevraldagi “Maktab yoshidagi bolalarni majburiy taʼlimga jalb etish maqsadida tumandagi har bir taʼlim muassasalarini hudud va mikrohududlarga biriktirish toʻgʻrisidagi” takliflari maʼqullansin.
2. Quva tumani Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi tasarrufidagi har bir taʼlim muassasalariga hudud va mikrohududlarga biriktirish jadvali ilovaga muvofiq maʼqullansin.
3. “Quva hayoti” gazetasi taxririyati (Z.Aliyeva), Quva tuman xokimligining Axborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish boʻlimi (R.Oʻrinboyev): mazkur qaror rasmiy eʼlon qilinishi va xokimlik veb-saytiga joylashtirilishi taʼminlansin.
4. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ushbu qaror ijrosini nazorat qilish tuman xokimi oʻrinbosari U.Solijonov va Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi boshligʻi D.Yunusovlar zimmasiga yuklatilsin.
Tuman hokimi X. UMAROV
Fargʻona viloyati, Quva tumani,
2025-yil 12-sentabr,
245-11-156-Q/25-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.